Zaynutdinova Gulnoza Anvarjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shuhrat Orif ijodida lisoniy birliklarning poetik aktuallashuvi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Fil4771
Ilmiy rahbar: Mamajonov Muhammadjon Yuusubjonovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: 
Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, filologiya fanlari doktori, professor
Andaniyazova Dilrabo Ro‘ziqulovna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Shuhrat Orifning tildan foydalanish  mahoratini belgilashda lisoniy birliklarning poetik o‘rnini belgilash va shoir ijodining lingvopoetik xususiyatlarini ochib berish dissertatsiyaning asosiy maqsadini tashkil etadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
− jahon va o‘zbek tilshunosligidagi lingvopoetik tadqiqotlar takomillashuviga oid nazariy manbalar sharhlangan, badiiy asar umumfilologik tadqiq ob’ekti sifatida tilshunoslik va adabiyotshunoslik tomonidan teng qiymatda o‘rganilishi ta’kidlangan va mazkur fikr antik davr faylasuflari, zamonaviy filologiya yetakchilarining mulohazalari bilan dalillangan;
− zamonaviy o‘zbek she’riyatining fonopoetik imkoniyatlari Shuhrat Orif ijodi misolida poetik nutq badiiyligini ta’minlaydigan tovushlarni cho‘zish, birdan ortiq qo‘llash, tovush orttirish, tushirish, almashtirish kabi fonetik hodisalar, tovushlar takroriga asoslangan tasviriy vositalarning ekspressivlik hamda ijodkor maqsadini ifodalashdagi lingvopoetik o‘rni asoslangan;
− badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari, ijodkor she’rlarida poetik maqsad bilan qo‘llangan mumtoz an’anaviy obrazlar nomini bildiruvchi antroponimlar, shoir bilan bevosita tanish kishilar nomlari hamda shoir o‘z hayoti bilan bog‘liq real voqealarni tavsiflash ehtiyoji yuzasidan real toponimlar,  tarixiy so‘zlardan, shu bilan bir qatorda, turg‘un birikmalar, presedent birliklardan samarali foydalanganligi aniqlanib, ularning she’riy nutqda poetik maqsad bilan qo‘llanilgani sababli leksopoetik vosita sifatida badiiy-pragmatik ma’no va lingvopoetik mohiyat kasb etishi isbotlangan;
−  Shuhrat Orif she’riyatida ijodkorning badiiy maqsadini aks ettirishga xizmat qiluvchi o‘xshatish, jonlantirish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari va ko‘chimlar misolida shoir ijodining eng nozik ma’no qirralari, ijodkor ruxiy-psixologik holatlarini aks ettirish  kabi lisoniy-badiiy imkoniyatlari, qahramonlar nutqini ifodali va obrazli qilib tasvirlash kabi estetik funksiyalari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shuhrat Orif she’riyati individualligini ta’minlovchi lisoniy vositalar tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy o‘zbek she’riyatining fonopoetik imkoniyatlari Shuhrat Orif ijodi misolida poetik nutq badiiyligini ta’minlaydigan tovushlarni cho‘zish, birdan ortiq qo‘llash, tovush orttirish, tushirish, almashtirish kabi fonetik hodisalar, tovushlar takroriga asoslangan tasviriy vositalarning ekspressivlik hamda ijodkor maqsadini ifodalashdagi lingvopoetik o‘rni asoslanganligiga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2020-2023 yillarga  mo‘ljallangan AM-F3-201908172 raqamli «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil, 14 noyabrdagi №04/1-3258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy uslubga xos bo‘lgan matnlar tahlili mazkur korpusni yaratishda muhim ahamiyat kasb etgan;  
badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari, ijodkor she’rlarida poetik maqsad bilan qo‘llangan mumtoz an’anaviy obrazlar nomini bildiruvchi antroponimlar, shoir bilan bevosita tanish kishilar nomlari hamda shoir o‘z hayoti bilan bog‘liq real voqealarni tavsiflash ehtiyoji yuzasidan real toponimlar,  tarixiy so‘zlardan, shu bilan bir qatorda, turg‘un birikmalar, presedent birliklardan samarali foydalanganligi aniqlanib, ularning she’riy nutqda poetik maqsad bilan qo‘llanilgani sababli leksopoetik vosita sifatida badiiy-pragmatik ma’no va lingvopoetik mohiyat kasb etishining isbotlanganligi davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 raqamli «Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil, 14 noyabrdagi №04/1-3256-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy loyihaning ilmiy-nazariy jihatdan boyishiga erishilgan;
Shuhrat Orif she’riyatida ijodkorning badiiy maqsadini aks ettirishga xizmat qiluvchi o‘xshatish, jonlantirish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari va ko‘chimlar misolida shoir ijodining eng nozik ma’no qirralari, ijodkor ruxiy-psixologik holatlarini aks ettirish  kabi lisoniy-badiiy imkoniyatlari, qahramonlar nutqini ifodali va obrazli qilib tasvirlash kabi estetik funksiyalarining asoslanganligiga oid xulosa va natijalaridan O‘zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2025 yil, 11 fevraldagi 13-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uyushma tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiyot bayramlari badiiy-ilmiy jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish