Abduraimova Maxliyo Valijon qizining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gaz sanoati terminlarining lingvokognitiv va translatologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6763.
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruz Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida gaz sanoati terminlarini chog‘ishtirma planda o‘rganish hamda uning lingvokognitiv hamda  translatologik jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz sanoati terminlari mavzuiy guruhlarga ajratilib, soha terminlarining kognitiv xususiyatlari va ularning lingvistik manzarasini tashkil etuvchi birliklar nomenklaturasi o‘zbek va ingliz tillari misolida aniqlab chiqilgan hamda ularning maydoniy xususiyatlari ochib berilgan; 
gaz sanoati terminlari asosida tadqiqqa tortilgan tillarning leksik, morfologik, sintaktik, frazeologik, paremiologik va diskursiv birliklarining struktur-semantik, funksional-stilistik aspektlarda izomorflik va allomorflik xususiyatlari ilmiy asoslab berilgan; 
gaz sanoati terminlarining tarixiy-genetik ildizlari, ularning lingvistik taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlari ilmiy-analitik manbalarga asoslangan holda terminlarning ilk shakllanish bosqichidan boshlab, zamonaviy til tizimida yuz bergan o‘zgarish va rivojlanishlar, terminlarning mazmun va shaklidagi o‘ziga xosliklar batafsil yoritilgan. Mazkur terminlar asosida soha tili lug‘atining boyishi va takomillashuvining lingvistik xususiyatlari kompleks tarzda aniqlangan;
gaz sanoati terminlarini tarjimada adekvat tarzda qayta yaratish usullari chog‘ishtirilayotgan tillar materiallari asosida aniqlanib, ushbu sohaning terminologik murakkabligini inobatga olgan holda, tarjima jarayonining har bir bosqichida uchraydigan muammolarni kamaytirish va asl mazmunni to‘liq ifoda etish imkoniyatlarini oshiradigan usullar ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, tarjima adekvatligini ta’minlashga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi “Gaz sanoati terminlarining lingvokognitiv va translatologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari materiallari misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
gaz sanoati terminlari asosida tadqiqqa tortilgan tillarning leksik, morfologik, sintaktik, frazeologik, paremiologik va diskursiv birliklarining struktur-semantik, funksional-stilistik aspektlarda izomorflik va allomorflik xususiyatlari ilmiy asoslab berilgan materiallaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026 yil 6-yanvar 04/1-42-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillarida mazkur soha terminologiyasiga xos izomorflik va allomorflik xususiyatlari aniqlanib, ularning umumiy va farqli jihatlari ilmiy dalillar asosida asoslab berilgan;
gaz sanoati terminlarining tarixiy-genetik ildizlari, ularning lingvistik taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlari ilmiy-analitik manbalarga asoslangan holda terminlarning ilk shakllanish bosqichidan boshlab, zamonaviy til tizimida yuz bergan o‘zgarish va rivojlanishlar, terminlarning mazmun va shaklidagi o‘ziga xosliklar batafsil yoritilgan xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258 sonli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan ( Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 6-yanvardagi 04/1-43-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning ilk shakllanish davridan boshlab, zamonaviy til tizimigacha bo‘lgan rivojlanish jarayonlari, mazmun va shakldagi o‘ziga xosliklari batafsil yoritilib, gaz sanoati terminlari asosida soha tili lug‘atining boyishi va takomillashuviga xos lingvistik xususiyatlari kompleks tarzda aniqlandi va  terminologik tizimning dinamik rivoji ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
gaz  sanoati  terminlarini  tarjimada  adekvat tarzda qayta yaratish usullari chog‘ishtirilayotgan tillar materiallari asosida aniqlanib, ushbu sohaning  terminologik  murakkabligini  inobatga  olgan  holda,  tarjima  jarayonining  har  bir bosqichida uchraydigan muammolarni kamaytirish va asl mazmunni to‘liq  ifoda  etish imkoniyatlarini  oshiradigan  usullar  ko‘rib  chiqilgan ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 9-yanvardagi 05-09-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima adekvatligini ta’minlashga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
gaz sanoati terminlari asosida tadqiqqa tortilgan gaz sanoati terminlari mavzuiy guruhlarga ajratilib, soha terminlarining kognitiv xususiyatlari va ularning lingvistik manzarasini tashkil etuvchi nomenklatura o‘zbek va ingliz tillari misolida aniqlab chiqilgan hamda ularning maydoniy xususiyatlari ochib berilgan xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2025-yillarda bajarilgan “Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action 1- Mobility for learners and staff - Higher education student and staff mobility” Ca Foscari, Italiya “ nomli loyihasida foydalanilgan.(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 12-martdagi № 04/1-1348 son ma’lumotnomasi). Natijada gaz sanoati terminlarining lingvistik manzarasini tashkil etuvchi birliklar nomenklaturasi aniqlangan va ularning maydoniy (semantik maydon, markaz-periferiya) xususiyatlari ilmiy asosda ochib berilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish