Berdikulova Surayyo Aslamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy ong o‘zgarishlari dialektikasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2025.2.DSc/Fal314).
Ilmiy rahbar: Tuychiev Berdikul Turakulovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abilov Urol Murodovich – falsafa fanlari doktori, professor, Musaev Faxriddin Abdusattorovich – falsafa fanlari doktori, professor, Negmatova Shaxzoda Shuxratovna - falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda islohotlar jarayonida ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy ong o‘rtasidagi o‘zgarishlar dialektikasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy me’yor va ijtimoiy ongning dialektik munosabati Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy me’yorlarning barqarorlik omili sifatida, ijtimoiy ong esa, islohotlarning faol harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘lishi, me’yorlar va ongning o‘zaro ta’sir etuvchi ikki qutb sifatidagi barqarorlik, davomiylik, institutsionallashganlik, ijtimoiy nazorat barqarorlik va o‘zgarishni ta’minlovchi xususiyatlari ochib berilgan;
milliy va global qadriyatlar ta’sirida ijtimoiy me’yorlar transformatsiyasining bosqichlari (an’ana, ziddiyat, moslashuv, institutsionallashuv, yangi barqarorlik) asoslanib, jamiyatda milliy an’analardan boshlab, global modernizatsiya omillarigacha bo‘lgan jarayonda me’yorlarning o‘zgarish dinamikasi va ularning ijtimoiy ongdagi ifodalanishning anglash, tanqid, sintez, qabul qilish kabi jarayonlari dalillangan;
ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy ong o‘zgarishlarining milliy taraqqiyotdagi o‘rni asoslanib, O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ijtimoiy me’yorlar orqali insoniy qadriyatlar mustahkamlanishi, ijtimoiy ong asosida, fuqarolarning islohotlarda faol ishtirok etishi jarayoni yaxlit “me’yor – ijtimoiy ong – faoliyat” falsafiy konsepsiya asosida ochib berilgan;
ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy me’yorlar o‘rtasidagi muvozanat jarayonining dialektik modeli (taraqqiyot, ziddiyat, sintez, yangi muvozanat) ishlab chiqilib, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy ong shakllari (axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy va falsafiy ong) ijtimoiy me’yorlar bilan uyg‘unlashuvi jarayonidagi muvozanat ijtimoiy barqarorlikning asosiy mezoni sifatida asoslangan;
ong va me’yorlar o‘rtasidagi farq, ongning o‘zgarish tezligi (innovatsiya, islohotlar), me’yorlarning barqarorlik koeffisienti (an’ana, institutlar) uyg‘unlashuvi jarayoni milliy rivojlanishning falsafiy negizi sifatida, ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy me’yorlarni yangilashi milliy rivojlanish strategiyasining ma’naviy-falsafiy poydevori sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy ong o‘zgarishlari dialektikasi” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy me’yor va ijtimoiy ongning dialektik munosabati Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy me’yorlarning barqarorlik omili sifatida, ijtimoiy ong esa, islohotlarning faol harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘lishi, me’yorlar va ongning o‘zaro ta’sir etuvchi ikki qutb sifatidagi barqarorlik, davomiylik, institutsionallashganlik, ijtimoiy nazorat barqarorlik va o‘zgarishni ta’minlovchi xususiyatlari ochib berilganiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ish faoliyatida, jumladan, Markazning 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga doir chora-tadbirlar dasturining V bobi “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari” 23-bandi “Ma’naviy-axloqiy mezonlarga mos kelmaydigan, zo‘ravonlikni targ‘ib qiladigan, yoshlar ongiga huquqbuzarlik, axloqsizlik kabi sifatlarni shakllantiradigan audio-videomahsulotlar, kompyuter o‘yinlarining respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilishi yoki internet tarmog‘i orqali olinib, ko‘paytirilishi kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan “Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid” shiori ostida reydlar tashkil qilish” borasida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida va targ‘ibot bukletlar, flaerlar nashr etishda unumli foydalanilgan (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2025-yil 18-oktyabrdagi 03-1274-son Dalolatnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi yoshlarda huquqbuzarliklar oldini olish ishlari natijadorligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilgan;
milliy va global qadriyatlar ta’sirida ijtimoiy me’yorlar transformatsiyasining bosqichlari (an’ana, ziddiyat, moslashuv, institutsionallashuv, yangi barqarorlik) asoslanib, jamiyatda milliy an’analardan boshlab, global modernizatsiya omillarigacha bo‘lgan jarayonda me’yorlarning o‘zgarish dinamikasi va ularning ijtimoiy ongdagi ifodalanishning anglash, tanqid, sintez, qabul qilish kabi jarayonlarini dalillashga oid ilmiy xulosalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zMTRKning 2025-yil 3-oktyabrdagi 05-09-1545-son dalolatnomasi). Ilmiy ish xulosalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zMTRK dastur ssenariylarida foydalanilishi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ilmiy saviyasini oshishiga hamda tinglovchilarning siyosiy va huquqiy madaniyati rivojlanishiga, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan demokratik islohotlar borasidagi bilimlari kengayishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy ong o‘zgarishlarining milliy taraqqiyotdagi o‘rni asoslanib, O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ijtimoiy me’yorlar orqali insoniy qadriyatlar mustahkamlanishi, ijtimoiy ong asosida, fuqarolarning islohotlarda faol ishtirok etishi jarayoni yaxlit “me’yor – ijtimoiy ong – faoliyat” falsafiy konsepsiya asosida ochib berilishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan “Bag‘rikenglikka barchamiz mas’ulmiz” loyihasida, shuningdek, 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining V bobi “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan jamiyat barpo etish”, 5.1. Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish yo‘nalishida keltirilgan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 16-oktyabrdagi 02/02-262-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga va milliy-ma’naviy tiklanish, vujudga kelayotgan g‘oyaviy ziddiyatlar muammolariga doir materiallarni tayyorlashda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy me’yorlar o‘rtasidagi muvozanat jarayonining dialektik modeli (taraqqiyot, ziddiyat, sintez, yangi muvozanat) ishlab chiqilib, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy ong shakllari (axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy va falsafiy ong) ijtimoiy me’yorlar bilan uyg‘unlashuvi jarayonidagi muvozanat ijtimoiy barqarorlikning asosiy mezoni sifatida asoslanganligiga oid ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan, Agentlikning 2024 yilga mo‘ljallangan Ish rejasining IV bobi “Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish” yo‘nalishining 22, 23, 24-bandlari ijrosi doirasidagi “Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlar va bolalar huquqlarini mustahkamlash” hamda “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning muhim masalalari”, shuningdek, 2025-yilda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa” loyihalarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 18-oktyabrdagi 2-13-21-5634-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik faoliyatida dissertatsiya ilmiy yangiliklaridan foydalanilishi tadbirlar mazmunining yangi ilmiy faktlar bilan boyishi hamda ish samaradorligining ortishiga xizmat qilgan;
ong va me’yorlar o‘rtasidagi farq, ongning o‘zgarish tezligi (innovatsiya, islohotlar), me’yorlarning barqarorlik koeffisienti (an’ana, institutlar) uyg‘unlashuvi jarayoni milliy rivojlanishning falsafiy negizi sifatida, ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy me’yorlarni yangilashi milliy rivojlanish strategiyasining ma’naviy-falsafiy poydevori sifatida ochib berishga doir ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2026-yil 26-martdagi 1/871-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ijro etilishi majburiy bo‘lgan direktivalar va buyruqlar chiqarishda ijtimoiy me’yorga amal qilishga, tizim faoliyatida burch, qonun va me’yorga tayanishga, sadoqat va qadriyatlarga asoslangan fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga doir tamoyillarni rivojlantirishga, uslubiy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilgan.