Sayidazimova Muhtaramxon Saidxoshimxon qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ifodalovchi morfologik birliklarning funksional tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
 № B2025.3.PhD/ Fil.6614. 
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor;  
Egamnazarova Durdona Shuhratillaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ifodalovchi morfologik birliklar hamda ularning funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor kategoriyasini voqelantiruvchi sifat va fe’l turkumiga xos lisoniy birliklarni muayyan mikroguruhlarga tasniflash asosida so‘z yasovchi morfemalar, so‘z turkumlari, xususan, kategorial va nokategorial ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ma’nosini ifodalashga xizmat qiluvchi ba-, be-, no-, -li, -siz / ab-, an-, ig-, il-, im-, ir-, mis- kabi morfologik vositalarning semantik va funksional farqlari har ikki tildagi qo‘llanilish vazifalari asosida ko‘rsatib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi ot, sifat, olmosh, ravish, fe’l hamda yordamchi so‘zlar orqali tasdiq va inkor ma’nosining funksional almashinuviga, ularning mo‘tadillashtirilishiga xos xususiyatlarning namoyon bo‘lishi dalillangan;
turli tizimli tillarning madaniy o‘ziga xosliklari tasdiq-inkor ifodasining rad etish, kinoya, ekspressivlik, ehtiyotkorlik, hissiy kuchaytirish kabi funksiyalariga oid farqlarda ifodalanishi o‘zbek va ingliz tillari so‘zlashuv hamda badiiy uslublari morfologik birliklari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ifodalovchi morfologik birliklar funksional xususiyatlarining chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi amaliy natijalarga erishildi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor kategoriyasini voqelantiruvchi lisoniy birliklarni muayyan mikroguruhlarga tasniflash asosida so‘z yasovchi morfemalar, so‘z turkumlari, xususan, kategorial va nokategorial ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘lishini ochib berishga oid hamda tasdiq va inkor ma’nosining funksional almashinuviga xos xususiyatlarning namoyon bo‘lishi o‘zbek va ingliz tillaridagi ot, sifat, olmosh, ravish, fe’l hamda yordamchi so‘zlar orqali dalillanganligiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2022–2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil, 5-noyabrdagi №1/04-206-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy jihatdan boyigan, tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi oshgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ma’nosini ifodaloshga xizmat qiluvchi ba-, be-, no-, -li, -siz / ab-, an-, ig-, il, im-, ir-, mis- kabi morfologik vositalarning farqlarini ochib berilganligi, turli tizimli tillarning madaniy o‘ziga xosliklari tasdiq-inkor ifodasida sezilarli farqlarni yuzaga keltirishi o‘zbek va ingliz tillari so‘zlashuv va badiiy uslublar morfologik birliklari orqali asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalaridan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education students Mobility Higher Education students (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil, 4-dekabrdagi №1/04-206-sonli ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, ayrim leksemalarning ma’no ko‘lamini aniqlashda fundamental nazariy yondashuvlari va milliy-xalqaro tadqiqotlardagi qiyosiy tahlil asoslariga doir dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan; 
turli tizimli tillarning madaniy o‘ziga xosliklari tasdiq-inkor ifodasida sezilarli farqlarni yuzaga keltirishi o‘zbek va ingliz tillari so‘zlashuv va badiiy uslublar morfologik birliklari orqali asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzularidagi fundamental ilmiy loyihalar doirasida samarali va keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2026-yil, 19-fevraldagi №71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zaruriy tushunchalar bilan boyigan, mavjud tushunchalarning o‘rinli qo‘llanilishi ta’minlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor tushunchasi mohiyatini o‘rganish, o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkorni kategoriya sifatida tahlil qilish hamda muayyan mikroguruhlarga tasniflash, o‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ma’nosini ifodalovchi morfemik va morfologik vositalarning farqlarini ochib berish, tasdiq va inkor ma’nosining funksional almashinuviga xos xususiyatlarning namoyon bo‘lishini aniqlash, tasdiq va inkor ma’nosining ijtimoiy xoslanishini ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosalardan 2024–2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil, 4-noyabrdagi №26-36-1049-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning mazmunan mukammallashuviga, eshittirishlarning mazmuni boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish