Nuraddinova Raviyajan Sultanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abu Rayhon Beruniyning ma’rifiy g‘oyalaridan oliy pedagogik ta’lim jarayonida samarali foydalanish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4819.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Qurbonova Maftuna Faxriddinovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Raxmanova Muqaddas Qahramanovna.
Yetakchi tashkilot: sifatida Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abu Rayhon Beruniyning falsafiy-pedagogik qarashlari asosida oliy ta’lim talabalarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishga xizmat qiladigan pedagogik tizimni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompetensiyaviy yondashuv, holistik baholash tamoyili va mixed-methods (sifat + miqdoriy) tadqiqot metodi asosida talabalar axloqiy shakllanish darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi komponentlarni qamrab olgan integratsiyalashgan indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, refleksiv esse, muammoli vaziyat tahlili, o‘zini-o‘zi baholash matrisalari va ijodiy topshiriqlar kabi faoliyat turlarining pedagogik mazmuni aniqlashtirildi hamda ularning baholash diagnostikasi sifat jihatdan takomillashtirilgan;
konseptual modellashtirish metodi asosida aksiologik yondashuv, madaniy-merosga tayangan ta’lim modeli va Beruniyning ilm-fan, haqiqatparvarlik, adolat, bag‘rikenglik va halollik haqidagi ilmiy-falsafiy qarashlariga tayangan holda “ilm – axloq – vijdon – jamiyat” o‘zaro bog‘liq tizimi asosida shakllanadigan, talabani axloqiy tafakkur subekti sifatida bosqichma-bosqich va izchil rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrallashgan g‘oyaviy-pedagogik modelning strukturaviy va mazmuniy komponentlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
interaktiv o‘qitish texnologiyalari, konstruksivistik yondashuv va dizayn-tadqiqot (design-based research) metodi asosida Beruniy merosini ta’lim jarayonining tarbiyaviy komponentiga integratsiya qilishga qaratilgan, o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulot ssenariylari, case-study, refleksiv esse, dramatizatsiya, bahs-munozaralar hamda “axloqiy tanlov” simulyatori kabi faol metodlarni o‘z ichiga olgan, shuningdek, mobil ilovalar va vizual grafik plakatlar ko‘rinishidagi autentik resurslar bilan boyitilgan tashkiliy-uslubiy tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan;
bosqichli didaktik loyihalash yondashuvi, empirik-pedagogik tahlil va eksperimental metodlar asosida tanishtiruv va motivatsiya, ilm va axloq mohiyatini anglash, Beruniy axloqiy-falsafiy qarashlariga tayangan axloqiy qarorlar qabul qilish, refleksiya va baholash bosqichlarini o‘z ichiga olgan yaxlit didaktik tizim loyihalashtirilgan, shuningdek, mazkur tizimning o‘quv faoliyati natijalari hamda talabalarning axloqiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, zamonaviy tajriba-sinov samaradorligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Abu Rayhon Beruniyning ma’rifiy g‘oyalaridan oliy pedagogik ta’lim jarayonida samarali foydalanish texnologiyasi mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
Kompetensiyaviy yondashuv, holistik baholash tamoyili va mixed-methods
(sifat + miqdoriy) tadqiqot metodi asosida talabalar axloqiy shakllanishini baholash uchun sifat va miqdoriy mezonlarni mujassamlashtirgan, bilim (kognitiv), munosabat (affektiv) va faoliyat (konativ) yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan indikatorlar tizimi taklif qilingan bo‘lib, refleksiv esse, vaziyatli qarorlar analizi, o‘zini baholash jadvali, ijodiy ishlar kabi faoliyat turlarining pedagogik mazmunini takomillashtirish asosidagi tavsiyalardan “Xorazm mutaffakirlarining pedagogik qarashlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universitetining 2024-yil 7-dekabrdagi 131-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 117-raqamli guvohnoma). Natijada, Beruniyning pedagogik merosini ilmiy o‘rganish asosidagi tavsiyalar bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
konseptual modellashtirish metodi asosida aksiologik yondashuv, madaniy-merosga tayangan ta’lim modeli va Beruniyning ilm-fan, haqiqatparvarlik, adolat, bag‘rikenglik, halollik kabi ilmiy-falsafiy qarashlari asosida “ilm–axloq–vijdon–jamiyat” tizimiga asoslangan, integrallashgan g‘oyaviy-pedagogik yondashuvni ifodalaydigan, talabani axloqiy tafakkur egasi sifatida bosqichma-bosqich izchil shakllanishiga qaratilgan konseptual modelning asosiy komponentlari aniqlashtirish asosidagi tavsiyalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi xarakatining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 1.7 “Jamoatchilik kayfiyati” (fuqarolar nimalar xaqida o‘ylayapti, nimalarni istayapti, jamoatchilik fikri), 2.3 NNT vakillari bilan muhokama va davra suhbatlarini o‘tkazish (Mulohaza uchun tegishli mavzularni aniqlash, NNTlar o‘rtasida muhim tadbirlar bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish), 4.5 (Umummilliy tadbirlarni o‘tkazish), 4.11. Milliy tadqiqotlarni olib borish bandlarini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi
2025-yil 24-sentyabr, 76-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim muasssasalari talabarining ma’naviy-axloqiy madaniyati yanada takomillashtirildi;
interaktiv o‘qitish texnologiyalari, konstruksivistik yondashuv va dizayn-tadqiqot
(design-based research) metodi asosida Beruniy merosini oliy ta’limning tarbiyaviy komponentiga kiritish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun mashg‘ulot ssenariylari, case-study, esse, dramatizatsiya, bahslar, “axloqiy tanlov” simulyatori kabi zamonaviy shakllari aniqlashtirish, baholash rubrikalari va interaktiv resurslar (mobil ilova, grafik plakatlar) shaklida ishlab chiqilgan tashkiliy-uslubiy tavsiyalardan “Xorazm mutaffakirlarining pedagogik qarashlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universitetining
2024-yil 7-dekabrdagi 131-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 117-raqamli guvohnoma).
Natijada, Beruniyning ma’rifiy g‘oyalari asosida tarbiyaviy metodlar va axloqiy qadriyatlarning oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning maʼnaviy kamolotidagi ahamiyatini asoslashga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
bosqichli didaktik loyihalash yondashuvi, empirik-pedagogik tahlil va eksperimental metodlar asosida tanishtiruv va motivatsiya, ilm va axloq mohiyatini anglash, Beruniy axloqiy-falsafiy qarashlarini aks ettiruvchi, axloqiy qarorlar qabul qilish, refleksiya va baholash bosqichlaridan iborat didaktik tizimni loyihalashtirish, uni o‘quv faoliyati natijalari va talabalar axloqiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga ta’sirini empirik tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatda talabalar ongida axloqiy refleksiya darajasini oshirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining telekenallaridagi ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 784-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taʼlim va shaxsiy tarbiya sohasidagi keyingi nazariy, ilmiy va uslubiy ishlanmalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.