Jakupov Georgiy Andreevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Morfonologicheskie xarakteristiki kak proyavlenie fuzionnosti russkogo yazika” (Morfonologik xususiyatlar rus tilining fuzion tabiatining namoyon bo‘lishi sifatida), 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2207.
Ilmiy rahbar: Im Svetlana Borisovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Elmira Eyubovna, metodologiya bo‘yicha fan doktori, dotsent; Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi rus tilida otdan yasalgan nomina agentis so‘zlarini so‘z yasalishining fuzion tabiatini ta’riflashdan iborat.  
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
rus tilining tipologik xususiyati bo‘lgan fuziyaning morfonologik sathida suffiks allomorfini tanlash qoidalarida namoyon bo‘lishi yasovchi va yasama so‘zlarning aksentli, alternatsion va suffiksal xususiyatlarini tavsiflash orqali asoslangan;
rus tilining fuzion tabiatini ifodalashga xizmat qiladigan va so‘zning tovushli ko‘rinishi sintezi jarayonida ishtirok etadigan morfonemalarning – urg‘u, almashinuv va suffiksning funksional jihatdan teng qimmatliligi rus tilining otdan yasalgan nomina agentis so‘zlarining morfonologik tavsifi yordamida isbotlangan;
fuziya xodisasi rus tili so‘z yasalishi jarayonida agglyutinatsiyaga nisbatan ustuvor ekangligi otdan yasalgan nomina agentis so‘zlarining urg‘u va alternant sinflari bo‘yicha taqismlanishini tahlili asosida dalillangan;
jadval, diagramma va mikdoriy ma’lumotlarda aks ettirilgan statistik usul yordamida mujskoy va jenskiy roddagi nomina agentis so‘zlari suffikslarining bir xil bo‘lmagan mahsuldorlik darajasi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tilining fuzion tabiatini ochib berish jarayonida olingan natijalar va amaliy tavsiyalar asosida: 
rus tilining tipologik xususiyati bo‘lgan fuziyaning morfonologik sathida suffiks allomorfini tanlash qoidalarida namoyon bo‘lishi yasovchi va yasama so‘zlarning aksentli, alternatsion va suffiksal xususiyatlarini tavsiflash orqali isbotlangani xususidagi ilmiy-nazariy mulohazalardan Andijon davlat universitetida 2017-2021-yillarda bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 31-32/7530-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-uslubiy tavsiyalar asosida tadqiqot natijalarining qo‘llanishi dastur va ishlanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
rus tilining fuzion tabiatini ifodalashga xizmat qiladigan va so‘zning tovushli ko‘rinishi sintezi jarayonida ishtirok etadigan morfonemalarning – urg‘u, almashinuv va suffiksning funksional jihatdan teng qimmatliligi rus tilining otdan yasalgan nomina agentis so‘zlarining tahlili va tavsiflash uslubi integratsiyasi asosida isbotlanganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 10/2406-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni qo‘llash orqali erishilgan ijobiy natijalar loyiha doirasidagi qo‘llanma va to‘plamlarni yaratishda o‘z aksini topgan;
fuziya xodisasi rus tili so‘z yasalishi jarayonida agglyutinatsiyaga nisbatan ustuvor ekangligi otdan yasalgan nomina agentis so‘zlarining urg‘u va alternant sinflari bo‘yicha taqismlanishini tahlili asosida isbotlangan hamda jadval, diagramma va mikdoriy ma’lumotlarda aks ettirilgan statistik usul yordamida mujskoy va jenskiy roddagi nomina agentis so‘zlari suffikslarining bir xil bo‘lmagan mahsuldorlik darajasi isbotlanganligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 03-12-13-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif va tavsiyalar Dasturning 35-bandini mazmunan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish