Yigitaliev Sardor Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ventral churralarni protezli plastikasidan so‘nggi asoratlarni xirurgik davolash taktikasi», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib984.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi «A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi» Federal davlat byudjet tashkiloti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: protezdan keyin churralarning rivojlanish sabablarini omilli tahlil qilish va xirurgik korreksiya usulini tanlashni optimallashtirish yo‘li bilan ularni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antropometrik, anamnestik, xirurgik va umumiy somatik jihatlarni hisobga olgan holda allogernioplastikadan keyin churra residivi rivojlanishi sabab-oqibatlari va xavf omillari aniqlashtirilgan;
morfologik tadqiqotlar tomonidan alloplant sohasida umumiy biriktiruvchi to‘qima kapsula bilan o‘ralgan kuchli yallig‘lanish reaksiyasi, mushak va aponevroz hamda aponevroz qismi va yog‘ to‘qimasi chegarasida faol immun va chandiq jarayonlari bilan namoyon bo‘lgan uning qismlarining yirik konglomeratlari qo‘shilishi isbotlangan;
teri-protez oqmalarida mexanik zararlanish va uzoq muddatli dori ta’siri tufayli buzilish, yoriqlar va sinishlar va yoriqlar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi alloplant degradatsiyasi bilan tavsiflanishi nur elektron mikroskopiya yordamida aniqlangan;
protezdan keyingi churra bilan bemorlarda xirurgik omillarga (protez kattaligi va fiksatsiyasi, tikuv materiallari, yara infeksiyasi, teri-protez oqmalari) va yondosh kasalliklarning mavjudligiga qarab protez materialining makroskopik xususiyatlari ochib berilgan;
allogernioplastikadan keyin hosil bo‘lgan churralar paraprotez, protez osti, protez tashqarisi va protezdan keyin turlarga bo‘linishi teri-protez oqma borligi hamda protezning to‘liq uzilib qolgani qaytalanuvchi churralar turlari verifikatsiyasida turi klinik va patogenetik tekshirish mezonlari, shuningdek, protezning to‘liq buzilishi optimallashtirgan;
allogernioplatikadan keyin churra takrorlanishining erta rivojlanishiga hissa qo‘shadigan asosiy taktik-texnik xatoliklar protez hajmini va fiksatsiyasini tanlash va aniqlash xususiyatlarini, jarohat asoratlari va reabilitatsiya tadbirlarini shakllantirishni hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Protez plastikasidan keyin churra residivlari bo‘lgan bemorlar tashxislash va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga asaosida:
“Takroriy postprotez churrasi bo‘lgan bemorlarda optimal davolash usullarini va rekonstruktiv xirurgik usulni tanlash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 8n-z/16-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar protezli churra plastikasidan keyingi takroriy churra paydo bulishi, ularni tekshirishning diagnostik jihatlarini yaxshilashga va xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
protez plastikasidan keyin churra residivlari bo‘lgan bemorlar tashxislash va xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona va Buxoro viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amamliy faoliyatlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 8n-z/16-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Protezdan keyingi churrasi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish hisobiga tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 40,0% dan 12,8% gacha kamaytirish va bemorlarning kasalxonada yotish muddatini 16,6±0,4 dan 13,5±0,3 kungacha qisqartirish imkonini bergan.