Mansurova Nigoraxon Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiologik yondashuv asosida talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD./Ped3386.
Ilmiy rahbar: Samatov Dilshodbek Tohirjonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Malikova Sevar Samatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiologik yondashuv asosida talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik va kompetensiyaviy yondashuvlar kontekstiga qadriyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qiluvchi musiqiy asarlarni tahlil qilish, taqqoslash va refleksiv baholash tizimini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti san’at namunalarini qadriyatli mazmunda o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari, topshiriqlar va pedagogik texnologiyalar majmuasiga tarbiyaviy va estetik didni oshiruvchi interfaol metodlar tizimini hissiy-ta’sirchanlik va refleksiv tafakkurni yuksaltirish jarayoniga bosqichma-bosqich adaptatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarda qadriyatlariga ijobiy munosabatni shakllantiruvchi o‘quv muhitiga o‘qituvchi va talaba hamkorligiga asoslangan aksiologik muloqot jarayonini shaxsiy motivatsiyani kuchaytiruvchi interfaol va refleksiv faoliyat imkoniyatlariga ongli, barqaror va amaliy impelimentatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik modeli motivatsion, kognitiv va aksiologik-faoliyat bosqichlariga musiqiy ta’lim va aksiologiya fanlari integratsiyasi asosidagi “Milliy musiqiy meros aksiologiyasi” modulini kiritish orqali takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiologik yondashuv asosida talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
aksiologik yondashuv asosida talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik va kompetensiyaviy yondashuvlar kontekstiga qadriyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qiluvchi musiqiy asarlarni tahlil qilish, taqqoslash va refleksiv baholash tizimini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020–2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 02-12-17-7380-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiologik yondashuv asosida talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni takomillashtirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda empirik baholash samaradorligi aniqlangan;
talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti san’at namunalarini qadriyatli mazmunda o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari, topshiriqlar va pedagogik texnologiyalar majmuasiga tarbiyaviy va estetik didni oshiruvchi interfaol metodlar tizimini hissiy-ta’sirchanlik va refleksiv tafakkurni yuksaltirish jarayoniga bosqichma-bosqich adaptatsiyalash orqali takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Maqom saboqlari” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-14-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni takomillashtirishga oid mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan;
milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarda qadriyatlariga ijobiy munosabatni shakllantiruvchi o‘quv muhitiga o‘qituvchi va talaba hamkorligiga asoslangan aksiologik muloqot jarayonini shaxsiy motivatsiyani kuchaytiruvchi interfaol va refleksiv faoliyat imkoniyatlariga ongli, barqaror va amaliy impelimentatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020–2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba-yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-dekabrdagi 11-05-7226/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni takomillashtirishda aksiologik yondashuvdan oqilona foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgan;
talabalarda milliy musiqiy merosni asrashga doir bilimlarni rivojlantirishning pedagogik modeli motivatsion, kognitiv va aksiologik-faoliyat bosqichlariga musiqiy ta’lim va aksiologiya fanlari integratsiyasi asosidagi “Milliy musiqiy meros aksiologiyasi” modulini kiritish orqali takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan madaniyat va san’at ixtisosligidagi ta’lim mussasalari o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 11-dekabr 02-12-17-7380-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Milliy musiqiy meros aksiologiyasi” modulining nazariy-metodik asoslari, dasturi, pedagogik modeli va ta’lim texnologiyasi takomillashtirilgan.