Egamberganov Izzatbek Shavkat o‘g‘lining pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri sharoitida talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4225
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Suyarov Kusharbay Tashbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.FM.04.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan Birmartalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Mirzaaxmat - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor
Xujanov Erkin Berdievich - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri sharoitida talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillshtirish va uni “Fizpraktikum” fanini o‘qitish misolida eksperimental asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim klasteri sharoitida talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari talabalarning individual kognitiv traektoriyasiga fizik eksperimentni strukturalash, muammoli vaziyatni hal etish intervalini optimallashtiruvchi (natijaviy indikatorlar, izlanuvchi parametrlar va empirik dalillar majmuasi) kognitiv-standart tuzilmalarni eksperiment turlari (reproduktiv, qisman izlanish, muammoli va tadqiqot eksperimenti) bo‘yicha sxematik modellar asosida adaptiv boshqarish orqali takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim klasteri sharoitida talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish modeli talabalarning individual ta’lim traektoriyasiga “Fizpraktikum” fanidan mustaqil ta’lim va nazorat topshiriqlarini integratsiyalash, shuningdek, “dinamika klasteri” va “energiya klasteri” masalalarini filtratsiyalash orqali personallashtirilgan evristik muhitni ta’minlovchi komplekslashtirilgan kurs bo‘limlariga integrasiyalash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri sharoitida talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasi o‘quv jarayonida samaradorlikni ta’minlovchi texnologik bosqichlari (tayyorlov, konstruksiyalash, sinov, tahlil va prognoz)ga mini-tajribalarni konstruksiyalashga yo‘naltirilgan virtual laboratoriya va simulyasiya dasturlaridan foydalanish imkoniyatlarini shaxsiy ilmiy farazni ratsional modellashtirish jarayonida qiyosiy tahlil va prognoz ustuvorligini ta’minlovchi mexanizmlar bilan adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri sharoitida “Fizpraktikum” fani asosida talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarning individual o‘quv traektoriyasiga fizikadan ilmiy kontekstni modellashtirishga yo‘naltirilgan metodik kompleksni masala echish va tajribalarni qo‘yish tezligiga ko‘ra kombinatsiyalangan grafikli dizayn asosida transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ta’lim klasteri sharoitida talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishda pedagogik-psixologik imkoniyatlari fizik eksperimentlarni strukturalash va echish intervalini qisqartiruvchi ma’lum, aniqlanishi kerak, dalillar kabi standart tuzilmani eksperiment turlari bo‘yicha sxematik modellarda adaptivlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida davlat ilmiy – texnik dasturlari doirasida 2022–2024 yillarda bajarilgan “AM-PZ-2019062031 “Yadro energetikasi”, “Yadro tibbiyoti va texnologiyasi” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediali darsliklarni yaratish” nomli innovatsion loyihasida amaliy mashg‘ulotlarni loyihalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 2025-yil 17-apreldagi 32-2115-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda eksperimentlarni bajarish ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga erishilgan;
talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish modeli fizpraktikum fani mustaqil ta’lim va nazorat topshiriqlari integratsiyasini “dinamika klasteri” va “energiya klasteri” masalalar filtratsiyasiga ko‘ra personallashtirilgan evristika muhitida ta’minlashga doir taklif va tavsiyalari “Mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 828077 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning tayanch va tadqiqotchilik kompetensiyalari tarkibiy qismlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim klasteri sharoitida talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish metodikasi tajribalarni konstruksiyalashga o‘rgatuvchi virtual laboratoriya va simulyasiya dasturlarini shaxsiy ilmiy farazni ratsional modellashtirishga jarayonida qiyosiy tahlil va prognoz ustuvorligida optimallashtirishga oid takliflari “Optika asoslari Atom va yadro fizikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, 491220 raqamli guvohnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarning kreativ, texnologik, konstruktorlik, tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.