Kosimova Xurshida Rajabboyovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mis(II) va rux ionlarini immobilangan alizarinli bo‘yoqlar yordamida aniqlashning sorbsion-spektroskopik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K974.
Ilmiy rahbar: Smanava Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Dilshod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Umirova Gulnora Abduraxmonovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli atrof-muhit obektlarida uchraydigan rux (II) va mis (II) ionlari organik reagentlarni tolali sorbentlarga immobillash asosida aaniqlashning sezgir va tanlab ta'sir etuvchan sorbsion-spektrofotometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanlab olingan nitrozin sariq va alizarin qizil-S analitik reagentlarini mahalliy sintez qilingan polimer hamda tabiiy tolali sorbentlarga (PPA-1, ipak fibroin) immobillash natijasida metall ionlarini aniqlashda usulning sezgirligi eritma holatiga nisbatan qariyb 10 barobarga ortishi eksperimental jihatdan isbotlangan;
Zn va Cu(II) ionlarining qattiq fazada kompleks hosil qilish jarayonlari o‘rganilib, maqbul sharoitlar aniqlanganligi, jumladan, rux ionlari uchun boratli bufer muhitida (pH=9), mis ionlari uchun esa universal bufer muhitida (pH=2,5) barqaror komplekslar hosil bo‘lishi kuzatilganligi, kompleks hosil qilishda funksional faol guruhlar (FFG) sifatida gidroksi (–OH), azo (–N=N–), karbonil (C=O), analitik faol guruhlar (AFG) sifatida esa sulfo (–SO₃⁻) guruhlarning ishtiroki aniqlangan;
Zn–ARS va Cu(II)–nitrozin sariq komplekslari hosil bo‘lishida batoxrom siljish kuzatilib, mos ravishda λ₍R₎=420 nm dan λ₍Zn+R₎=550 nm ga hamda λ₍R₎=480 nm dan λ₍Cu+R₎=540 nm ga siljish aniqlangan va ushbu siljish kompleks hosil bo‘lish jarayonida elektronlarning sathlararo π → π* o‘tishlari bilan izohlanib, tajribaviy natijalar asosida isbotlangan;
ishlab chiqilgan usul yordamida rux va mis ionlarini aniqlashning quyi aniqlanish chegaralari mos ravishda 0,132 mkg/ml va 0,194 mkg/ml ni tashkil etgan, sun’iy aralashmalar hamda atrof-muhit obektlarini tahlil qilish jarayonida usulning aniqligi yuqori bo‘lib, nisbiy standart chetlanish qiymati 0,091 dan oshmaganligi aniqlangan;
taklif etilgan sorbsion-spektrofotometrik usul turli suv namunalarida qo‘llanilib, olingan natijalar amaldagi Davlat standart (DavST) usullari bilan solishtirildi va taqqoslash natijalari Styudent va Fisher mezonlari asosida statistik jihatdan qayta ishlanib, usulning to‘g‘riligi va aniqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atrof-muhit obektlari tarkibidagi rux (II) va mis (II) ionlarini immobillangan alizarin qizil-S hamda nitrozin sariq reagentlari bilan aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usullarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
sorbentga immobillangan organik reagentlar bilan rux (II) va mis (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektrofotometrik usuli Navoiy viloyati “Elektrokimyozavodi” AJ da amaliyotiga joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” AJ ning 2025 yil 03 noyabrdagi 771-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli chiqindi suvlar tarkibidagi rux (II) va mis (II) ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan;
immobillangan organik reagentlar yordamida sanoatning texnogen va oqava suvlari tarkibidagi rux (II) hamda mis (II) ionlarini aniqlash usuli Qashqadaryo viloyati “Uzbekistan GTL” MChJ ning markaziy laboratoriyasida sinab ko‘rilgan va amliyotiga tadbiq qilingan (“Uzbekistan GTL” MChJ ning 2025 yil 28 oktyabrdagi 05-60-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Zn (II) va Cu (II) ionlarini sanoat oqava hamda chiqindi suvlari tarkibida aniqlashning tezkor, sezgir, tanlab ta’sir etuvchanligi bilan farq qilishini isbotlash imkonini bergan.