Sarsenbaev Dauran Jangabay ulining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4848 Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy rahbar: Mamadaliev Kamolidin Raxmatulloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaniyazov Sardor Umarovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Turumbetova Zamira Yusupbaevna.
Yetakchi tashkilot: sifatida Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim diskursida bo‘lajak pedagoglarda verbal, noverbal, proksemik, ya’ni fazoviy joylashuv orqali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida, ijtimoiy va kasbiy kommunikativ makonning strukturaviy elementlari va diagnostik mezonlari (motivatsion-axloqiy, kognitiv, operatsion-shaxsiy), ijtimoiy-perseptiv sifatlari hamda rivojlanish darajalari (past, o‘rta, yuqori) aniqlanib, kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tizimi faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuv asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik jarayon modeli pedagogik oltita asosiy bloki, motivatsion, kognitiv, operatsion-amaliy, emotsional, reflektiv komponentlari takomillashtirilib, integrativ va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida pedagogik va didaktik imkoniyatlari onlayn ta’lim vositalari misolida asoslab berilgan;
AKT, interfaol, modellashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, loyihaviy, keys stadi, guruh munozarasi, aqliy hujum metodlari ta’lim kontekstiga integratsiyalashtirilib, shuningdek, integrativ element hisoblangan noverbal muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi yondashuvlar ta’limiy muhitda maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali asoslab berilgan;
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning integratsiyalashgan texnologiyasining samaradorligi raqamli ta’lim platformalari (Future Learn, Coursera, Alison, Duolingo, NPTEL, Edx) vositasida ochib berilgan, shuningdek, noverbal muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi autentik amaliy topshiriqlar tizimi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda axborot-didaktik ta’minot takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak pedagoglarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishning ahamiyati bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim diskursida bo‘lajak pedagoglarning verbal, noverbal, proksemik, ya’ni fazoviy joylashuv orqali muloqot qilish ko‘nikmalarini, kommunikativ kompetensiyalari, ijtimoiy kommunikatsiyalar sohasidagi kasbiy muloqot kompetensiyasi tushunchasi, uning struktura-elementlari, diagnostik mezonlari (motivatsion-axloqiy, kognitiv, operatsion-shaxsiy), indikatorlari aniqlashtirilib, kasbiy kompetentlik tarkibida kognitiv, shaxsiy va faoliyatga oid komponentlar mazmuni kognitiv-uslubiy xususiyatlar va ijtimoiy-perseptiv sifatlari hamda rivojlanishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining “Parij-2024 jarisina 1 qa’dem”deb nomlangan loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi yig‘ilishining 2024-yil 1-mart 1-sonli bayonnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyalarining rivojlanish darajalari (past, o‘rta, yuqori), shuningdek, kasbiy muloqot kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik sharoitlar va didaktik mezonlar tizimi (motivatsion, baholovchi, o‘zini tahlil qiluvchi) va ularning samaradorligi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik va didaktik shart-sharoitlari o‘rganilib, AKT, interfaol, modellashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, loyihaviy, keys stadi, guruh munozarasi, aqliy hujum metodlari ta’lim kontekstiga integratsiyalashtirilib, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga asoslangan kompetensiyaviy yondashuvlar asosida metodik texnologiyasi ilmiy jihatdan o‘rganishga oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali, 2025-yil 12-avgust 331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchlarining kasbiy tayyorgarligi mazmunini tanlash va strukturaviy tashkil etishga doir nazariy asoslar boyitildi.
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning integratsiyalashgan texnologiyasining samaradorligi hamda raqamli ta’lim platformalari (Future Learn, Coursera, Alison, Duolingo, NPTEL, Edx), talabalarning kommunikativ kompetensiyasini oshirishda noverbal muloqot ko‘nikmalari integrativ element sifatida asoslab berilib, ta’limiy muhit maqsadli loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish hamda ta’lim jarayoniga autentik metodlarni integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalardan hamda dissertatsiya ilmiy yangiliklari ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qaraqalpaqstan Respublikasí Sport Ministrliginin’ 2025-yil 2-sentyabrdagi 01-09/4899-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy kommunikatsiya sohasida kasbiy muloqot kompetensiyasini shakllantirish, kasbiy axborot bilan ta’minlangan ta’lim muhiti yaratish, subektlararo o‘zaro ta’sirga asoslangan ta’lim tashkil etish, an’anaviy va innovatsion o‘qitish texnologiyalarining uyg‘unligiga erishish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvlarining samaradorligiga erishilgan.