Adizov Sardor Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Mintaqa tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishda bojxona mexanizmlaridan foydalanishni takomillashtirish” 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Iqt3068
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nizamov Asliddin Badreddinovich 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.16.06
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Murodova Nodira Kullievna; iqtisod fanlari nomzodi, professor Tadjieva Sayyora Uralovna
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishda bojxona mexanizmlaridan foydalanishni takomillashtirish borasidagi ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi savdo faoliyatni amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay bo‘lgan tartibotlarni, shu jumladan, mintaqalararo logistika xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi axborot platformasi joriy etish taklifi asoslangan; 
davlat chegarasi orqali o‘tkazish hududiy punktlarida fitosanitariya va veterinariya organlari tomonidan tashqi savdo yuklari bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat funksiyalarini bojxona organlari nazorati bilan integratsiyalovchi mexanizmlarni takomillashtirish taklifi asoslangan; 
mintaqa tashqi savdo faoliyatini bojxona organlari xodimlarining faoliyatini baholashda “kasbiy salohiyat – xizmat natijalari – ularning o‘zaro muvofiqligi” dan kelib chiqadigan samaradorlikni baholash yondoshuvi bo‘yicha taklifi asoslangan
mintaqa tashqi savdo faoliyatining barqarorligini ta’minlashda tashqi savdo yuklarini etkazib berish zanjiri bo‘yicha xavfsiz va shikassiz yetkazishni ta’minlashga qaratilgan innovatsion yondashuvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklifi asoslangan; 
mintaqada innovatsion yondashuvlar asosida bojxona mexanizmlari samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz  ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda bojxona to‘lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tashqi savdo faoliyatni amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay bo‘lgan tartibotlarni, shu jumladan, mintaqalararo logistika xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi axborot platformasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 57-son Farmonining 2-ilova 5-band bilan bojxona amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 13-noyabrdagi 2/05-25-00131-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqalarda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bojxona organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligi ortdi, hujjat aylanishi va rasmiylashtirish jarayonlari soddalashtirildi, vaqt va moliyaviy xarajatlar kamaytirildi;
davlat chegarasi orqali o‘tkazish hududiy punktlarida fitosanitariya va veterinariya organlari tomonidan tashqi savdo yuklari bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat funksiyalarini bojxona organlari nazorati bilan integratsiyalovchi mexanizmlarni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 57-son Farmonining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 13-noyabrdagi 2/05-25-00131-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi nazorat organlari faoliyatida takroriylikning oldini olishga, yuklarni chegaradan o‘tkazish jarayonida ortiqcha to‘xtalishlarni bartaraf etishda, xalqaro standartlarga mos “yagona nazorat oynasi” tamoyiliga erishishga hamda hududlarda tashqi savdo operatsiyalarining tezkorligini va shaffofligini oshirishda xizmat qildi;
mintaqa tashqi savdo faoliyatini bojxona organlari xodimlarining faoliyatini baholashda “kasbiy salohiyat – xizmat natijalari – ularning o‘zaro muvofiqligi” dan kelib chiqadigan samaradorlikni baholash yondoshuvi bo‘yicha taklif   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 122-son Qarorining 39-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 13-noyabrdagi 2/05-25-00131-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada bojxona organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholashda kasbiy salohiyat va xizmat natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘lchovchi integrallashgan yondashuv joriy etildi. Bu esa mintaqada inson resurslaridan samarali foydalanish, tashqi savdo jarayonlarida boshqaruv sifatini oshirish hamda xizmat ko‘rsatishning natijadorlik indeksini shakllantirish imkonini berdi;
mintaqa tashqi savdo faoliyatining barqarorligini ta’minlashda tashqi savdo yuklarini etkazib berish zanjiri bo‘yicha xavfsiz va shikassiz yetkazishni ta’minlashga qaratilgan innovatsion yondashuvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklif ishlab chiqildi. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–122-son Qarorining 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 13-noyabrdagi 2/05-25-00131-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada tashqi savdo yuklarini tashish jarayonida logistika xavflarini kamaytirish, yuk etkazib berishning uzlyuksizligini ta’minlash hamda tashqi savdo faoliyatining barqarorligini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish