Tuychieva Xayotxon Gapurjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3786.
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/08.05.2025.I.133.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jiyanova Nargiza Esanalievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Moliyaviy savodxonlikni inson kapitalining passiv elementi emas, balki mehnat resurslari raqobatbardoshligini ta’minlovchi strategik drayver sifatida konseptual tavsiflash asosida, aholining moliyaviy bilimlari va innovatsion faollik o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik qonuniyati ochib berilgan hamda regressiya modeli yordamida savodxonlik darajasining 1 foizga oshishi startaplar sonini o‘rtacha 2,41 birlikka ko‘paytirishi asoslangan;
bo‘lajak mehnat resurslarining moliyaviy savodxonligini baholashning innovatsion konvergent-integral mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda matematik algoritmlar, lingvistik tahlil va iqtisodiy ko‘rsatkichlar sintezi asosida “Ratsional qaror koeffisienti” va muqobil xarajatlarni optimallashtirish darajasini miqdoriy aniqlash tartibi asoslangan;
moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan “STARTUP–FINTEX” integratsiyalashgan iqtisodiy adaptatsiya mexanizmi ishlab chiqildi. Ushbu mexanizmning samaradorligi nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga transformatsiya qilish vaqtini 35 foizga qisqartirish, moliyaviy qarorlardagi xatolarni 30 foizga kamaytirish hamda yoshlar startap loyihalarining bozorda yashovchanlik darajasini 40 foizga oshirish orqali miqdory jihatdan asoslandi;
moliyaviy savodxonlik elementlarini ta’lim standartlari va dasturlariga integratsiya qilishning iqtisodiy samaradorligini baholovchi integral indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur tizim vazn koeffisientlari yordamida ta’lim mazmunining o‘zgarishi natijasida inson kapitaliga yo‘naltirilgan investisiyalarning qaytish darajasini (ROI) hamda O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik darajasini 2030-yilga qadar 74,3 foizgacha etkazishning prognoz ko‘rsatkichlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy ish natijalari asosida:
Moliyaviy savodxonlikni inson kapitaliining mustaqil strategik indikatori sifatida tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan empirik-statistik model negizida IT-Park ekotizimida moliyaviy savodxonlikning strategik ahamiyatini inobatga oluvchi yangi boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 9-dekabrdagi 40-16/626-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-noyabrdagi 34-8/8251-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida inson kapitalini rivojlantirish siyosatini takomillashtirish, startaplar faoliyati samaradorligini oshirish, investisiya muhitini yaxshilash va innovatsion iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida moliyaviy savodxonlikni shakllantirish va baholash jarayonini takomillashtirish uchun PISA dasturi talablariga tayangan holda milliy ta’lim mazmuniga moslashtirilgan integrallashgan baholash modeli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 9-dekabrdagi 40-16/626-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-noyabrdagi 34-8/8251-sonli ma’lumotnomasi, IT-Parkning 2025-yil 21-maydagi 33-03-1/801-sonli ma’lumotnomasi va “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” DMning 2025-yil 10-noyabrdagi 111-11/578-sonli ma’lumotnomalari bilan rasman tasdiqlangan). Natijada moliyaviy ta’lim mazmuni amaliy echimlar bilan boyitilib, maktab yoshidagi aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.
O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini rivojlantirishning startap–fintex–ta’lim integratsiyalashgan modeli asosida ishlab chiqilgan ilmiy taklif
IT-Park faoliyati doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 9-dekabrdagi 40-16/626-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-noyabrdagi 34-8/8251-sonli ma’lumotnomasi, IT-Parkning 2025-yil 21-maydagi 33-03-1/801-sonli ma’lumotnomasi, “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” DMning 2025-yil 10-noyabrdagi 111-11/578-sonli ma’lumotnomasi). Natijada IT-Park rezident kompaniyalari faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, investisiya muhitini baholash, fintex xizmatlari orqali startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish jarayonlari uchun metodik asos yaratildi. Model startap loyihalarining investision jozibadorligini oshirish, fintex xizmatlari yordamida innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish va sarmoya oqimini diversifikatsiya qilish imkonini berdi. Shuningdek, IT-Park rezidentlari uchun moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-modulli dastur ishlab chiqilib, raqamli ta’lim platformalariga integratsiya qilindi. Natijada startap ekotizimida innovatsion loyiha boshqaruvi madaniyati shakllantirildi, fintex infratuzilmasining institutsional asoslari mustahkamlandi va mazkur model amaliyotda samarali qo‘llanildi.
Moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni fan dasturlari va darsliklarga integratsiya qilish asosida ishlab chiqilgan integral indikatorlar tizimi IT-Park rezident kompaniyalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 9-dekabrdagi 40-16/626-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-noyabrdagi 34-8/8251-sonli ma’lumotnomasi, IT-Park ning 2025-yil 21-maydagi 33-03-1/801-sonli ma’lumotnomasi, “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” DMning 2025-yil 10-noyabrdagi 111-11/578-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholida moliyaviy tafakkurni shakllantirish, amaliy iqtisodiy masalalarni echish, ongli qaror qabul qilish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish kompetensiyalari rivojlantirildi.