Aliev Murodjon Tursun o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatning raqamli taraqqiyotida inson resursi ahamiyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal678.
Ilmiy rahbar: Ochilova Baxti Murodovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatni raqamli taraqqiyotida inson resursini rivojlantirishning ahamiyati, tamoyillari, funksional xususiyatlarini falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“inson resursi” tushunchasi an’anaviy iqtisodiy yondashuv qoliplaridan farqli ravishda salohiyat, qadriyat va imkoniyatlarni qamrab oluvchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida asoslanib, tarixiy shakllanishi, gnoseologik, aksiologik va praksiologik jihatlari orqali jamiyat taraqqiyotining ichki determinant ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
inson resursining jismoniy kuch, aqliy salohiyat, ma’naviy qarash va ijtimoiy faollik kabi o‘zaro uzviy bog‘liq tarkibiy qismlari tizimli yondashuv asosida tasniflanib, uning mehnat bozoridagi moslashuvchanligi, raqobatbardoshligi va ijtimoiy kapitalni mustahkamlovchi strategik subektiv omil sifatidagi roli ijtimoiy-falsafiy asosda dalillangan;
inson tafakkuri va sun’iy intellekt (machine learning, natural language processing, generative AI) o‘rtasidagi hamkorlik ijodiy fikrlash va qarorlar qabul qilishda samaradorlikka olib kelishi aniqlanib, inson-mashina hamkorligining innovatsiyalar uchun sharoit yaratishi hamda inson resursining raqamli muhitdagi faol, boshqaruvchi kuch sifatidagi konseptual roli ochib berilga;
O‘zbekistonda inson resursini rivojlantirish jarayonida raqamli boshqaruv, zamonaviy kasbiy tayyorlov va moslashuvchan mehnat bozorini shakllantirishga oid ilg‘or xorijiy tajribalarning samarali jihatlari ochib berilib, barqarorlik (sustainability), moslashuvchanlik (adaptability) va uzoq muddatli samaradorlik (long-term efficeincy) tamoyillari asosida milliy yondashuvlarni raqamli jamiyat talablariga moslashtirgan holda takomillashtirish zarurati ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jamiyatning raqamli taraqqiyotida inson resursi ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish asosida: 
“inson resursi” tushunchasi an’anaviy iqtisodiy yondashuv qoliplaridan farqli ravishda salohiyat, qadriyat va imkoniyatlarni qamrab oluvchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida asoslanib, tarixiy shakllanishi, gnoseologik, aksiologik va praksiologik jihatlari orqali jamiyat taraqqiyotining ichki determinant ekanligi ilmiy jihatdan isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti” doirasida tashkil etilgan “Loyihalarni amalga oshirishda gender yondoshuvi masalasi”da tashkil etilgan trening-seminarda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 03-iyuldagi 28/4-1867-son ma’lumotnomasi) Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamiyatning raqamli taraqqiyotida inson resursi ahamiyatining ijtimoiy-falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan;
inson resursining jismoniy kuch, aqliy salohiyat, ma’naviy qarash va ijtimoiy faollik kabi o‘zaro uzviy bog‘liq tarkibiy qismlari tizimli yondashuv asosida aniqlanib, uning mehnat bozoridagi moslashuvchanligi, raqobatbardoshligi va ijtimoiy kapitalni mustahkamlovchi subektiv omil sifatidagi roli ijtimoiy-falsafiy asosda dalillanganligiga oid ilmiy yangilik va tavsiyalardan Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining 5.1. Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish hamda 5.1.1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanildi. (Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 30-iyundagi 02-02-68-son ma’lumotnomasi) Natijada, partiyasi tizimidagi faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari ssenariysini shakllantirishga xizmat qildi;
tadqiqotda inson tafakkuri va sun’iy intellekt (machine learning, natural language processing, generative AI) o‘rtasidagi hamkorlik ijodiy fikrlash va qarorlar qabul qilishda samaradorlikka olib kelishi tahlil qilinib, inson-mashina hamkorligining innovatsiyalar uchun sharoit yaratishi hamda inson resursining raqamli muhitdagi faol, boshqaruvchi kuch sifatidagi roli ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Virtual dunyo” nomli eshittirishlar ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali”ning 2024-yil 28-avgustdagi 04-36-957-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar yangi O‘zbekiston taraqqiyotida inson resursining ahamiyati va roli, raqamli rivojlanish sharoitida inson resursi va raqamli texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasi, raqamli rivojlanishning xorij tajribasi konteksida inson resursining ta’sirini baholashga qaratilgan turli tadbirlar, davra suhbatlarini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda inson resursini rivojlantirishda raqamlashtirilgan boshqaruv, zamonaviy kasbiy tayyorlov va moslashuvchan mehnat bozori asosida xorijiy tajribalardan foydalanishning samarali jihatlari aniqlanib, barqarorlik (sustainability), moslashuvchanlik (adaptability) va uzoq muddatli samaradorlik (long-term efficeincy) tamoyillari asosida milliy yondashuvlarni takomillashtirish zarurati ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Mudofaa vazirligi Faxriylari ishlari bo‘yicha markaziy kengashi va Barqaror rivojlanish markazi hamkorligida tashkil etilgan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbatida foydalanildi. (tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 1-iyuldagi 47/895-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur taklif va tavsiyalar davra suhbati va tadbirlarni ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish