Kdirbaeva Baxitgul Keunimjaevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi reduplikativ so‘zlarning struktur-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6201.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paxratdinov Kuralbay Ataubaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Raximova Go‘zal Yuldashovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikatsiya natijasida hosil bo‘lgan so‘zlarning struktur va semantik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi reduplikativ so‘zlarning strukturaviy xususiyatlari va hosil bo‘lish yo‘llari struktur-morfologik hamda qiyosiy-tipologik tahlil asosida aniqlanib, ularning ilmiy asoslangan tasnifi ochib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikativ va juft so‘zlarning o‘xshash sotsiolingvistik xususiyatlari aniqlangan bo‘lib, ular asosan so‘zlashuv nutqi va badiiy uslubga mansubligi, me’yoriy-normativ til qo‘llanishiga kamroq xosligi bilan asoslangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikatsiya hosil bo‘lish tizimi hamda takrorning struktur-semantik tabiati qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bunda reduplikativ so‘zlarning turlari va modellari dalillangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida badiiy matnlardagi va so‘zlashuv nutqidagi reduplikativ so‘zlarning struktur-semantik tahlili asosida ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikativ so‘zlarning ikonik tabiati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi reduplikativ so‘zlarni qiyosiy tahlil qilish orqali ularning struktur va semantik xususiyatlarini aniqlash jarayonida olingan natijalar asosida: 
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi reduplikativ so‘zlarning strukturaviy xususiyatlari va hosil bo‘lish yo‘llari struktur-morfologik hamda qiyosiy-tipologik tahlil asosida aniqlanib, ularning ilmiy asoslangan tasnifiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-l-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 17-iyundagi 338/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq adabiy tillariga xos orfografik va grammatik me’yorlarga asoslangan holda reduplikativ so‘zlardan foydalanish ta’minlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikativ va juft so‘zlarning o‘xshash sotsiolingvistik xususiyatlari aniqlangan bo‘lib, ular asosan so‘zlashuv nutqi va badiiy uslubga mansubligi, me’yoriy-normativ til qo‘llanishiga kamroq xosligi bo‘yicha xulosalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq yozuvchilarining ijodida aks etgan reduplikativ so‘zlarning lingvistik tahliliga oid ilmiy ma’lumotlarni taqdim etishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 01-02/03-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq yozuvchilarining asarlarida uchraydigan reduplikativ so‘zlar haqida batafsil ma’lumot berishga erishilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikatsiya hosil bo‘lish tizimi hamda takrorning struktur-semantik tabiati qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bunda reduplikativ so‘zlarning turlari va modellariga doir natijalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan”, “Tilge itibar – elge itibar”, “Kúsh bilimde” kabi tele va radiodasturlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-iyundagi 05-22/332-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi reduplikativ so‘zlarga oid lingvistik materiallar bilan jamoatchilikni tanishtirish orqali tele va radiodasturlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyati oshirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida badiiy matnlardagi va so‘zlashuv nutqidagi reduplikativ so‘zlarning struktur-semantik tahlili asosida ingliz va qoraqalpoq tillarida reduplikativ so‘zlarning ikonik tabiatiga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil 4-iyundagi 11-09/5-06/455-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi reduplikativ so‘zlarning ikonik tabiati haqida to‘liq ma’lumot taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish