Avazxonov Yusufjon Avazxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ etika rivoji tendensiyalari va transformatsiyasi”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1198.
Ilmiy rahbar: Muxamedjanova Lalixon Ashuralievna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Anvar Qahharovich – falsafa fanlari doktori, professor; Muxamadiev Nurmat Ergashevich – falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ munosabatlar tendensiyalari transformatsiyasini axloqiy-falsafiy tahlil asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
korporativ etika fenomenining struktural-funksional jihatini jamoalardagi faoliyat tamoyillari va qadriyatlar, axloq kodeksi, xodimning individual ma’suliyati, shaffoflik, adolat, maxfiylik, manfaatlar ziddiyati va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratish, teskari aloqa kabilar zaruriy elementlari ekanligi ilmiy falsafiy asoslangan; 
zamonaviy korporativ etikaning shaffoflik va hisobdorlik darajasining oshishi, aholi o‘rtasida huquqiy va raqamli savodxonlik darajasining yuksalishi, kibertahdidlar va ulardan himoyalanish zaruratining kuchayishidan iborat tendensiyalarining transformatsiyalashuviga olib kelganligi nazariy umumlashmalar asosida ochib berilgan;
kasb etikasi kodekslarini ishlab chiqish, bu boradagi xabardorlik darajasini oshirish, joriy axloq kodekslari ijrosini ta’minlash, xodimlarning kasbiy etika bo‘yicha reytingini shakllantirish, xodimlarning kodeks normalariga rioya etishni rag‘batlantirish singari korporativ munosabatlarni takomillashtirish mexanizmlarini qo‘llash O‘zbekistondagi korxona va tashkilotlarda samarador faoliyat ko‘rsatkichlariga erishishning ta’sirchan usuli ekanligi empirik kuzatishlar natijasida asoslab berilgan; 
korporativ etika munosabatlariga ta’sir qiluvchi (diskriminatsiya, paternalizm, favoritizm, nepotizm, lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish, adolatsiz qaror qabul qilish, mas’uliyasizlik, ishtiyoqsizlik) kabi salbiy omillarning destruktiv oqibatlari aniqlangan holda, Yangi O‘zbekistonda ularga qarshi kurashishning rahbarlar mas’uliyatini oshirish, shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish, inklyuzivlik, rag‘batlantirish, shaffoflik tamoyillari ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan: 
korporativ etika fenomenining struktural-funksional jihatini jamoalardagi faoliyat tamoyillari va qadriyatlar, axloq kodeksi, xodimning individual ma’suliyati, shaffoflik, adolat, maxfiylik, manfaatlar ziddiyati va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratish, teskari aloqa kabilar zaruriy elementlarga oid taklif, tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” 2025 yil mart-aprel oylaridagi teledasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025 yil 27 fevraldagi 01-33/110-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi hamda korporativ jarayonlarga axloqiy munosabatning yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
zamonaviy korporativ etikaning shaffoflik va hisobdorlik darajasining oshishi, aholi o‘rtasida huquqiy va raqamli savodxonlik darajasining yuksalishi, kibertahdidlar va ulardan himoyalanish zaruratining kuchayishidan iborat tendensiyalarining transformatsiyalashuviga olib kelganligi nazariy umumlashmalar asosida ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan. (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 10-iyuldagi 2-13-21-3788-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishning ilmiy yangilik va xulosalari yoshlar o‘rtasida korporativ munosabatlarga ta’sir qilvchi diskriminatsiya, paternalizm, favoritizm, nepotizm, lavozim vakolatlarini suiste’mol qilish, adolatsiz qaror qabul qilish, mas’uliyasizlik, ishtiyoqsizlik kabi salbiy omillarning oldini olish, ularning ma’naviyati va dunyoqarishini shakllantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan targ‘ibot materiallarini tayyorlashda va tegishli dasturlarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
kasb etikasi kodekslarini ishlab chiqish, bu boradagi xabardorlik darajasini oshirish, joriy axloq kodekslari ijrosini ta’minlash, xodimlarning kasbiy etika bo‘yicha reytingini shakllantirish, xodimlarning kodeks normalariga rioya etishni rag‘batlantirish singari korporativ munosabatlarni takomillashtirish mexanizmlarini qo‘llash O‘zbekistondagi korxona va tashkilotlarda samarador faoliyat ko‘rsatkichlariga erishishning ta’sirchan usuli ekanligiga oid taklif, tavsiya va xulosalardan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovoldi dasturining IV – yo‘nalishi partiyaning kuchli ijtimoiy siyosat – xalq farovonligi kafolati sohasidagi vazifalari doirasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining eng muhim ustuvorligi sifatida aholining huquqiy-siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tashkil etishda foydalanilgan (“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2025-yil 17-martdagi 07-1/1/65-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi partiya xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan; 
korporativ etika munosabatlariga ta’sir qiluvchi (diskriminatsiya, paternalizm, favoritizm, nepotizm, lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish, adolatsiz qaror qabul qilish, mas’uliyasizlik, ishtiyoqsizlik) kabi salbiy omillarning destruktiv oqibatlari aniqlangan holda, Yangi O‘zbekistonda ularga qarshi kurashishning rahbarlar mas’uliyatini oshirish, shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish, inklyuzivlik, rag‘batlantirish, shaffoflik tamoyillariga oid xulosalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari dasturining IV – yo‘nalishi vazirlikning o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlashda va tegishli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025-yil 3-iyundagi № 1/01-10-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning tadqiqot natijalari, taklif va tavsiyalaridan foydalanilganligi vazirlikning o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishidagi faoliyati samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish