Choriev Beruniy Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sud tibbiyotida qo‘llash maqsadida odam va hayvon oqsillarini presipitatsiyalovchi immun zardoblarni olish imkoniyatlari», 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib976.
Ilmiy rahbar: Baxriev Ibragim Isomadinovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xvan Oleg Innokent`evich, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Baxtiyor Saidovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sud tibbiyotida qo‘llash uchun odam va hayvon oqsillarini presipitatsiyalovchi immun zardoblarni olish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqsilning tur mansubligini aniqlash uchun presipitatsiyalovchi spesifik immun zardoblarni olishda immunizatsiyaning texnologik imkoniyatlari kengayishini ta’minlovchi antigen va immunostimulyator sifatida formalinni hayvonlarga yuborishga qaratilgan optimal miqdor tanlashga asoslangan;
odam yoki hayvon qoni zardobi bilan formalin aralashmasidan tayyorlangan antigen yordamida quyonlarni emlash orqali yuqori titrli spesifik presipitatsiyalovchi immun zardoblarni olish tartibi baholangan;
radial immunodiffuziya usuli bilan olingan presipitatsiyalovchi spesifik immun zardoblarni qo‘llash, turli to‘qimachilik matolaridagi va kichik hajmdagi qon dog‘larining tur mansubligini baholash va tekshiruv ob’ektining tejamkorligini ta’minlashga asoslangan;
zardoblar titri, spesifikligini saqlash muddatining turg‘unligi, emlash uchun qo‘llanilgan antigenning turiga bog‘liqligi, odam va qush (tovuq) oqsilini presipitatsiyalovchi zardoblar o‘n ikki oyda, shoxli hayvon va ot oqsilini presipitatsiyalovchi zardoblar to‘qqiz oyda sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun yaroqliligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sud tibbiyotida qo‘llash maqsadida odam va hayvon oqsillarini presipitatsiyalovchi immun zardoblarni olish imkoniyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Sud tibbiyoti amaliyotida qo‘llash uchun presipitatsiyalovchi immun zardoblarni olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 8n-d/251-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oqsil turini baholash uchun presipitatsiyalovchi spesifik immun zardoblar olinishining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, olingan presipitatsiyalovchi zardoblarni sud-tibbiyoti amaliyotida qo‘llash imkonini bergan;
«Presipitatsiyalovchi zardoblardan foydalanib qonning tur mansubligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 8n-d/251-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma oqsil turini baholash uchun olingan presipitatsiyalovchi spesifik immun zardoblar olinishining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish, qon dog‘larining tur mansubligini baholash va sud-tibbiy ekspertizaning samarali xulosasini olish imkonini bergan;
sud-tibbiyotida qo‘llash maqsadida odam va hayvon oqsillarini presipitatsiyalovchi immun zardoblarni olish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlari filiallarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 8n-z/4-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi immun zardoblarni olishda immunizatsiyaning samarali usulini ishlab chiqish va hayvonlarda yuqori immun javobni ta’minlash, immunizatsiya muddatlari, mehnat va moddiy xarajatlarni sezilarli ravishda qisqartirish, immun zardobning yuqori titrliligi hamda sud-tibbiyoti amaliyotida samarali qo‘llash tizimini yaratish va samaradorligini oshirish imkonini berganligi bilan izohlangan.