Jo‘raeva Ramziya Abduraximovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Muqimiy asarlarining lisoniy tadqiqi, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Fil1083 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor O‘razboev Abdulla Durdibaevich;
filologiya fanlari doktori, professor Xolmonova Zulxumor Turdievna; 
filologiya fanlari doktori, professor Saparniyazova Muyassar. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muqimiy asarlarini lisoniy-funksional asosda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Muqimiy asarlarida sermahsul qo‘llanilgan alliteratsiya, assonans, geminatsiya, degeminatsiya, anagramma, onomatopeya va boshqa fonostilistik vositalarning funksional xususiyatlari yoritib berilgan hamda aruz vaznining fonopoetik jihatlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning variantlashuvi, sinonimik qatorning boyishi kabi xususiyatlar ochib berilgan;
Shoir asarlaridagi arabcha, fors-tojikcha, ruscha-baynalmilal leksemalarning enantiosemik va hosila ma’nolarining genetik tarkibi hamda ularning asliyat bilan semantik mutanosibligi ko‘rsatib berilgan, shoir yashagan davrga oid shabparak, til chekmak, dastor, qabo kabi lug‘aviy birliklarning ma’no kengayishi va torayishiga xos, ularning taraqqiyotida ro‘y bergan semantik, uslubiy-funksional o‘zgarishlar dalillangan;
Muqimiy lirik she’rlaridagi lug‘aviy birliklarning shaxs, belgi, o‘rin, payt ma’noli paradigmalari aniqlanib, onomastik birliklarning funksional xususiyatlari, lug‘aviy birliklarning poetik imkoniyatlari, ularning badiiy matn tarkibidagi tarixiy-funksional va uslubiy-semantik xususiyatlari asoslangan;
leksik qatlamlarning eski turkiy til va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, leksemalar semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi, ma’no torayishi hodisalari dalillangan hamda onomastik birliklarning turli mavzuiy guruhlarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi ko‘rsatib berilgan, shuningdek, shoir asarlaridagi leksemalarning semantik xoslanishi, iste’mol doirasi chegaralangan birliklarning poetik xususiyatlari ochib berilgan;
so‘z turkumlari, jumladan, otlarda aniqlik va noaniqlikning ifodalanishi, aruz vazni va so‘zlashuv uslubi bilan bog‘liq mo‘tadillashuvi natijasida variantlilikning yuzaga kelishi, izofa va so‘z birikmalari hamda undalmalarning funksional-stilistik xususiyatlari, alternativ so‘roq gaplarning uslubiy jihatlari shoirning lirik asarlari misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Muqimiy asarlarining lisoniy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Muqimiy asarlarida sermahsul qo‘llanilgan alliteratsiya, assonans, geminatsiya, degeminatsiya, anagramma, onomatopeya va boshqa fonostilistik vositalarning funksional xususiyatlari yoritib berilgan hamda aruz vaznining fonopoetik jihatlari bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning variantlashuvi, sinonimik qatorning boyishi kabi xususiyatlar ochib berilishiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663-raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 23-oktyabrdagi 1/04-202-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, ayrim lisoniy birliklarning uslubiy imkoniyatlari dalillar bilan boyitilgan;
Shoir asarlaridagi arabcha, fors-tojikcha, ruscha-baynalmilal leksemalarning enantiosemik va hosila ma’nolarining genetik tarkibi hamda ularning asliyat bilan semantik mutanosibligi ko‘rsatib berilgan, shoir yashagan davrga oid shabparak, til chekmak, dastor, qabo kabi lug‘aviy birliklarning ma’no kengayishi va torayishiga xos, ularning taraqqiyotida ro‘y bergan semantik, uslubiy-funksional o‘zgarishlar dalillanishiga oid ilmiy natija va xulosalaridan  2022-2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 23-oktyabrdagi 1/04-201-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atdagi leksik birliklarning ma’no xususiyatlari boyitilgan;
Muqimiy lirik she’rlaridagi lug‘aviy birliklarning shaxs, belgi, o‘rin, payt ma’noli paradigmalari aniqlanib, onomastik birliklarning funksional xususiyatlari, lug‘aviy birliklarning poetik imkoniyatlari, ularning badiiy matn tarkibidagi tarixiy-funksional va uslubiy-semantik xususiyatlari asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalaridan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan. (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 20-noyabrdagi 151-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, ayrim leksemalarning ma’no ko‘lamini aniqlashda fundamental nazariy yondashuvlari va milliy-xalqaro tadqiqotlardagi qiyosiy tahlil asoslariga doir dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
leksik qatlamlarning eski turkiy til va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, leksemalar semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi, ma’no torayishi hodisalari dalillangan hamda onomastik birliklarning turli mavzuiy guruhlarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi ko‘rsatib berilgan, shuningdek, shoir asarlaridagi leksemalarning semantik xoslanishi, iste’mol doirasi chegaralangan birliklarning poetik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy qarashlar va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2026-yil 19-fevraldagi 65/01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha so‘z yasalishi muammolarini tadqiq etishda badiiy matnning kommunikativ, ekspressiv-emotsional ahamiyatiga doir ma’lumotlar bilan yanada kengaytirilgan;
so‘z turkumlari, jumladan, otlarda aniqlik va noaniqlikning ifodalanishi, aruz vazni va so‘zlashuv uslubi bilan bog‘liq mo‘tadillashuvi natijasida variantlilikning yuzaga kelishi, izofa va so‘z birikmalari hamda undalmalarning funksional-stilistik xususiyatlari, alternativ so‘roq gaplarning uslubiy jihatlari shoirning lirik asarlari misolida dalillanganligi bo‘yicha ilmiy qarashlar va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 23-oktyabrdagi    26-36-1046-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish