Xamzina Zarina Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy o‘zbek kompozitorlarining opera ijodida janr yangilanish jarayonlari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San165.
Ilmiy rahbar: Nosirova Yulduz Mirxamidovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.11/2025.27.12.San.01.01
Rasmiy opponentlar: Zenkin Konstantin Vladimirovich, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Muhamedova Feruza Nurmaxmatovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda zamonaviy opera san’atining janr yangilanish jarayonlarini aniqlash va ilmiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda opera janrining shakllanishi va rivojlanishi intonatsion darajada xalq musiqasi namunalari va maqom turkumlaridan (“Bo‘ron”, “Layli va Majnun”, “Gulsara”) to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtibos keltirishdan mualliflik mavzusini (“Sohilda to‘qnashuv”) shakllantirishgacha bo‘lgan evolyusiya jarayoni kuzatilganligi, Evropa musiqasining yakkaxon, duet va ansambl shakllari bilan musiqiy materialni rivojlantirishning sharqona zonal tamoyilining uyg‘unligi Evropacha epik opera “Dilorom”, dramatik opera “Gulsara” va komik opera “Maysaraning ishi” tipologik modellarga tayanganligi dalillangan;
Mustafo Bafoevning “Buxoroi sharif”, “Lison ut-tayr” va “Xamsa” operalarida maqom san’atining iqtibos keltirilgan mavzuiy qatlami musiqaning milliy xarakteri va intonatsion tuzilishini aks ettiruvchi lokal yangilanish omili “innertext” sifatida namoyon bo‘lganligi, intertekstuallik hamda mediamadaniyat esa global yangilanish omillari “intertext” sifatida faoliyat yuritib, kompozitor musiqasiga umuminsoniylik baxsh etgani, uning madaniy kontekstini kengaytirgani isbotlangan;
O‘zbekistonda operaning tarixiy rivojlanishida janr chegaralarining izchil kengayishi bilan bogʻliq uch bosqich ajratilgani: birinchi bosqichda yirik ko‘p qismli operaning (lirik-epik, lirik-dramatik, komik operalar) tarkibiy va dramaturgik asoslari shakllantirilgani; ikkinchi bosqichda kamer opera (lirik-psixologik operalar) hamda bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan operalar sohasi o‘zlashtirilgani; uchinchi, zamonaviy bosqich esa yirik va kamer shakllarning parallel rivojlanishi hamda individual-mualliflik janr modellari “Come and go” sahnaviy etyud, cholg‘u jo‘rligisiz “Eh, Joe?” operasi va “Buxoroi Sharif” teleopera-dostonning yuzaga kelgani aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek kompozitorlar ijodida turli gibrit san’at turlaridan opera-balet “Ahmad al-Farg‘oniy”, “Xamsa”, media texnologiyalardan video-opera “Eh, Joe?”, radio-opera “Najot?”, an’anaviy musiqa janrlari (teleopera-doston «Buxoroi Sharif») kabilar bilan sintezlashuv natijasida opera janrining tipologik xususiyatlarini yangilash tendensiyasi kuzatilganligi, bunda musiqiy dramaturgiya postmodernistik hodisalar “bema’nilik teatri”, uslubiy plyuralizm hamda kinodramaturgiya elementlaridan bilan boyitilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zamonaviy o‘zbek kompozitorlarining opera ijodida janr yangilanish jarayonlar” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda opera janrining shakllanishi va rivojlanishi intonatsion darajada xalq musiqasi namunalari va maqom turkumlaridan (“Bo‘ron”, “Layli va Majnun”, “Gulsara”) to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtibos keltirishdan mualliflik mavzusini (“Sohilda to‘qnashuv”) shakllantirishgacha bo‘lgan evolyusiya jarayoni kuzatilganligi, Evropa musiqasining yakkaxon, duet va ansambl shakllari bilan musiqiy materialni rivojlantirishning sharqona zonal tamoyilining uyg‘unligi Evropacha epik opera “Dilorom”, dramatik opera “Gulsara” va komik opera “Maysaraning ishi” tipologik modellarga tayanganligi O‘zbek milliy maqom sanʼati markazining 2025-yil 27-fevralda o‘tkazilgan ilmiy taqdimot dasturida foydalanilgan (O‘zbek milliy maqom sanʼati markazining 2025-yil 27-fevraldagi 01-12/128-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilarning o‘zbek opera san’ati haqidagi tushunchalari hamda tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lganlar;
O‘zbekistonda operaning tarixiy rivojlanishida janr chegaralarining izchil kengayishi bilan bogʻliq uch bosqich ajratilgani: birinchi bosqichda yirik ko‘p qismli operaning (lirik-epik, lirik-dramatik, komik operalar) tarkibiy va dramaturgik asoslari shakllantirilgani; ikkinchi bosqichda kamer opera (lirik-psixologik operalar) hamda bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan operalar sohasi o‘zlashtirilgani; uchinchi, zamonaviy bosqich esa yirik va kamer shakllarning parallel rivojlanishi hamda individual-mualliflik janr modellari “Come and go” sahnaviy etyud, cholg‘u jo‘rligisiz “Eh, Joe?” operasi va “Buxoroi Sharif” teleopera-dostonning yuzaga kelganiga oid materiallar O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasida faoliyat yuritayotgan kompozitorlar va musiqashunoslar bilan 2024-yil 7-noyabrida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining 2024-yil 27 noyabrdagi 01-04/68-198-son maʼlumotnomasi). Natijada yosh kompozitorlar va musiqashunoslar qiziqarli ma’lumotlar va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lganlar;
zamonaviy o‘zbek kompozitorlar ijodida turli gibrit san’at turlaridan opera-balet “Ahmad al-Farg‘oniy”, “Xamsa”, media texnologiyalardan video-opera “Eh, Joe?”, radio-opera “Najot?”, an’anaviy musiqa janrlari (teleopera-doston «Buxoroi Sharif») kabilar bilan sintezlashuv natijasida opera janrining tipologik xususiyatlarini yangilash tendensiyasi kuzatilganligi, bunda musiqiy dramaturgiya postmodernistik hodisalar “bema’nilik teatri”, uslubiy plyuralizm hamda kinodramaturgiya elementlaridan bilan boyitilgani haqida O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasida faoliyat yuritayotgan kompozitorlar va musiqashunoslar bilan 2024-yil 7-noyabrida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining 2024-yil 27 noyabrdagi 01-04/68-198-son maʼlumotnomasi). Natijada yosh kompozitorlar va musiqashunoslar opera janrlarining yangi turlari va ularning zamonaviy opera madaniyatidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lganlar;
Mustafo Bafoevning “Buxoroi sharif”, “Lison ut-tayr” va “Xamsa” operalarida maqom san’atining iqtibos keltirilgan mavzuiy qatlami musiqaning milliy xarakteri va intonatsion tuzilishini aks ettiruvchi lokal yangilanish omili “innertext” sifatida namoyon bo‘lganligi, intertekstuallik hamda mediamadaniyat esa global yangilanish omillari “intertext” sifatida faoliyat yuritib, kompozitor musiqasiga umuminsoniylik baxsh etgani, uning madaniy kontekstini kengaytirgani haqidagi materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” radiokanalining 2025-yil 18-mart sanasidagi “Notadagi taqdirlar” eshittirishi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” davlat muassasasi 2025-yil 26 martdagi 05-09-379-son ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilar opera janrining lokal va global yangilanish omillari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish