Mavlonova Dildora Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4802
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Feruza Abulqosimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Rashidova Gulnoza G‘ulomovna.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini aniqlashtirib,qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning tarkibiy bosqichlari, kognitiv, pragmatik, tahlil, sintez, baholovchi va refleksiv darajalari hamda ushbu jarayonning subektivlik, interfaollik, dinamiklik tamoyillariga ustuvorlik berish, deduktiv va induktiv fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari imkoniyatlarini takomillashtirish orqali aniqlashtirilgan;
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalarining kommunikativ muhit bosqichlarida tanqidiy tahlil qilish, subektiv xulosa chiqarish va baholash mezonlari (motivatsion, mazmunli, faoliyatli) ni tizimli yondashuv vazifalarining imkoniyatlarini tadrijiy oshirib borish orqali interfaol usullari takomillashtirilgan;
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish modeli komponentlarining (fikrlash faoliyatini tizimli, mustaqil tahlil, taqqoslash, xulosa chiqarish) o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mezonlari (motivatsion, mazmunli, faoliyatli) va darajalari (yuqori, o‘rta, quyi) o‘qitish jarayonida an’anaviy (so‘z orqali, hikoya, suhbat, rag‘bat, ishontirish) hamda noan’anaviy (dialog, namuna-stimul) metodlari orqali samaradorligi aniqlash orqali tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini aniqlashtirib,qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish asosida:
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning tarkibiy bosqichlari, kognitiv, pragmatik, tahlil, sintez, baholovchi va refleksiv darajalari hamda ushbu jarayonning subektivlik, interfaollik, dinamiklik tamoyillariga ustuvorlik berish, deduktiv va induktiv fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari imkoniyatlarini takomillashtirish orqali aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogicheskiy masterstvo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yilning 1 iyuldagi 11/3.2 – sonli maʼlumotnomasi). Natijada, talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasining pedagogik, psixologik va metodik imkoniyatlari yaratilgan;
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalarining kommunikativ muhit bosqichlarida tanqidiy tahlil qilish, subektiv xulosa chiqarish va baholash mezonlari (motivatsion, mazmunli, faoliyatli) ni tizimli yondashuv vazifalarining imkoniyatlarini tadrijiy oshirib borish orqali interfaol usullari takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogicheskiy masterstvo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yilning 1 iyuldagi 11/3.2 – sonli maʼlumotnomasi). Natijada, talabalarning badiiy kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish modeli komponentlarining (fikrlash faoliyatini tizimli, mustaqil tahlil, taqqoslash, xulosa chiqarish) o‘zaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 01/11-1-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘z nuqtai nazarini shakllantirish va mustaqil, dadil qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlariga erishilgan
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mezonlari (motivatsion, mazmunli, faoliyatli) va darajalari (yuqori, o‘rta, quyi) o‘qitish jarayonida an’anaviy (so‘z orqali, hikoya, suhbat, rag‘bat, ishontirish) hamda noan’anaviy (dialog, namuna-stimul) metodlari orqali samaradorligi aniqlash orqali tavsiyalar ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 01/11-1-38-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning lingvokognitiv faoliyati an'anaviy reseptiv o‘zlashtirishdan produktiv-evristik darajaga transformatsiya qilinib, ularda xorijiy til diskursida axborotni analitik-tanqidiy tahlil qilish, pragmatik dalillash va yuqori metakognitiv mezonlar asosida obektiv baholash kompetensiyasi shakllantiriladi