Turgunboev Axrorbek Abduvaxobjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigarning xidatid exinokokkozida jarroxlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2024.3.PhD/Tib4991.
Ilmiy rahbar: Botirov Akramjon Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjibaev Sharaf Abdurashidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning gidatidoz exinokokkozida exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqqa intraoperatsion ishlov berish usulini takomillashtirish hamda tashrixdan so‘ng asoratlar rivojlanganida xirurgik taktikaga differensial yondashuvni qo‘llash orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigarning gidatidoz exinokokkozida exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqda gliserin, al`bendozol, dioksidin, betadin, vodorod peroksid eritmalarini qat’iy tartibda kompleks qo‘llash orqali intraoperatsion antiparazitar ishlov berish usuli (IAP 7788) takomillashtirilgan;
exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqqa intraoperatsion antiparazitar ishlov berishning takomillashtirilgan usulidan foydalanish exinokokkoz qo‘zg‘atuvchisining kurtak elementlariga yuqori darajada germesid ta’sir ko‘rsatgani holda, organizmga minimal toksik ta’siri va nojo‘ya reaksiyalarning kam uchrashi aniqlangan;
jigarning gidatidoz exinokokkozida kasallikning klinik-morfologik xususiyatlari hamda parazitar kistaning joylashuviga bog‘liq holda maqbul operativ kirib borish yo‘li va usulini tanlash imkonini beruvchi tashxisot-davolash tartiboti takomillashtirilgan;
jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliq asoratlarini punksion-drenaj va laparoskopik aralashuvlar yordamida korreksiya qilishning eng maqbul muddatlari hamda eng samarali usullari asoslangan holda differensial yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jigarning gidatidoz exinokokkozi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: jigarning gidatidoz exinokokkozida exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqda gliserin, al`bendozol, dioksidin, betadin, vodorod peroksid eritmalarini qat’iy tartibda kompleks qo‘llash orqali intraoperatsion antiparazitar ishlov berishning takomillashtirilgan usuli (Ixtiro uchun IAP7788-son patent) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-/u-son bilan tasdiqlangan “Jigar gidatid exinokokkozida jarrohlik taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10-oktyabrdagi 50-son, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3-avgustdagi 23-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 2-iyuldagi 73-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigarning gidatidoz exinokokkozida exinokokkektomiyadan keyin qoldiq bo‘shliqqa kompleks intraoperatsion antiparazitar ishlov berish usulini qo‘llash kasallik residivlari va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga, bemorlarning tezroq sog‘ayishi va hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek aholining mehnatga layoqatini saqlab qolishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqqa intraoperatsion antiparazitar ishlov berishning takomillashtirilgan usulini qo‘llash kasallikning residivi sababli qayta operativ aralashuvlar o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 12865000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish kasallikning residivi sababli qayta aralashuvlarni oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 24178100 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqqa intraoperatsion antiparazitar ishlov berishning takomillashtirilgan usulidan foydalanish exinokokkoz qo‘zg‘atuvchisining kurtak elementlariga yuqori darajada germesid ta’sir ko‘rsatgani holda, organizmga minimal toksik ta’siri va nojo‘ya reaksiyalarning kam uchrashi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-/u-son bilan tasdiqlangan “Jigar gidatid exinokokkozida jarrohlik taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10-oktyabrdagi 50-son, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3-avgustdagi 23-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 2-iyuldagi 73-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi jigar exinokokkozini jarrohlik yo‘li bilan davolash xavfsizligini oshirish, toksik asoratlar va nojo‘ya reaksiyalar kamayishi hisobiga bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, kasallik residivlarini kamaytirish hamda aholining mehnatga layoqatini saqlab qolishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar exinokokkozi bilan bir nafar bemorni xirurgik davolanishi uchun o‘rtacha 10 yotoq-kun talab etiladi. Exinokokkektomiyadan keyingi qoldiq bo‘shliqqa intraoperatsion antiparazitar ishlov berishning takomillashtirilgan usulidan foydalanish kasallikni qaytalanishini oldini olish hisobiga bir bemor uchun 10 yotoq-kun tejaladi hamda umumiy xisobda bir bemor uchun o‘rtacha 12080000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish kasallikni qaytalanishini oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha nogironlikning pasayishi hisobiga 138874635 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: jigarning gidatidoz exinokokkozida kasallikning klinik-morfologik xususiyatlari hamda parazitar kistaning joylashuviga bog‘liq holda maqbul operativ kirib borish yo‘li va usulini tanlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan tashxisot-davolash tartiboti Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-/u-son bilan tasdiqlangan “Jigar gidatid exinokokkozida jarrohlik taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10-oktyabrdagi 50-son, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3-avgustdagi 23-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 2-iyuldagi 73-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigarning gidatidoz exinokokkozini xirurgik davolash uchun takomillashtirilgan tashxisot-davolash tartibotini klinik amaliyotga joriy etish davolash samaradorligini oshirish, operatsiyadan keyingi asoratlar va qayta operativ aralashuvlar chastotasini kamaytirish hisobiga nogironlik darajasini pasaytirishga hamda mazkur bemorlar kontingenti hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: jigarning exinokokkozini xirurgik davolash uchun takomillashtirilgan tashxisot-davolash tartibotidan foydalanish davolash muddatlarining o‘rtacha 4 kunga qisqarishi qisqarishi hisobiga bir bemorga faqatgina yotoq-kunlari harajatlarining o‘rtacha 1208000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=93) 112344000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliq asoratlarini punksion-drenaj va laparoskopik aralashuvlar yordamida korreksiya qilishning eng maqbul muddatlari hamda eng samarali usullari asoslangan holda ishlab chiqilgan differensial yondashuv Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-/u-son bilan tasdiqlangan “Jigar gidatid exinokokkozida jarrohlik taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10-oktyabrdagi 50-son, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3-avgustdagi 23-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 2-iyuldagi 73-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliq asoratlarini differensial yondashuv asosida o‘z vaqtida va kam invaziv usullar bilan bartaraf etish operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlar va qayta jarrohlik aralashuvlari sonini kamaytirish, bemorlarning tezroq sog‘ayishi hamda hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliq asoratlarini davolash uchun ishlab chiqilgan differensial yondashuvdan foydalanish asoratlarni davolash xarajatlarini hamda qayta operativ aralashuvlar o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etish hisobiga 1 nafar bemor uchun 12865000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish qayta aralashuvlarni oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 24178100 so‘m, nogironlikning pasayishi hisobiga esa 138874635 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish