Sobirov Dilshod Solaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talaba va yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6194.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc) professor Himmataliev Do‘stnazar Omonovich; pedagogika fanlari doktori (DSc) professor Kiyamov Nishon Sodiqovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talaba va yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari samaradorligini taʼminlashning nazariy, uslubiy va eksperimental asoslashga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- oliy ta’lim muassasalarning o‘quv jarayonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy ta’lim texnologiyalar va tendensiyalari(onlayn ta’lim platformalari, mobil ilovalar, vertual va kengaytirgan reallik)ni nazariy va empirik darajadan ratsional-konstruktiv pedagogik bosqichga o‘tish dinamikasi ochib berilgan;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼsirida pedagogik tizimni modernizatsiyalashning o‘ziga xos jihatlarining funksional integratsiyalashish (masofaviy o‘qitish tizimlari va interaktiv onlayn platformalar orqali talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash) hamda universallashish jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari asoslab berildi;
-oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida talabalarning onlayn platformalar (Moodle, Google Classroom) kabi tizimlar orqali talabalar o‘quv va dedaktik imkoniyatlarini maqsadli integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
-oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga AKT implementatsiyasida dars faoliyati orqli yangi pedagogik va axborot texnologiyalar hamda Blended Learning (Aralash ta’lim), Flipped Classroom (Aks ta’lim), Gamification (O‘yin uslublarini qo‘llash), Collaborative Learning (Hamkorlikda o‘qitish) yangi metodlariga ustivorlik berish asosida aniqlshtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talaba va yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari samaradorligini taʼminlash doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
-oliy ta’lim muassasalarning o‘quv jarayonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy ta’lim texnologiyalar va tendensiyalari(onlayn ta’lim platformalari, mobil ilovalar, vertual va kengaytirgan reallik)ni nazariy va empirik darajadan ratsional-konstruktiv pedagogik bosqichga o‘tish dinamikasi ochib berishga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 – raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot –kommunikatsiya texnologiyalaridan faydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 24-iyundagi 04/11-7899-sonli maʼlumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda talaba va yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik samaradorligini taʼminlaydigan obektiv shart-sharoit va subektiv omillarini, tashkiliy potensial imkoniyatlari darajasida uygʻunlashtiruvchi faoliyatini baholashga oid aniqlangan mezonlari ishlab chiqildi;
-axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼsirida pedagogik tizimni modernizatsiyalashning o‘ziga xos jihatlarining funksional integratsiyalashish (masofaviy o‘qitish tizimlari va interaktiv onlayn platformalar orqali talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash) hamda universallashish jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari hamda ta’limdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va uning pedagogik jihatlariga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan 70110201-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun ishlab chiqilgan “Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i, 817590 - raqamli guvohnoma). Natijada, talaba va yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy potensial imkoniyatlarini uygʻunlashtiruvchi faoliyatini tanqidiy baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan.
-oliy ta’limni axborotlashtirish sharoitida talabalarning onlayn platformalar (Moodle, Google Classroom) kabi tizimlar orqali talabalarning o‘quv va didaktik imkoniyatlarini maqsadli integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish, AKT implementatsiyasida dars faoliyati orqli yangi pedagogik va axborot texnologiyalar hamda Blended Learning (Aralash ta’lim), Flipped Classroom (Aks ta’lim), Gamification (O‘yin uslublarini qo‘llash), Collaborative Learning (Hamkorlikda o‘qitish) yangi metodlariga ustivorlik berish asosida aniqlshtirilgan ilmiy yangiliklar, xulosalar hamda tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini (2025 yil mart-may oylarida) tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-815-sonli maʼlumotnomasi). Natijada oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash muammolarini tahlil qilish, gipoteza, tadqiqot maqsadi va usullarini shakllantirishga doir ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
-oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga AKT implementatsiyasida dars faoliyati orqli yangi pedagogik va axborot texnologiyalar hamda Blended Learning (Aralash ta’lim, Flipped Classroom (Aks ta’lim), Gamification (O‘yin uslublarini qo‘llash), Collaborative Learning (Hamkorlikda o‘qitish) yangi metodlariga ustivorlik berish asosida aniqlshtirilgan tavsiyalar 70110201-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun ishlab chiqilgan “Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i, 817590 - raqamli guvohnoma). Natijada, talaba va yoshlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari samaradorligini taʼminlash tizimini o‘rganishning ilmiy-amaliy mexanizmlari takomillashtirildi.