Malikova Nilufar Nusratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oddiy husnbuzar rivojlanishining klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik mexanizmlari», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib347.
Ilmiy rahbar: Arifov Saidkasim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oddiy husnbuzar rivojlanishining klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oddiy husnbuzar rivojlanishiga bog‘liq kseniobiotiklar biotransformatsiyasining birinchi fazasi hamda jinsiy gormonlar metabolizmida ishtirok etuvchi (CYP1A1, CYP17A1) genlari allel variantlari va genotiplarining uchrashi darajasi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub shaxslarda oddiy husnbuzar shakllanishi xavfi va klinik kechishi uning boshqaruvchi  CYP17A1 genining gs 743572  polimorfizmi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida oddiy husnbuzar shakllanishi havfi va klinik kechishi mexanizmidagi jinsiy gormonlar metabolizmi, A vitamini va yog‘ bezlari sekresiyasini boshqarishda CYP17A1 (rs 743572) + CYP1A1 (rs4646421) genlarining gen-gen tarzidagi o‘zaro additiv bog‘liqligi aniqlangan;
Demodex Folliculorum turidagi kanalar bilan birga kechuvchi oddiy husnbuzar rivojlanishi havfiga moyillik va CYP17A1 genining G/G salbiy genotipik varianti bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oddiy husnbuzar rivojlanishining klinik-biokimyoviy va molekulyar-genetik mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oddiy husnbuzarni azot oksidi xolatini hisobga olgan holda davolashning samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 8n-d/300-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oddiy husnbuzar residivlarini kamaytirishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va davolanish muddatini qisqartirishga xizmat qilgan;
oddiy husnbuzar rivojlanishining klinik-biokimyoviy mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Samarqand va Buxoro viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserlari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 8n-z/1-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar oddiy husnbuzar bilan kasallanganlarni takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash orqali kasallik residivlarini kamaytirishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish