Azizov Abdulla Abdisalamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarini ERP tizimlari asosida raqamli transformatsiyalashni takomillashtirish” 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6254 
Ilmiy rahbar: Kongratbay Avezimbetovich Sharipov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Munis Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarini ERP tizimlari asosida raqamli transformatsiyalashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bellman optimallik prinsipi asosida sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyat funksiyalari va jarayonlarga mos holda resurslarni rejalashtirish tizimlarini (ERP) joriy etishning optimal ketma-ketligini aniqlash taklifi asoslangan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini rejalashtirish va “buyurtmadan–to‘lovgacha” (E2E) yagona axborot mantiqiy modeli asosida “1C-ERP” dasturida axborotlarni ro‘yxatga olish funksiyasi, kiruvchi va chiquvchi axborotlarning ma’lumotlar bazasini standartlashtirish tizimi algoritmi taklif etilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini raqamlashtirish va integratsiyalash uchun qo‘llanilayotgan ERP tizimida markazlashgan biznes jarayoni axborot tizimlarining yagona raqamli ekotizim doirasida o‘zaro bog‘lanishini, axborotlar oqimining izchilligini va jarayonlarning formal algoritmlashtirilishini ta’minlaydigan tizim asosida resurs ta’minoti tizimidagi to‘g‘ri ketma-ketlikdagi axborot almashinuvini ta’minlash asoslangan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy hisob va boshqaruv, ESG va barqarorlikka asoslangan biznes jarayonlarni, logistika va resurslar boshqaruvini (ERP va avtomatlashtirish), ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini raqamlashtirish hamda IT-infratuzilma va axborot xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan loyihalarni samarali amalga oshirish orqali raqamli transformatsiya darajasini oshirishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat korxonalarini ERP tizimlari asosida raqamli transformatsiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bellman optimallik prinsipi asosida sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyat funksiyalari va jarayonlarga mos holda ERPni joriy etishning optimal ketma-ketligini aniqlash taklifi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining raqamli transformatsiya va ERPni joriy etish loyiha ofisi faoliyatiga joriy etilgan. (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 28-noyabrdagi KI1029-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish tizimlariga ERPni joriy etishdagi eng yuqori samaradorlik resurs va ta’minot (wᵢ=2.71) hamda ishlab chiqarish (wᵢ=2.25) jarayonlarida kuzatilishi aniqlangan. Mazkur jarayonlar uchun ERP modullarini tanlash va maqsadli modullarini bosqichma bosqich joriy etish bo‘yicha strategik yo‘l xaritalar ishlab chiqilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida taklif etilgan xarid jarayonlarini rejalashtirish va “buyurtmadan–to‘lovgacha” (E2E) yagona axborot mantiqiy modeli asosida 1C “ERP” dasturida axborotlarni ro‘yxatga olish funksiyasi, kiruvchi va chiquvchi axborotlarning ma’lumotlar bazasi standartlashtirish tizimi algoritmi raqamli transformatsiya va ERPni joriy etish loyiha ofisi faoliyatiga joriy etilgan. (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 28-noyabrdagi KI1029-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini rejalashtirish jarayonlariga 1C “ERP” dasturini qo‘llash asosida korxonada ortiqcha to‘lovlarni bartaraf etish, zaxira va aylanma kapitalni kamaytirish, sifat va logistika yo‘qotishlarini qisqartirish hamda ma’muriy mehnat xarajatlarini kamaytirish orqali xarid jarayonidagi iqtisodiy yo‘qotishlardan tejab qolinadigan mablag‘ 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 12,6 foizga oshirishga erishilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini raqamlashtirish va integratsiyalash uchun qo‘llanilayotgan ERP tizimida markazlashgan    biznes jarayoni axborot tizimlarining yagona raqamli ekotizim doirasida o‘zaro bog‘lanishini, axborotlar oqimining izchilligini va jarayonlarning formal algoritmlashtirilishini ta’minlaydigan tizim asosida resurs ta’minoti tizimidagi to‘g‘ri ketma-ketlikdagi axborot almashinuvini ta’minlash taklifi "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining raqamli transformatsiya va ERPni joriy etish loyiha ofisi faoliyatiga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 28-noyabrdagi KI1029-son ma’lumotnomasi). Mazkur tizimni amaliyotga joriy etish orqali korxonaning moddiy resurs zaxiralar hajmini, takroriy va noto‘g‘ri buyurtmalar hajmini  kamayishiga hamda zaxiralarning aylanish tezligining oshirishga erishilgan. Shuningdek, jamiyatda raqamli platformalarning ma’lumotlar izchilligi, ERP va davlat xaridlari portali o‘rtasida shaffoflik va moslikni oshirishga erishilgan;
moliyaviy hisob va boshqaruv, ESG va barqarorlikka asoslangan biznes jarayonlarni, logistika va resurslar boshqaruvini (ERP va avtomatlashtirish), ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini raqamlashtirish hamda IT-infratuzilma va axborot xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan loyihalarni samarali amalga oshirish orqali raqamli transformatsiya darajasini oshirishning 2030-yilgacha aniqlangan prognoz qiymatlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida foydalanilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 28-noyabrdagi KI1029-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy takliflar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy hisob va boshqaruv, ESG va barqarorlikka asoslangan biznes jarayonlarni, logistika va resurslar boshqaruvini (ERP va avtomatlashtirish), ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini raqamlashtirish hamda IT-infratuzilma va axborot xavfsizligi ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni aniqlash, istiqboldagi raqamli transformatsiya yo‘nalishlari belgilab olish hamda jamiyatning raqamli transformatsiya darajasini 2025-yildagi 37,5 koeffisientdan 2030-yilda 50,4 koeffisientga etkazish imkoniyatlari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish