Aytmuratova Tursinay Maratovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Rus va qoraqalpoq paremiyologiyasida “mehnat” konsetptining binar identifikatorlari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6771.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mambetova Roza Baltabaevna, filologiya fanlari nomzodi, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ixsangalieva Gulnara Kuanishevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jalgasov Nurjan Maratovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va qoraqalpoq paremiyologiyasida “mehnat” konseptining binar identifikatorlarining xususiyatlarini aniqlash va ularning o‘zaro bog‘liqlik darajasini rus va qoraqalpoq paremiologik birliklari materiali asosida qiyosiy jihatdan belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“mehnat” konsepti rus va qoraqalpoq lingvomadaniyatlarida binar identifikatorlar tizimi orqali ko‘rib chiqilgan bo‘lib, uning paremiologik diskursdagi kognitiv va aksiologik tashkil etilish mexanizmi aniqlangan;
“mehnat” konseptining yadro, yarim yadro va periferiya sathlarini qamrab oluvchi mualliflik binar modeli ishlab chiqilgan, konseptual maydonning ziddiyatli tabiatini ifodalovchi oppozision juftliklar (mehnat – dangasalik, harakat – passivlik, natija – inqiroz) tizimlashtirilgan hamda mazkur konseptning lisoniy va etnomadaniy qadriyatlar ierarxiyasidagi o‘rni aniqlangan;
paremiologik birliklarni tadqiq etishda kognitiv, lingvomadaniy va assotsiativ yondashuvlarni qamrab oluvchi integrativ metodika taklif etilgan, ushbu metodika asosida “Mehnat/Dangasalik” binar oppozisiyasining chuqur mental va aksiologik (qadriyatli) tuzilmalari dalillangan;
semantik, pragmatik va simvolik darajalar hisobga olgan holda “mehnat” konseptini reprezentatsiya qiluvchi paremiyalarni tarjima qilishda madaniyatlararo ekvivalentlik muammolari tizimli ravishda tavsiflangan, bu esa qiyosiy tilshunoslikda madaniy markirovkalangan birliklarni tarjima qilish tushunchalarini asoslagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mehnat” konseptini shakllantirish parametrlarini ishlab chiqish va rus hamda qoraqalpoq tillaridagi maqol va iboralarning semantik xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish asosida:
“mehnat” konsepti rus va qoraqalpoq lingvomadaniyatlarida binar identifikatorlar tizimi orqali ko‘rib chiqilgan bo‘lib, uning paremiologik diskursdagi kognitiv va aksiologik tashkil etilish mexanizmini aniqlash bo‘yicha natijalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tasarrufidagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixiy davlat muzeyida qo‘llanilgan va qoraqalpoq og‘zaki xalq ijodining milliy koloritini, ayniqsa milliy urf-odat va an’analarni, ko‘rgazmalar va ekskursiyalar jarayonida, shuningdek qoraqalpoq tilidagi urf-odat va an’analarni rus tiliga tarjima qilish va ularning noyob milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish imkoniyatlarini kengaytirilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixiy davlat muzeyining 2025-yil 12-dekabrdagi 01-02/03-272-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq og‘zaki xalq ijodining milliy koloritlari, ayniqsa milliy urf-odat va an’analar, ko‘rgazmalar va ekskursiyalar jarayonida, qoraqalpoq tilidagi urf-odat va an’analarni rus tiliga tarjima qilish hamda ularning noyob milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish orqali keng ochilgan;
“mehnat” konseptining yadro, yarim yadro va periferiya sathlarini qamrab oluvchi mualliflik binar modeli ishlab chiqilgan, konseptual maydonning ziddiyatli tabiatini ifodalovchi oppozision juftliklar (mehnat – dangasalik, harakat – passivlik, natija – inqiroz) tizimlashtirilgan hamda mazkur konseptning lisoniy va etnomadaniy qadriyatlar ierarxiyasidagi o‘rniga doir ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tele-radio kanali tomonidan tayyorlangan “Xabar” va “Dawir na’pesi” dasturlarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-dekabrdagi 05-22/740-son ma’lumotnomasi). Natijada, rus va qoraqalpoq paremiologiyasida mazkur konseptni tadqiq etish kommunikativ, tarbiyaviy va madaniy-identifikatsion funksiyalarni bajarish samaradorligini oshirgan;
paremiologik birliklarni tadqiq etishda kognitiv, lingvomadaniy va assotsiativ yondashuvlarni qamrab oluvchi integrativ metodika taklif etilgan, ushbu metodika asosida “Mehnat/Dangasalik” binar oppozisiyasining chuqur mental va aksiologik (qadriyatli) tuzilmalarini dalillash bo‘yicha natijalari Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan ijodiy seminarlar, turli to‘garaklar va ustaxonalarda yosh yozuvchilarning badiiy va nazariy mahoratini oshirish jarayonida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 24-dekabrdagi 96-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy xulosalari loyiha doirasida o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlashda, shuningdek taklif qilingan g‘oya va xulosalar amaliy loyihani amalga oshirish va takomillashtirishga hissa qo‘shgan;
semantik, pragmatik va simvolik darajalar hisobga olgan holda “mehnat” konseptini reprezentatsiya qiluvchi paremiyalarni tarjima qilishda madaniyatlararo ekvivalentlik muammolari tizimli ravishda tavsiflangan, bu esa qiyosiy tilshunoslikda madaniy markirovkalangan birliklarni tarjima qilish tushunchalari bo‘yicha natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar instituti tomonidan amalga oshirilgan FA-F1-005-sonli fundamental loyiha “Qoraqalpoq folklor va adabiyotshunoslik tarixini ilmiy tadqiq etish” doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 29-dekabrdagi 817/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, “mehnat” konseptini ifodalovchi paremiyalarni tarjima qilishda madaniyatlararo ekvivalentlik muammolari semantik, pragmatik va simvolik darajalar hisobga olinib tizimli tavsiflangan, bu esa o‘z navbatida qiyosiy tilshunoslikda madaniy markirovkalangan birliklarni tarjima qilish tushunchalarini kengaytirishga xizmat qilgan.