Esanov Rahmat Sulton o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Glisirret va glisirrizin kislotalar hosilalari, molekulyar komplekslari: olinishi, tuzilishi va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/K253.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/B.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich, kimyo fanlari doktori, akademik; Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdugafurov Ibragimdjan Azizovich kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
III. Tadqiqotning maqsadi: triterpen kislotalarining (GK, GlK) hosilalarini sintez qilish, supramolekulyar komplekslar hamda biofaol materiallar asosidagi kompozisiyalar olish, biologik faolligini aniqlash va “tuzilish–faollik” o‘rtasidagi qonuniyatlarni asoslashdan iborat.
IV. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GlKning lipofilligi bir-biridan keskin farq qiluvchi qator murakkab efirlari sintez qilindi va ularning tuzilishi IQ-, UB-, 1H, 13C YaMR-spektroskopiya usullari yordamida aniqlangan;
ilk bor GKMAT asosida olingan supramolekulyar komplekslarining morfologiyasini hamda element tarkibini skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) va energodispersli rentgen spektroskopiyasi (EDS) usullari yordamida aniqlangan;
shirinmiya o‘simligi ildizidan likviritin moddasini ajratib olishning maqbul sharoiti ishlab chiqilgan;
30-O-MetGlKning yara bitiruvchi hossasi o‘rganilib uning 50 mg/kg va 100 mg/kg dozalarida tajribaning 12- va 13- kunlariga kelib nazoratga va qiyosiy preparatlarga (sintomisin 100 mg/kg, levomekol 100 mg/kg ) nisbatan teri yuzasidagi yarani 100%ga tuzatishi aniqlangan;
GK, GlKning ayrim aromatik va geterohalqali aminlar, alkaloidlar, sulfanilamid birikmalar bilan qator (jami 30 ta) komplekslari olinib, fizik-kimyoviy kattaliklari hamda kimyoviy tuzilishi IQ-spektroskopiya va mass-spektrometriya usullari yordamida aniqlangan;
Ilk bor GlK molekulasining C-3 va C-30 funksional holatlarini modifikatsiyalash orqali uning membrana-faol xossalariga ta’siri aniqlanib, C-3 gidroksil hamda C-30 karboksil guruhlari GlKning gemolitik faolligi va RVD ingibitorlik xossalarini belgilovchi muhim tuzilish markazlar ekanligi ilmiy jihatdan aniqlangan;
ilk bor GKMAT va biofaol shisha tutgan kompozisiyalar olindi hamda ularning suyak iligi hosil bo‘ladigan mezenximal ildiz hujayralari (BMSCs) hayotchanligi ortishiga hamda yashovchanligi va osteogen differensiatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Triterpen kislotalarining (GK, GlK) yangi hosilalari sintezi, supramolekulyar komplekslar hamda biofaol materiallar olinishi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GK, GKMAT va BSh asosida olingan kompozision materiallarning hamda GK, GlK hosilalarining olinishi tuzilishi, biologik faolliklari natijalaridan xorijiy ilmiy nashrlarda ushbu turdagi moddalarning olinishi va biologik faolliklarini tahlil qilish boʻyicha e’lon qilingan ilmiy natijalarga yuqori impakt-faktorga ega xorijiy ilmiy jurnallarda havolalar keltirilgan: (Journal of Microorganisms (IF=4.2), Open Ceramics (IF=2.8), Fibers and Polymers (IF= 2.3), Materials Letters (IF=2.7), Pharmaceutical Chemistry Journal (IF=1.0), Biomedicine and Pharmacotherapy (IF=7.5), Journal of HerbMed Pharmacology (IF=1.45), Food Chemistry:X (IF=8.2); Membranes (IF=3.6), Monatshefte fur Chemie (IF=1.9), Chemico-Biological Interactions (IF=5.4). Natijada, shu turdagi yangi biologik faol hosilalarini olish, tuzilishini va biologik faolliklarini aniqlash imkonini bergan;
“GLYNIAL” BFQ ishlab chiqilib texnologik yo‘riqnomasi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tamonidan tasdiqlangan (TY 306253488-011:2025, 22.01.2026). Natijada, mahalliy xomashyo asosida yallig‘lanishga qarshi “GLYNIAL” BFQni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imqonini bergan;
shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) ildizidan likviritin flavononini ajratib olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP 8096, 13.06.2025). Natijada, shirinmiya o‘simligi ildizidan likviritin flavononini ajratib olishning samarali usulini ishlab chiqish imkonini bergan.