Dehqonboev Avazjon Abdunomonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nekrotik enterokolitning erta va kechki asoratlarining tashxisoti va xirurgik davosi», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib297.
Ilmiy rahbar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nasritdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atakulov Jamshed Ostonoqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda nekrotik enterokolitning erta asoratlari prediktorlarini aniqlash va taklif etilgan xirurgik korreksiya usullari samaradorligini baholash yo‘li bilan tashxislash va davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nekrotik enterokolit rivojlangan bolalarda patologik jarayonning og‘irligini va ichaklar devori perforatsiyasi rivojlanish xavfini ko‘rsatuvchi, ichaklar devoridagi ishemik va nekrotik o‘zgarishlarga xos bo‘lgan ul`tratovush va dopplerometrik mezonlar aniqlangan;
ichaklar devorida perforatsiya rivojlanishidan oldin, ichak nekrozining foydasiga guvohlik beruvchi nekrotik enterokolitning erta asoratlari prediktorlarini aniqlash, nekrotik sohani rezeksiyasi va ikkita alohidalangan enterostomiya o‘rnatish bilan cheklanish mumkinligi aniqlashtirilgan;
nekrotik enterokolit darajalarining rivojlanib borishida intramural gazni aniqlanish chastotasining ortib borishi bilan bog‘liqligi hamda ichak devorining qalinlashishi, kasallikning rivojlanish bosqichlariga teskari korrelyasiyaga ega ekanligi aniqlangan;
nekrotik enterokolitning rivojlanish bosqichlarida kasallikning asoratli alomatlari paydo bo‘lmasdan oldin (pnevmoperitoneum va ichakning dinamik obstruktsiyasi) ul`tratovush tekshiruvining rentgenologik tekshiruvdan afzalligi isbotlangan;
uzoq muddatli kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, nekrotik enterokolit IIa bosqichi rivojlangan bemor bolalar guruhida postnekrotik ichak stenozining rivojlanish xavfi yuqori ekanligi aniqlangan;
postnekrotik stenoz rivojlangan bolalarda ichakning kuchli suprastenotik kengayishini inobatga olgan holda stoma o‘rnatish, suprastenotik segmentni rezeksiya qilish hajmini optimallashtirishga qaratilgan klinik va instrumental bahoning o‘ziga xos mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nekrotik enterokolit diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Bolalarda nekrotik enterokolitning erta asoratlari prediktorlari diagnostikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 8n-z/19-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar NEK asoratlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘z vaqtida (erta) tashxis qo‘yish natijasida NEKni xirurgik davolashda yaxshilangan natijalarga erishish imkonini bergan;
nekrotik enterokolit rivojlangan bolalarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Andijon va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarii amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 fevraldagi 8n-z/19-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Nekrotik enterokolit rivojlangan bolalarni tekshirish va davolash bo‘yicha taktikaning amalga oshirilishi ichaklar perforatsiyasiga asoslangan holda bajariladigan amaliyotlar ko‘rsatkichini 76,5% dan 48,3% gacha qisqartirish imkonini bergan, bu esa, o‘z navbatida, amaliyotdan keyingi o‘lim ko‘rsatkichini 82,3% dan 22,5% gacha kamaytirish imkonini yaratgan.