Turg‘unboev Shukurillo Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Migren kasalligini zuluk bilan davolashni takomillashtirish usullari: etnik, yoshga va jinsga bog‘liq xususiyatlari» 14.00.41 – Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3449.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Muminova Go‘yoxon Alijonovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Axmadalieva Nigora Odilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: migren kasalligini zuluk bilan davolash yo‘llarini takomillashtirish, uning yosh, jins va etnik xususiyatlarga bog‘liq individual davolashning ta’sir mexanizmi sxemasini ishlab chiqish va samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migren va so‘lak fassiyasi tarkibiy o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda so‘lak kristalining markaziy, oraliq va chekka zonalari o‘zgarishi xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan eksperimental usullar asosida isbotlangan;
migren bilan og‘rigan bemorlarda zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning qon aylanish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va arterial bosim, yurak urish tezligi va to‘qimalar oksigenatsiyasi ko‘rsatkichlarini fiziologik me’yorga yaqinlashtirish orqali vegetativ asab tizimi faoliyatini muvozanatlashishi ilmiy asoslangan;
ilk bor migren patogenezining asosiy patofiziologik bo‘g‘inlari bilan uzviy bog‘liq tarzda zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning gemodinamik homeostazni tiklashga yo‘naltirilgan kompleks fiziologik ta’siri har tomonlama o‘rganilib, arterial qon bosimi, yurak ritmining dinamik o‘zgarishlari hamda periferik to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning gemodinamik parametrlar evolyusiyasiga ta’sir etuvchi miqdoriy baholash koeffisientlari matematik-statistik modellashtirish tizimi asosida migren bilan kasallangan bemorlarda qon aylanish jarayonining funksional restavratsiya mexanizmlari sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Migren kasalligini zuluk bilan davolashni takomillashtirish orqali gemodinamik ko‘rsatgichlarni barqarorlashtirish va migren og‘riqlarini kamaytirish, xalq tabobati usullari orqali davolash va profilaktika choralarini ishlab chqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: migren va so‘lak fassiyasi tarkibiy o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda so‘lak kristalining markaziy, oraliq va chekka zonalari o‘zgarishi xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan eksperimental usullar asosida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 2025-yil 23-dekabrda №01-02/u-t-99-son bilan tasdiqlangan “Migren kasalligini zuluk bilan davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 5-yanvardagi 13-sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmalarida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: migren va so‘lak tarkibiy o‘zgarishlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanishi erta va noinvaziv diagnostika imkonini kengaytiradi. Xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan yondashuv esa arzon va samarali profilaktika usullarini joriy etishga xizmat qiladi, natijada aholining mehnat qobiliyati saqlanadi va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuk kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, migren kasalligini zuluk bilan davolashda 1 seans uchun 35000 so‘m sarf etilsa, sintetik dori vositalariga esa har bir migren xurujini kamaytirish uchun o‘rtacha 550000 so‘m sarflanadi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 3-4 seans uchun 105000 so‘mdan 140000 so‘mgacha tashkil qilib, sintetik dori vositalariga nisbatan sarf-harajatni 5 barobarga kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: migren bilan og‘rigan bemorlarda zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning qon aylanish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va arterial bosim, yurak urish tezligi va to‘qimalar oksigenatsiyasi ko‘rsatkichlarini fiziologik me’yorga yaqinlashtirish orqali vegetativ asab tizimi faoliyatini muvozanatlashishi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 2025-yil 23-dekabrda №01-02/u-t-99-son bilan tasdiqlangan “Migren kasalligini zuluk bilan davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 5-yanvardagi 13-sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmalarida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning migren bemorlarida qon aylanishi va vegetativ asab tizimini me’yorlashtirishi arzon va samarali davolash imkonini beradi, bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi hamda sog‘liqni saqlash tizimi yukini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, migren kasalligini zuluk bilan davolashda 1 seans uchun 35000 so‘m sarf etilsa, sintetik dori vositalariga esa har bir migren xurujini kamaytirish uchun o‘rtacha 550000 so‘m sarflanadi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 3-4 seans uchun 105000 so‘mdan 140000 so‘mgacha tashkil qilib, sintetik dori vositalariga nisbatan sarf-harajatni 5 barobarga kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor migren patogenezining asosiy patofiziologik bo‘g‘inlari bilan uzviy bog‘liq tarzda zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning gemodinamik homeostazni tiklashga yo‘naltirilgan kompleks fiziologik ta’siri har tomonlama o‘rganilib, arterial qon bosimi, yurak ritmining dinamik o‘zgarishlari hamda periferik to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 2025-yil 23-dekabrda №01-02/u-t-99-son bilan tasdiqlangan “Migren kasalligini zuluk bilan davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 5-yanvardagi 13-sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmalarida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning migren patogeneziga bog‘liq holda gemodinamik homeostazni tiklashga ta’siri aniqlanishi asosida arterial bosim, yurak ritmi va to‘qimalar oksigenatsiyasini me’yorlashtirish imkoniyati kengayadi. Bu esa samarali, xavfsiz va arzon davolash usullarini joriy etishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, migren kasalligini zuluk bilan davolashda 1 seans uchun 35000 so‘m sarf etilsa, sintetik dori vositalariga esa har bir migren xurujini kamaytirish uchun o‘rtacha 550000 so‘m sarflanadi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 3-4 seans uchun 105000 so‘mdan 140000 so‘mgacha tashkil qilib, sintetik dori vositalariga nisbatan sarf-harajatni 5 barobarga kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning gemodinamik parametrlar evolyusiyasiga ta’sir etuvchi miqdoriy baholash koeffisientlari matematik-statistik modellashtirish tizimi asosida migren bilan kasallangan bemorlarda qon aylanish jarayonining funksional restavratsiya mexanizmlari sxemasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 2025-yil 23-dekabrda №01-02/u-t-99-son bilan tasdiqlangan “Migren kasalligini zuluk bilan davolashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2026-yil 5-yanvardagi 13-sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmalarida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Zuluk so‘lagidagi biologik faol moddalarning gemodinamik ko‘rsatkichlarga ta’sirini matematik-statistik modellashtirish asosida baholash imkoniyati yaratilishi, migren bilan og‘rigan bemorlarda qon aylanishini tiklashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, davolash sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, migren kasalligini zuluk bilan davolashda 1 seans uchun 35000 so‘m sarf etilsa, sintetik dori vositalariga esa har bir migren xurujini kamaytirish uchun o‘rtacha 550000 so‘m sarflanadi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 3-4 seans uchun 105000 so‘mdan 140000 so‘mgacha tashkil qilib, sintetik dori vositalariga nisbatan sarf-harajatni 5 barobarga kamaytirish imkonini beradi.