Zubaydullaeva Maftuna Alisher qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metabolik sindromli bemorlarga stomatologik yordam ko‘rsatishni klinik-biokimyoviy asoslash” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2839.
Ilmiy rahbar: Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Postnikov Mixail Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: MARA texnologiyalar universiteti (Malayziya).
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromli bemorlarda surunkali parodontitni kompleks davolashni klinik-biokimyoviy jihatdan asoslash va samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv taxlillar asosida metabolik sindromli erkaklarda parodontitning og‘ir shakllarining yuqori tarqalishi (82%) aniqlangan xamda ushbu toifadagi bemorlarni faol skriningdan o‘tkazish zarurligi asoslangan;
ilk bor,  metabolik sindrom bilan og‘rigan erkaklarda surunkali parodontitning klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari og‘iz bo‘shlig‘idagi tizimli buzilishlarning dastlabki klinik belgilari metabolik kserostomiya va yaqqol namoyon bo‘lgan galitoz xamda yallig‘lanish jarayonining proliferativ boskichining agressiv kechishi aniqlangan;
qon zardobidagi lipidlar almashinuvining buzilishi darajasi (aterogenlik koeffisienti) va og‘iz suyuqligidagi S-reaktiv oqsil konsentratsiyasi o‘rtasida korrelyasion to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan va bu bog‘liqlik Fuks indeksining pasayishiga xamda suyak to‘qimasining avj oluvchi rezorbsiyasiga olib kelishi isbotlangan;
metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda parodontit rivojlanishining yallig‘lanish-destruktiv mexanizmlariga kompleks patogenetik ta’sir ko‘rsatuvchi, og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy yallig‘lanish faolligini pasaytirish, og‘iz suyuqligining biokimyoviy gomeostazini tiklash va metabolik buzilishlarni korreksiya qilishga qaratilgan takomillashtirilgan kompleks davolash usuli taklif kilingan hamda uning parodont to‘qimalaridagi destruktiv jarayonlar progressiyasini cheklash, to‘qimaviy-funksional barqarorlikni saqlash va klinik remissiyani uzaytirishdagi samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi amalietga tadbik etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.09.25 yildagi 25-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: retrospektiv taxlillar asosida metabolik sindromli erkaklarda parodontitning og‘ir shakllarining yuqori tarqalishi (82%) aniqlangan xamda ushbu toifadagi bemorlarni faol skriningdan o‘tkazish zarurligi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Aniqlangan “keskin nomutanosiblik” (kasallikning yuqori darajasida murojaatlarning 32% pastligi) yordam ko‘rsatishning murojaatga asoslangan tamoyilidan faol dispanserizatsiyaga o‘tish zaruratini asoslab berdi. Ushbu holat MS bo‘lgan erkaklar stomatologlarning birinchi navbatdagi e’tiborini talab qiladigan “yashirin” xavf guruhiga kirishini isbotlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tadbiq etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2025 yil 3 martdagi 24-U-sonli, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2025 yil 28 fevraldagi 22-sonli buyruqlari bilan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yig‘ilishining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/22-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali umumiy parodontitni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqot natijalari markerlar sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan klinik-laborator ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan iborat. Tibbiy stomatologik ko‘rik davolanishga muhtoj shaxslarni erta bosqichda aniqlash va ularni nazoratga olish imkonini beradi. Mazkur uslubni qo‘llash davolash xarajatlaridan 600000 so‘m tejashga imkon beradi. Xulosa: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metabolik sindromi bor bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash aholi salomatligi va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik:  ilk bor,  metabolik sindrom bilan og‘rigan erkaklarda surunkali parodontitning klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari og‘iz bo‘shlig‘idagi tizimli buzilishlarning dastlabki klinik belgilari metabolik kserostomiya va yaqqol namoyon bo‘lgan galitoz xamda yallig‘lanish jarayonining prolifirativ boskichining agressiv kechishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati aralash so‘lak ajralish tezligini pasayishi aniqlanganligidan iborat, bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida mikroblarni ko‘payishiga, hamda milk va parodont to‘qimalarida regeneratsiya jarayonlarining sekinlashishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tadbiq etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2025 yil 3 martdagi 24-U-sonli, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2025 yil 28 fevraldagi 22-sonli buyruqlari bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengash yig‘ilishining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/22-sonli bayonnomasi) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: aholi o‘rtasida stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot davomida olingan natijalar metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni erta tashxislashga va davolash muddatini qisqartirishga hamda takroriy murojaatlar sonini kamaytirishga imkon beradi, bu esa, o‘z navbatida, davolash uchun 600000 so‘m tejab qolinishini ta’minlaydi. Xulosa: ushbu tadqiqot natijalari MS bilan og‘rigan erkaklarda surunkali tarqoq parodontitning diagnostikasi, monitoringi va profilaktikasini yaxshilashga va  davolash usullarini sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga tatbiq etish imkonini yaratdi.
uchinchi ilmiy yangilik: qon zardobidagi lipidlar almashinuvining buzilishi darajasi (aterogenlik koeffisienti) va og‘iz suyuqligidagi S-reaktiv oqsil konsentratsiyasi o‘rtasida korrelyasion tugri bog‘liqlik aniqlangan va bu bog‘liqlik Fuks indeksining pasayishiga xamda suyak to‘qimasining avj oluvchi rezorbsiyasiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: stomatologik bemorlarda metabolik sindrom fonida, lipid va uglevodlar almashinuvi buzilishlarining parodont to‘qimalari holati bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga tadbiq etilishi: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2025 yil 3 martdagi 24-U-sonli buyrug‘i hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2025 yil 28 fevraldagi 22-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yig‘ilishining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/22-sonli bayonnomasi) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindromli stomatologik bemorlarda parodontit rivojlanish xavfini erta bosqichda aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini samarali joriy etishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari stomatologik bemorlarda metabolik sindrom fonida lipid va uglevodlar almashinuvi buzilishlarini erta aniqlashga imkon beradi, kasalliklarni o‘z vaqtida korreksiya qilishga xizmat qiladi va  davolash uchun sarflanadigan 350000 so‘mni tejash imkoniyatini yaratdi. Xulosa: metabolik sindromli bemorlarning somatik va stomatologik holati ko‘rsatkichlarini erta bosqichda o‘rganish imkonini berdi.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda parodontit rivojlanishining yallig‘lanish-destruktiv mexanizmlariga kompleks patogenetik ta’sir ko‘rsatuvchi, og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy yallig‘lanish faolligini pasaytirish, og‘iz suyuqligining biokimyoviy gomeostazini tiklash va metabolik buzilishlarni korreksiya qilishga qaratilgan takomillashtirilgan kompleks davolash usuli taklif kilingan hamda uning parodont to‘qimalaridagi destruktiv jarayonlar progressiyasini cheklash, to‘qimaviy-funksional barqarorlikni saqlash va klinik remissiyani uzaytirishdagi samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: metabolik sindromli bemorlarda parodontitning rivojlanish mexanizmlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan davolash kompleksi va patogenetik davo dasturi, parodont to‘qimalarining holatini yaxshilashga hamda kasallikni samarali nazorat qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tadbiq etilishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasining 2025 yil 3 martdagi 24-U-sonli buyrug‘i, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2025 yil 28 fevraldagi 22-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yig‘ilishining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/22-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash kompleksi va patogenetik terapiya dasturi, aholi o‘rtasida stomatologik kasalliklarni oldini olishga hamda parodontit bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda ishlab chiqilgan davolash dasturi stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va maqsadli davolash hisobiga davolash muddatini qisqartirishga, shuningdek, asoratlar rivojlanishini oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishga hissa qo‘shadi; bu esa davolash xarajatlarini 400000 so‘mga tejash imkonini beradi.  Xulosa: stomatologlarga metabolik sindromli bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish