Matrizaeva Dilaram Yusupbaevnaning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida korporativ madaniyatning boshqaruv samaradorligiga ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 - “Menejment” va 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1165
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Najimov Iskander Perdebaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Allaeva Gulchexra Jalgasovna.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarida korporativ madaniyatning boshqaruv samaradorligiga ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra sanoat korxonalarida korporativ madaniyat korxona xodimlari va boshqaruv subektlarining umumiy qadriyatlari, mehnat meyorlari, xulq-atvor qoidalari, ishlab chiqarish intizomi, jamoaviy munosabatlari va strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillari negizida shakllanuvchi, ishlab chiqarish samaradorligi, raqobatbardoshlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-boshqaruv muhiti sifatida takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarini samarali boshqaruv darajasini aniqlashda yalpi daromad, maxsulot narxi, ishchilar ish haqi, yalpi foyda, sof foyda, xodimlar soni, kapital qiymati hamda maxsuldorlik ko‘rsatkichlarini integral baholash asosida «yuqori» (1-0,81), «barqaror» (0,80-0,61), «o‘rta» (0,60-0,41), «past» (0,40-0,21) va «juda past» (0,20-0,00) miqdoriy chegaralari doirasida belgilash asoslangan;
so‘rovnoma natijalari asosida sanoat korxonalarida korporativ madaniyat darajasi nisbatlarini baholash uchun analitik ierarxiya jarayoni (AHP) usuliga asoslangan juftlik taqqoslash matrisasidan foydalanishga tayanuvchi metodika ishlab chiqilib, unda elementlarni ustunlar yig‘indisiga bo‘lish orqali normallashtirilgan matrisani aniqlash usuli asoslangan;
korporativ madaniyatning boshqaruv texnologiyalarini tanlashga ta’sirini ifodalovchi olti bosqichli model ishlab chiqilib, sanoat korxonalarining tashkiliy rivojlanishini boshqarishning yagona konturiga integratsiyalash mexanizmi taklif etilgan;
Sanoat korxonalarida shaxsiy va jamoaviy qadriyatlar muvozanati asosida korporativ madaniyatning iqtisodiy natijalarga ta’sirini baholashga qaratilgan prognozlash metodikasi ishlab chiqilib, uning asosida 2025-2035 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarini samarali boshqarishda korporativ madaniyat ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra sanoat korxonalarida korporativ madaniyat korxona xodimlari va boshqaruv subektlarining umumiy qadriyatlari, mehnat meyorlari, xulq-atvor qoidalari, ishlab chiqarish intizomi, jamoaviy munosabatlari va strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillari negizida shakllanuvchi, ishlab chiqarish samaradorligi, raqobatbardoshlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-boshqaruv muhiti sifatida takomillashtirish taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 24-iyundagi 190-sonli buyrug‘i asosidagi “Savdo resurslari” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, korporativ madaniyatning iqtisodiy mazmunini tizimli o‘zlashtirish oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarida boshqaruv samaradorligini yalpi daromad,
mahsulot narxi, ishchilar ish haqi, yalpi foyda, sof foyda, xodimlar soni, kapital qiymati hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari asosida integral baholashga tayanuvchi hamda miqdoriy darajalarni (“yuqori” (1-0,81), “barqaror” (0,80-0,61), “o‘rta” (0,60-0,41), “past” (0,40-0,21) va “juda past” (0,20-0,00)) aniqlash imkonini beruvchi yondashuv ishlab chiqilib, u "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan foydalanilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2026-yil 8-may 02/15-1235-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarni boshqaruv samaradorligi darajalari bo‘yicha tasniflash aniqligi oshdi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda mezonlarning aniq qo‘llanishi ta’minlandi;
sanoat korxonalarida korporativ madaniyat darajasini baholash uchun Analitik ierarxiya jarayoni (AHP) asosida juftlik taqqoslash matrisasidan foydalanishga asoslangan metodika ishlab chiqilib, u "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan foydalanilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2026-yil 8-may 02/15-1235-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodikaning amaliy qo‘llanilishi natijasida boshqaruv texnologiyalarini tanlashda xodimlarning shaxsiy va jamoaviy qadriyatlarini hisobga olish imkoniyati yaratildi hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligi o‘rtacha 10-12 foizga oshishi kuzatildi;
korporativ madaniyat omillarining boshqaruv texnologiyalarini tanlashga ta’sirini hisobga olishga asoslangan olti bosqichli boshqaruv modeli ishlab chiqilib, sanoat korxonalarida qo‘llash uchun moslashtirildi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan foydalanilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2026-yil 8-may 02/15-1235-son ma’lumotnomasi). Ushbu modelni amaliyotga joriy etish natijasida boshqaruv jarayonlarini tizimlashtirish darajasi oshib, boshqaruv texnologiyalarini tanlashda samaradorlikning o‘rtacha 10-12 foizga yaxshilangani kuzatildi;
sanoat korxonalarida shaxsiy va jamoaviy qadriyatlar muvozanati asosida korporativ madaniyatning iqtisodiy natijalarga ta’sirini baholashga asoslangan prognozlash metodikasi ishlab chiqilib, uning asosida 2025-2035 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi hisoblangan hamda ushbu yondashuv "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan foydalanilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2026-yil 8-may 02/15-1235-son ma’lumotnomasi). Natijada strategik rejalashtirish jarayonining ilmiy asoslanganligi kuchaytirilib, sanoat korxonalarida rentabellik ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sish istiqbollari asoslab berildi.