Esanova Sarvinoz Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2025.2.PhD/Ped10392.
Ilmiy rahbar:  Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti,   PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01. 
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Avliyoqulov Tolib Xolmurodovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning xalq hunarmandchiligi sohasidagi ijtimoiy-kasbiy kompetentligini rivojlantirishning kognitiv mazmuni milliy hunarmandchilik turlarining etnomadaniy komponentlarini zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli modellashtirish vositalari asosida verifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan; 
talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning faoliyatli-transformatsion modeli lokal etnomadaniy an’analarni o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik klaster va usta-shogird an’analarini tizimli muvofiqlashtirish asosida integratsiyalash orqali takomillashtirilgan; 
xalq hunarmandchiligi turlarini o‘rganish jarayonida talabalarning kognitiv-kommunikativ va ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlari kreativ tasavvurlarni badiiy-estetik obrazlar va simulyasion loyihalar yordamida modellashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti ta’limning real va virtual segmentlarini multimedia resurslari imkoniyatlariga ko‘ra simbioz holatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning xalq hunarmandchiligi sohasidagi ijtimoiy-kasbiy kompetentligini rivojlantirishning kognitiv mazmuni milliy hunarmandchilik turlarining etnomadaniy komponentlarini zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli modellashtirish vositalari asosida verifikatsiyalash orqali takomillashtirishga  oid taklif va tavsiyalaridan “Mahalla telekanalining “Pultopar”, “Minbar” nomli ko‘rastuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 30-dekabrdagi 01-16-299-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning faoliyatli-transformatsion modeli lokal etnomadaniy an’analarni o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik klaster va usta-shogird an’analarini tizimli muvofiqlashtirish asosida integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2022-2025 yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-EPPKA2-CBHE-SR raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyiha bajarilishida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil  29-dekabrdagi 04/12-5811-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasining samaradorligi oshishiga erishilgan;
xalq hunarmandchiligi turlarini o‘rganish jarayonida talabalarning kognitiv-kommunikativ va ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlari kreativ tasavvurlarni badiiy-estetik obrazlar va simulyasion loyihalar yordamida modellashtirish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘iga asosan 491558-son nashr ruxsatnomasi bilan chop etilgan “Texnologiya ta’lim praktikumi” nomli o‘quv qo‘llamani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil                  17-oktyabrdagi 02/01-01-415-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur natijalar talabalarda xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirshga erishilgan;
talabalarning xalq hunarmandchiligiga oid ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti ta’limning real va virtual segmentlarini multimedia resurslari imkoniyatlariga ko‘ra simbioz holatda qo‘llash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Termiz davlat universiteti rektorining 2024-yil 17-sentyabrdagi 381-PO‘-son buyrug‘iga asosan 381-PO‘-045-son nashr ruxsatnomasi bilan chop etilgan “Texnologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 02/01-01-415-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Texnologiya ta’limi va uni o‘qitish metodikasi” fani mashg‘ulotlarining mazmunini oshirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish