Xalilov Sarvar Samadovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Masofaviy ta’limda Freym modelidan foydalanib fizika fanini o‘qitish metodikasi (elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar bo‘limi misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5215.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Suyarov Kusharbay Tashbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.FM.04.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan Birmartalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich - Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
Mansurova Mavjuda Yuldashevna - Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga freym modeli vositasida fizika fanini o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
masofaviy ta’lim muhitida fizika fanini o‘qitishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari o‘quv axborotlarini freymlarga ajratish orqali talabaning kognitiv va reflektiv faolligini oshiruvchi hamda “talaba – qurilma – ijtimoiy muhit” uchligini o‘zida jamlagan interfaol ta’limiy dizaynni amaliyotga joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
fizika fanining “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini freym muhitida o‘qitish modeli murakkab fizik jarayonlarni vizual-grafik qoliplarga joylashtirish hamda ularni PhET virtual laboratoriya simulyasiyalari bilan uyg‘unlashtirish orqali talabaning mustaqil o‘zlashtirishiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’limda freym modeli vositasida fizika fanini o‘qitish metodikasi muhandislik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan “Nazariya → Freym-sxema → Virtual tajriba → Refleksiya” ketma-ketligidan iborat didaktik zanjir hamda freym slotlarni to‘ldirishga asoslangan amaliy topshiriqlarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
masofaviy ta’limda o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari ELMS platformasida (http://elms.tuit.uz) dalilga asoslangan akademik monitoringni yo‘lga qo‘yish, xususan, freym-slotlarni to‘ldirish aniqligi, grafik izohi va eksperimental refleksiyani qamrab oluvchi diagnostik rubrikalarni joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Masofaviy ta’lim shakli texnika yo‘nalishi talabalariga fizika fanini freym modelidan foydalanib (Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar bo‘limi misolida) o‘qitish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
masofaviy ta’lim muhitida fizika fanini o‘qitishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari o‘quv axborotlarini freymlarga ajratish orqali talabaning kognitiv va reflektiv faolligini oshiruvchi hamda “talaba – qurilma – ijtimoiy muhit” uchligini o‘zida jamlagan interfaol ta’limiy dizaynni amaliyotga joriy etish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2023-2024 yillarda bajarilgan “Masofaviy ta’lim platformasini rivojlantirish va funksional imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi №39/23 F - raqamli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil №39/23 F - son ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga jalb etilgan texnika yo‘nalishi talabalarini kasbiy amaliyotga erta tayyorlash sharoiti yaratilgan; 
fizika fanining “Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” bo‘limini freym muhitida o‘qitish modeli murakkab fizik jarayonlarni vizual-grafik qoliplarga joylashtirish hamda ularni PhET virtual laboratoriya simulyasiyalari bilan uyg‘unlashtirish orqali talabaning mustaqil o‘zlashtirishiga moslashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Elektromagnetizm” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i, 218-455 raqamli guvohnomasi). Natijada, texnika yo‘nalishi talabalarining masofaviy o‘qitish jarayonida mustaqil bilim olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
masofaviy ta’limda freym modeli vositasida fizika fanini o‘qitish metodikasi muhandislik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan “Nazariya → Freym-sxema → Virtual tajriba → Refleksiya” ketma-ketligidan iborat didaktik zanjir hamda freym slotlarni to‘ldirishga asoslangan amaliy topshiriqlarni qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflari “Mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i, 828077 raqamli guvohnomasi). Natijada, mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi imkoniyatlarini kengaytirish va talabalar faoliyatini tizimli monitoring qilishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
Tadqiqot ishi natijalarining amaliyotga tatbiq etilganligi to‘g‘risida va tajriba-sinovini joriy etilganligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning Samarqand va Farg‘ona filiallaridan dalaolatnomalar olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 30.10.2025 yil, 02/01-01-454-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan tajriba-sinovining amaliyotga joriy etilganligi masofaviy ta’lim texnika yo‘nalishi talabalarini freym modelidan foydalanib o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish