Usmanxodjaeva Surayyo Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Povishenie ekonomicheskoy effektivnosti deyatel`nosti predpriyatiy v sfere sotsial`nix uslug v Respublike Uzbekistan”, 08.00.05-“Xizmat ko'rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Iqt4679.
Ilmiy rahbar: Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmanova Sabohat Sobit qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universitetining Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy xizmatlar tizimida sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish va tahlil qilish, shuningdek, ijtimoiy soha korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy xizmatlar hajmini yo‘llanmalar savdosi tuzilmasidani takomillashtirish va biznes jarayonni qo‘shni davlatlardan tashriflar hisobiga oshirish kabilar asoslangan, shunga ko‘ra https://chinobod-sanatory.uz/ veb-saytini takomillashtirilgan;
sanatoriy-kurort muassasasi faoliyatini uzlyuksiz tashkil qilish va axborotlar oqimini ratsionallashtirish asosida xizmatlarni shaxsiylash-tirish, mijozni qo‘llab-quvvatlash va bronlashtirish jarayonini shaffof tashkil qilish, qayta aloqani yo‘lga qo‘yish taklifi asoslanib, unga ko‘ra https://t .me/chinobod_sanatory_bot ishlab chiqilgan;
xizmatlar va ma’lumotlarni diagnostik testlarni o‘tkazib tahlil qilish asosida foydalanuvchilarning qulayligi va muloqotini oshirish asoslanib, unga ko‘ra dasturiy ta’minot, mobil ilova orqali raqamlashtirishdan foydalanishning narxlarni pasaytirish imkoniyati taklif etilgan;
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar hajmi va ularga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha Fisher mezonlariga ko‘ra trend modeli asosida 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ijtimoiy xizmatlar hajmini yo‘llanmalar savdosi tuzilmasidani takomillashtirish va biznes jarayonni qo‘shni davlatlardan tashriflar hisobiga oshirish kabilar asoslangan, shunga ko‘ra https://chinobod-sanatory.uz/ veb-saytini takomillashtirish taklifi "Chinobod sanatoriyasi" AJda joriy etilgan ("O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kenga-shining “Sanatoriy-kurort bosh boshqarmasi” MChJning 2025-yil 24-martdagi AA-05/66-son, "Chinobod sanatoriyasi" AJ 2025-yil 17-martdagi DS -05/31-son va "Turon sanatoriyasi" AJning 2025-yil 18-martdagi XS 03/08-son ma’lumotnomalari). mazkur taklif yo‘llanmalar savdosi hajmi (13%),va ko‘rishlar darajasi (3,4%) va qo‘shni davlatlardan tashrif buyuruvchilar talabining (7%) oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanatoriy-kurort muassasasi faoliyatini uzlyuksiz tashkil qilish va axborotlar oqimini ratsionallashtirish asosida xizmatlarni shaxsiylash-tirish, mijozni qo‘llab-quvvatlash va bronlashtirish jarayonini shaffof tashkil qilish, qayta aloqani yo‘lga qo‘yish taklifi https://t .me/ chinobod_sanatory_bot "Chinobod" AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Sanatoriy-kurort bosh boshqarmasi” MChJning 2025-yil 24-martdagi AA-05/66-son, "Chinobod sanatoriyasi" AJ 2025-yil 17-martdagi DS -05/31-son va "Turon sanatoriyasi" AJning 2025-yil 18-martdagi XS 03/08-son ma’lumotno-malari). Mazkur taklif sanatoriy-kurort zonalarining xizmat ko‘rsatish doirasining kengayishiga va tashrif buyurish darajasi oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmatlar va ma’lumotlarni diagnostik testlarni o‘tkazib tahlil qilish asosida foydalanuvchilarning qulayligi va muloqotini oshirish asoslanib, unga ko‘ra dasturiy ta’minot, mobil ilova orqali raqamlashtirishdan foydalanishning narxlarni pasaytirish imkoniyati "Chinobod sanatoriyasi" AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Sanatoriy-kurort bosh boshqarmasi” MChJning 2025-yil 24-martdagi AA-05/66-son, "Chinobod sanatoriyasi" AJning 2025-yil 17-martdagi DS -05/31-son va "Turon sanatoriyasi" AJning 2025-yil 18-martdagi XS 03/08-son ma’lumotnomalari. Taklif ilova orqali mijozlarning holati fleks-brain mezoni bo‘yicha yaxshilangan va trevoga tugmasi ham tashrif buyuruvchilar tomonidan har oy davomida 10 marotaba qo‘llanilgan;
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar hajmi va ularga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha Fisher mezonlariga ko‘ra trend modeli asosida 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlaridan "Chinobod sanatoriyasi" aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Sanatoriy-kurort bosh boshqarmasi” MChJning 2025-yil 24-martdagi AA-05/66-son, "Chinobod sanatoriyasi" AJning 2025-yil 17-martdagi DS -05/31-son va "Turon sanatoriyasi" AJning 2025-yil 18-martdagi XS 03/08-son ma’lumotnomalari). Taklif sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hajmi 2030-yildaga qadar oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.