Ilmuratova Munisa Abdukayum qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida kechayotgan bronxial astmaga atipik qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.2.PhD/Tib5907.
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Dilorom Telmanovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musajonova Ra’no Anvarbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida kechayotgan bronxial astmaga atipik qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini mikroelementlar holatini hisobga olgan holda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxial astma bilan kasallangan bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi belgilari yuqori chastotada uchrashi aniqlanib, u bemorlarning 54,8 % ida qayd etilganligi, shu jumladan displaziyaning engil darajasi 54,9 %, o‘rta darajasi 35,3 % va og‘ir darajasi 9,8 % ni tashkil etganligi isbotlangan;
nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi mavjud bo‘lgan bronxial astmali bolalarda atipik respirator qo‘zg‘atuvchilarning uchrash chastotasi yuqori ekanligi aniqlanib, xususan Mycoplasma pneumoniae infeksiyasi NBTD mavjud bemorlarning 43,1 % ida, NBTD mavjud bo‘lmagan bemorlarda esa 11,9 % ida qayd etilishi isbotlangan;
NBTD va atipik infeksiya aniqlangan bronxial astmali bolalarda qon zardobida rux va magniy darajalarining pasayishi kuzatilishi hamda ushbu mikroelementlar darajasi bilan FEV1 ko‘rsatkichi o‘rtasida ijobiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi (Zn: r = 036, Mg: r = 0,41; p < 0,05) isbotlangan; 
nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi hamda atipik respirator infeksiyalar mavjudligi tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan kechishi va FEV1 ko‘rsatkichi bilan teskari korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi isbotlangan (NBTD: r = −0,35; atipik infeksiya: r = −0,34; p < 0,05), ushbu natijalar asosida bronxial astmaning kechishini baholash va prognoz qilish imkonini beruvchi diagnostik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bronxial astma bilan kasallangan bemor bolalarda klinik, laborator tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda kompleks diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan kasallangan bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi belgilarining uchrash chastotasi yuqori bo‘lib, ular bemorlarning 54,8 % ida aniqlangani, bunda displaziyaning engil darajasi 54,9 %, o‘rta darajasi 35,3 % va og‘ir darajasi 9,8 % ni tashkil etishi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/575-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi va uning bronxial astma rivojlanishi hamda kechishidagi ahamiyati», 2025-yil 26-mayda 05-25/576-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonidagi bronxial astmaga atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirining ilmiy-uslubiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 17 iyunda №44 buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi 2025 yil 20 iyunda №74 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi №29/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: atipik qo‘zg‘atuvchilarni aniqlashga qaratilgan serologik tekshiruvlarni amaliyotda qo‘llash etiologik davolashni o‘z vaqtida boshlash imkonini yaratdi. Bu bronxial astmaning zo‘rayishlari sonini kamayishi, shifoxonaga yotqizish holatining 35-40 % ga qisqarishi va bolalarning maktab mashg‘ulotlarini kamroq qoldirishiga olib keldi (yiliga o‘rtacha 12-15 kungacha). Iqtisodiy samaradorligi: atipik qo‘zg‘atuvchilarni tekshirish, mikro- va makroelementlar etishmovchiligini to‘ldirishga asoslangan kompleks yondashuv qo‘llanilganda, bemorlarni kasalxonada yotish kunlari qisqarishiga erishildi. O‘z navbatida bu dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojni ham kamayishiga olib keldi. Bu natijalar 100 nafar bemor hisobida yiliga o‘rtacha 95000000-100000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilinishiga olib keladi. Xulosa: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda erta diagnostika va kompleks boshqaruvni qo‘llash natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 470000-500000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 480000-500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi mavjud bo‘lgan bronxial astmali bolalarda atipik respirator qo‘zg‘atuvchilarning uchrash chastotasi yuqori ekanligi aniqlanib, xususan Mycoplasma pneumoniae infeksiyasi NBTD mavjud bemorlarning 43,1 % ida, NBTD mavjud bo‘lmagan bemorlarda esa 11,9 % ida qayd etilishi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/575-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi va uning bronxial astma rivojlanishi hamda kechishidagi ahamiyati», 2025-yil 26-mayda 05-25/576-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonidagi bronxial astmaga atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirining ilmiy-uslubiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 17 iyunda №44 buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi 2025 yil 20 iyunda №74 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi №29/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rux va magniy mikroelementlarini tekshirish va ularni korreksiya qilish bazis davo samaradorligini oshirdi, og‘ir xurujlar sonini 30-35 % ga, shifoxonaga qayta yotishlar sonini 35-40 % ga kamaytirish imkonini berdi va bolalarning maktab mashg‘ulotlaridan qolish muddati yiliga o‘rtacha 10-12 kunga qisqardi. Iqtisodiy samaradorligi: mikro-, makroelementlarni skrining qilish va ularni korreksiyalash hisobga qaytalanishlarni kamaytirish, statsionar xarajatlarni kamayishiga erishishga sabab bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 100 nafar bemor hisobida yiliga o‘rtacha 80000000-85000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda mikroelementlar etishmovchiligini erta aniqlash va korreksiya qilish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 380000-420000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 420000-450000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
         uchinchi ilmiy yangilik: NBTD va atipik infeksiya aniqlangan bronxial astmali bolalarda qon zardobida rux va magniy darajalarining pasayishi kuzatilishi hamda ushbu mikroelementlar darajasi bilan FEV1 ko‘rsatkichi o‘rtasida ijobiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi (Zn: r = 036, Mg: r = 0,41; p < 0,05) isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/575-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi va uning bronxial astma rivojlanishi hamda kechishidagi ahamiyati», 2025-yil 26-mayda 05-25/576-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonidagi bronxial astmaga atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirining ilmiy-uslubiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 17 iyunda №44 buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi 2025 yil 20 iyunda №74 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi №29/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: atipik qo‘zg‘atuvchilar va mikroelement etishmovchiligi bor bronxial astmali bolalarni yuqori xavf guruhiga ajratish orqali ularga maqsadli tekshiruv usullari va shaxsiylashtirilgan davo choralarini tanlash natijasida qaytalanish xurujlari 40 % gacha, gospitalizatsiyalar 35-40 % ga, shoshilinch yordamga murojaatlar 30 % ga kamaydi hamda maktabda darslarni o‘tkazib yuborish muddati yiliga o‘rtacha 13-15 kunga qisqarishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni yuqori va o‘rta xavf guruhlariga ajratish orqali maqsadli boshqarish natijasida statsionar davolanish va takroriy murojaatlar bilan bog‘liq xarajatlar sezilarli kamaytirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 100 nafar bemor hisobida yiliga o‘rtacha 100000000-110000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi, atipik infeksiya va mikroelement etishmovchiligi kombinatsiyasini erta aniqlash va kompleks boshqaruvni qo‘llash natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 500000-550000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 500000-550000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi hamda atipik respirator infeksiyalar mavjudligi tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan kechishi va FEV1 ko‘rsatkichi bilan teskari korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligi isbotlangan (NBTD: r = −0,35; atipik infeksiya: r = −0,34; p < 0,05), ushbu natijalar asosida bronxial astmaning kechishini baholash va prognoz qilish imkonini beruvchi diagnostik algoritm ishlab chiqilganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 26-mayda 05-25/575-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi va uning bronxial astma rivojlanishi hamda kechishidagi ahamiyati», 2025-yil 26-mayda 05-25/576-t bilan tasdiqlangan «Bolalarda nodifferensial biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonidagi bronxial astmaga atipik qo‘zg‘atuvchilar ta’sirining ilmiy-uslubiy tahlili» nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi 2025 yil 17 iyunda №44 buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi 2025 yil 20 iyunda №74 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi №29/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan erta diagnostika va bashoratlash algoritmini amaliyotga joriy etish shoshilinch yordamga murojaatlarning kamayishi va bolalarning maktab mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishlari yiliga o‘rtacha 13-15 kunga kamayishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqoridagi natijalar asosida iqtisodiy xarajatlarning kamayishi 100 nafar bemor hisobida yiliga o‘rtacha 120000000-130000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kompleks klinik-diagnostik algoritmni amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 600000-650000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 600000-650000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish