Djagaspanyan Rafik Nikolaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Obraz narodnogo geroya v russkoy i uzbekskoy literature (na primere romanov V.Shukshina “Ya prishel dat` vam volyu” i X.Tuxtabaeva “Zolotaya golova mstitelya”) Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Fil5310.
Ilmiy rahbar: Qosimov Abdugapir Abdikarimovich,filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Sarimsaqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Hallieva Gulnoz Iskandarovna.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi V.Shukshinning “Men sizlarga erkinlik bergani keldim” va X.To‘xtaboevning “Qasoskorning oltin boshi” romanlari misolida rus va o‘zbek adabiyotidagi xalq qahramoni obrazini qiyosiy tahlil qilish orqali ularning umumiy xususiyatlari, milliy o‘ziga xosligi va badiiy jihatlarini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Vasiliy Shukshin va Xudoyberdi To‘xtaboevning badiiy asarlarida aks etgan milliy qahramonlikning O‘zbekiston va Rossiya tarixiy-madaniy voqeligi doirasidagi o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, xalq ongining ifodachisi sifatida Stepan Razin va Namoz obrazlarining badiiy ifoda jihatlari aniqlangan;
yozuvchilar asarlarida xalq qahramonini tasvirlashda mualliflik dunyoqarashini modellashtirishning muhim tamoyillari tadqiq etilgan hamda Stepan Razin va Namoz obrazlari tarixiy haqiqat va afsonaviy idrokning uyg‘unlashuvi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
Vasiliy Shukshin va Xudoyberdi To‘xtaboev romanlarida badiiy voqelikni modellashtirish usullari, individual va jamoaviy ong o‘rtasidagi muloqot tamoyiliga asoslangan qahramonlik modellari asoslab berilgan. Shuningdek, har bir yozuvchining badiiy olami va tilining o‘ziga xosligi, ularning psixologizm, nutq xususiyatlari va xalq og‘zaki ijodiga xos yo‘nalishda namoyon bo‘ladigan individual uslubi tahlil qilingan;
Vasiliy Shukshin va Xudoyberdi To‘xtaboevning badiiy asarlarida, xususan, “Men sizlarga erkinlik bergani keldim” va “Qasoskorning oltin boshi” romanlarida xalq qahramonligining o‘ziga xos jihatlari mavjudligi, bosh qahramonlar (Stepan Razin va Namoz)ning tarixiy va madaniy rol` bilan bog‘liq dunyoqarashining o‘ziga xosligi isbotlangan. Shuningdek, qiyoslanayotgan asarlarning adabiy an’anadagi o‘rnini belgilovchi isyonkorlik, adolatparvarlik va milliy o‘ziga xoslik kabi g‘oyaviy ahamiyatga ega jihatlari aniqlanib, asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: pus va o‘zbek adabiyotida xalq qahramoni obrazi (V.Shukshinning “Men sizlarga erkinlik bergani keldim” va X.To‘xtaboevning “Qasoskorning oltin boshi” romanlari misolida)” mavzusidagi ushbu tadqiqot natijalari asosida:
Vasiliy Shukshin va Xudoyberdi To‘xtaboevning badiiy asarlarida milliy qahramonlikning Rossiya va O‘zbekiston tarixiy-madaniy voqeliklari kontekstidagi o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Stepan Razin va Namoz obrazlarining xalq ongining ifodachisi sifatida badiiy gavdalanish xususiyatlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosa va natijalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida F3-2019081663-raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. Xususan, “O‘zbek fol`klor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati” nomli qisqa izohli lug‘at yaratildi (2025 yil 10 dekabrdagi 1/04-213-son ma’lumotnoma). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyati oshdi;
yozuvchilar asarlarida xalq qahramonini tasvirlashda mualliflik dunyoqarashini modellashtirishning muhim tamoyillari, xususan, Stepan Razin va Namoz obrazlarining tarixiy haqiqat va mifologik idrok sintezi sifatida namoyon bo‘lishi, XX asr ikkinchi yarmidagi rus va o‘zbek adabiy jarayonlarining rivojlanish dinamikasini kuzatish imkonini bergan natijalardan Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun F3-2019081773-raqamli “Bolalar raqslari fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanildi. Xususan, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-nemischa lug‘ati” nomli qisqa izohli lug‘at yaratildi (2025 yil 10 dekabrdagi 1/04-212-son ma’lumotnoma). Natijada, bu ishlar raqs san’ati bilan bog‘liq ruscha so‘zlar va ularning muqobillarini aniqlash hamda to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlarni takomillashtirishga asos bo‘ldi. Shuningdek, loyihaning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyati oshdi.
Vasiliy Shukshin va Xudoyberdi To‘xtaboev romanlarida badiiy voqelikni modellashtirish usullari, individual va jamoaviy ong o‘rtasidagi muloqot tamoyiliga asoslangan qahramonlik modellari asoslab berilgan, shuningdek, har bir yozuvchining badiiy olami va tilining o‘ziga xosligi, ularning psixologizm, nutq xususiyatlari va xalq og‘zaki ijodiga xos uslubda namoyon bo‘ladigan individual uslubi tahlil qilingan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (2025 yil 10 dekabrdagi 26-36-1054-sonli ma’lumotnoma). Natijada, V.Shukshinning “Men sizlarga erkinlik bergani keldim” va X.To‘xtaboevning “Qasoskorning oltin boshi” romanlaridagi xalq qahramoni obrazini tahlil qilish orqali teletomoshabinlarning kitobxonlik madaniyati darajasini oshirishga va vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otishga erishildi;
Vasiliy Shukshin va Xudoyberdi To‘xtaboevning badiiy asarlarida, xususan, “Men sizlarga erkinlik bergani keldim” va “Qasoskorning oltin boshi” romanlarida xalq qahramonligining o‘ziga xos jihatlari mavjudligi, bosh qahramonlar (Stepan Razin va Namoz)ning tarixiy va madaniy rol` bilan bog‘liq dunyoqarashining o‘ziga xosligi isbotlangan, shuningdek, qiyoslanayotgan asarlarning adabiy an’anadagi o‘rnini belgilovchi isyonkorlik, adolatparvarlik va milliy o‘ziga xoslik kabi g‘oyaviy ahamiyatga ega jihatlari aniqlangan va asoslab berilgan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “Farg‘ona” telekanalida 2025 yilda efirga uzatilgan “Xayrli kun”, “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlari va “Kun mavzusi” radioeshittirishida foydalanilgan (2025 yil 27 oktyabrdagi 01-12/220-sonli ma’lumotnoma). Natijada teletomoshabinlar va radiotinglovchilarning dunyoqarashini o‘zgarishiga va madaniy saviyasini yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish