O‘roqova Dildora Qodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Qashqadaryo vohasi turar joylari arxitekturasining o‘ziga xos jihatlari (an’ana va zamonaviylik)”, 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/A212.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Shoisoev Izatullo Kenjaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Mustaev Bahrom Bahodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati tarixiy turar-joy binolarining vujudga kelish hamda taraqqiy etish bosqichlarini arxeologik, yozma, tarixiy, ilmiy hamda arxiv manbalari asosida kompleks tarzda ochib berish va ushbu mintaqadagi tarixiy turar-joylar arxitekturasiga xos an’analarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
an’anaviy turar joylarning hududiy xususiyatlari ilmiy asosda tizimlashtirilgan bo‘lib, ularda mintaqaviy iqlim sharoiti, ijtimoiy turmush tarzi va milliy me’moriy an’analar o‘z ifodasini topganligi, jumladan, an’anaviy turar joylarning ulug‘ va ters ayvonli, dolonli (Xorazm), tobiston va zimiston xonali (Buxoro), soyabonli, berun va darun hovlili (Toshkent), qashqarcha turidagi markaziy xonali (Farg‘ona), hashamdor ochiq ayvonli, hunarmandchilikka oid xonalarning ko‘pligi (Qashqadaryo) kabi hududiy o‘ziga xos mezonlari dalillangan;
vohada turar uylarining shakllanishida qurilish materiallari jihatidan tog‘li (Kitob, Dehqonobod) hududlarda poydevor va devor qismlarida tosh materialidan; tekislik (Chiroqchi, Nishon, Qarshi, kasbi, Koson, Muborak, Mirishkor) hududlarida poydevor uchun tosh va devor qismlarida paxsa yoki xom g‘ishtga tayanishi; aralash (Shahrisabz, Qamashi, G;uzor, Yakkabog‘, Ko‘kdala) hududlarda esa sodda va amaliy qurilish uslublari qo‘llanilganligi dalillangan;
Qashqadaryo viloyati turar uylarining “an’anaviy” - markazida yopiq hovli joylashib (xonalar shu hovli atrofida tashkil etilganligi; qurilish jihatidan - paxsa, xom g‘isht va yog‘och kabi tabiiy materiallar keng qo‘llanilganligi) va “zamonaviy” - yangi qurilish texnologiyalari (temir-beton, pishiq g‘isht, metall va shisha kabi sanoat materiallari) va shaharsozlik talablariga asoslanganligi hamda estetik yondashuvda mahalliy qurilish tajribasiga tayanilganligi dalillangan;
Qashqadaryo vohasi an’anaviy turar uylarining shakllanishi va takomillashuvi hududning iqlimiy sharoiti, xo‘jalik faoliyati va mahalliy turmush tarziga moslashgan me’moriy echimlarida namoyon bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasi turar joylari arxitekturasining o‘ziga xos jihatlari (an’ana va zamonaviylik) mavzusi bo ’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
an’anaviy turar joylarning hududiy xususiyatlari ilmiy asosda tizimlashtirilgan bo‘lib, ularda mintaqaviy iqlim sharoiti, ijtimoiy turmush tarzi va milliy me’moriy an’analar o‘z ifodasini topganligi, jumladan, an’anaviy turar joylarning ulug‘ va ters ayvonli, dolonli (Xorazm), tobiston va zimiston xonali (Buxoro), soyabonli, berun va darun hovlili (Toshkent), qashqarcha turidagi markaziy xonali (Farg‘ona), hashamdor ochiq ayvonli, hunarmandchilikka oid xonalarning ko‘pligi (Qashqadaryo) kabi hududiy o‘ziga xos mezonlari hamda Qashqadaryo vohasi an’anaviy turar uylarining shakllanishi va takomillashuvi hududning iqlimiy sharoiti, xo‘jalik faoliyati va mahalliy turmush tarziga moslashgan me’moriy echimlarida namoyon bo‘lganligi dalillanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan ob’ektlarning rekonstruksiya loyihalarini bajarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 04-07/4099-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash loyihalarini bajarish imkoniyati oshgan; 
vohada turar uylarining shakllanishida qurilish materiallari jihatidan tog‘li (Kitob, Dehqonobod) hududlarda poydevor va devor qismlarida tosh materialidan; tekislik (Chiroqchi, Nishon, Qarshi, kasbi, Koson, Muborak, Mirishkor) hududlarida poydevor uchun tosh va devor qismlarida paxsa yoki xom g‘ishtga tayanishi; aralash (Shahrisabz, Qamashi, G;uzor, Yakkabog‘, Ko‘kdala) hududlarda esa sodda va amaliy qurilish uslublari qo‘llanilganligi dalillanganligi hamda Qashqadaryo viloyati turar uylarining “an’anaviy” - markazida yopiq hovli joylashib (xonalar shu hovli atrofida tashkil etilganligi; qurilish jihatidan - paxsa, xom g‘isht va yog‘och kabi tabiiy materiallar keng qo‘llanilganligi) va “zamonaviy” - yangi qurilish texnologiyalari (temir-beton, pishiq g‘isht, metall va shisha kabi sanoat materiallari) va shaharsozlik talablariga asoslanganligi hamda estetik yondashuvda mahalliy qurilish tajribasiga tayanilganligi dalillanganligi yuzasidan takliflar Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyat hududining tarixiy jarayonlarini baholash va loyihalarni bajarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 04-07/4099-son ma’lumotnomasi). Natijada hudud bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar tarixiy yodgorliklari asosida ishlab chiqilgan ma’lumotlar va tavsiyalari oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim berishda keng foydalanish imkoniyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish