Jo‘raeva Laylo Jiyanqul qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Navoiy asarlaridagi realiyalarning lingvokultrologik tadqiqi”
10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4638
Ilmiy rahbar: Saidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamurod Jabborov, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Hamroeva Hulkar Hamidullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy madaniyatini aks ettiruvchi realiyalarni Alisher Navoiy she’riy asarlari misolida ochib berish, til va madaniyatning lisoniy hamda ijtimoiy aloqadorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda realiya hodisasining yondosh tushunchalar: metafora, ksenizm va kolorit bilan farqlanishi etak, qop, uchmoq, ulamoq, uzmoq, dasturxon, ud, so‘m, tanob kabi misollar bilan ochib berilgan, realiyalarning lingvokulturologik birliklar tizimida tutgan o‘rni hamda leksik-semantik xususiyatlari o‘zbek xalqi madaniyati, tarixi, maishiy hayoti hamda adabiy tili bilan o‘zaro bog‘liq tarzda aniqlangan;
o‘zbek tilidagi realiyalar diaxron va sinxron aspektda realiya-neologizm, realiya-arxaizm va realiya-tarixizm turlariga ajratilib, Alisher Navoiy she’riy asarlaridagi oziq-ovqat (etmak, umoch, shilon, qovurmoch, chalpak kabi), kiyim-kechak (amoma, chachvon, kapanak, yilak, qur, iksun, xoro, xaz kabi) tushunchalarini ifodalovchi etnografik realiyalarning lingvomadaniy xususiyatlari va lug‘aviy-badiiy jihatdan qo‘llanish sabablari shoir asarlaridagi faktik materiallar orqali isbotlangan;
shoir poetik asarlaridagi tutmoch, balabon, alocha, iksun, moshob, sabbog‘, assor, ra’d, og‘ar, bilkut, arlot, yig‘och, quloch, qarich kabi realiyalar ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maishiy, diniy-mifologik, uy-joy jihozlari, kiyim-kechak, kasb-hunar, unvon, harbiy, etnonim, urf-odat, o‘lchov nomli mavzu guruhlari bo‘yicha tasniflanib, ularning etimologiyasi, lingvokulturologik xususiyatlari, xalq madaniyati va tilida shakllanish hamda mukammallashish mexanizmi ochib berilgan;
hozirgi o‘zbek adabiy tilining adib she’riy asarlaridagi realiyalarga munosabati belgilanib, shoir she’riy asarlaridagi realiyalarning eng ko‘p qismi otlardan iboratligi shilon, jubba, rido hamda ular orasida ayrim otlashgan sifatlar mavjudligi qasab, saqarlot, zarbaft kabi faktik materiallar bilan aniqlanib, realiyalar milliy, madaniy va tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lishi Alisher Navoiy asarlari misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Alisher Navoiy she’riy asarlaridagi realiyalarni lingvomadaniy aspektda o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tilshunoslikda realiya hodisasining yondosh tushunchalar: metafora, ksenizm va kolorit bilan farqlanishi etak, qop, uchmoq, ulamoq, uzmoq, dasturxon, ud, so‘m, tanob kabi misollar bilan ochib berilgan, realiyalarning lingvokulturologik birliklar tizimida tutgan o‘rni hamda leksik-semantik xususiyatlari o‘zbek xalqi madaniyati, tarixi, maishiy hayoti hamda adabiy tili bilan bog‘liq ekanligiga doir xulosalardan 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi 3-kurs bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan “Terminologiya va leksikografiya asoslari” darsligining “Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar”, “Termin va terminologiya”, “O‘zbek tili so‘z boyligida sohaviy terminlar va ularning til xususiyatlari” mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-227-raqamli guvohnomasi).
o‘zbek tilidagi realiyalar diaxron va sinxron aspektda realiya-neologizm, realiya-arxaizm va realiya-tarixizm turlariga ajratilib, Alisher Navoiy she’riy asarlaridagi oziq-ovqat (etmak, umoch, shilon, qovurmoch, chalpak kabi), kiyim-kechak (amoma, chachvon, kapanak, yilak, qur, iksun, xoro, xaz kabi) tushunchalarini ifodalovchi etnografik realiyalarning lingvomadaniy xususiyatlari va lug‘aviy-badiiy jihatdan qo‘llanish sabablarini ko‘rsatib beruvchi materiallardan Buxoro viloyati teleradiokanalining “Assalom, Buxoro”, “So‘z va adabiyot”, “Xalq qadrlagan durdonalar” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. ( O‘zMTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-yanvardagi №01/09/55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko’rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo’lishi ta’minlangan.
shoir poetik asarlaridagi tutmoch, balabon, alocha, iksun, moshob, sabbog‘, assor, ra’d, og‘ar, bilkut, arlot, yig‘och, quloch, qarich kabi realiyalar ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maishiy, diniy-mifologik, uy-joy jihozlari, kiyim-kechak, kasb-hunar, unvon, harbiy, etnonim, urf-odat, o‘lchov nomli mavzu guruhlari bo‘yicha tasniflanib, ularning etimologiyasi, lingvokulturologik xususiyatlari, xalq madaniyati va tilida shakllanish hamda mukammallashish mexanizmi ochib berilgan xulosalardan II-4721101717 - raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” (2022-2023-y.y.) mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 4 - fevraldagi №188-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalq madaniyatida realiyalarning shakllanish va mukammallashish mexanizmi aniqlandi.