Tashpulatova Maloxatxon Komil qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Salmonella va Escherichia coli shtammlarining antimikrob preparatlarga chidamliligini mikrobiologik va molekulyar-genetik tadqiqi”, 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V1364.
Ilmiy rahbar: Tashmuhamedova Shohista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ilg‘or texnologiyalar markazi, DSc.05/2025.27.12.B.27.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzarahmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori; Sherimbetov Anvar Gulmirzaevich, biologiya fanlari doktori, professor..
Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Broyler tovuqlari va O‘II bilan kasallangan bemorlardan ajratib olingan Salmonella spp. va Escherichia coli shtammlarining antimikrob preparatlarga sezgirligini hamda chidamlilik genlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda O‘II bilan kasallangan bemorlar va broyler tovuqlardan ajratilgan Escherichia coli hamda Salmonella spp. shtammlarining antibiotiklarga sezgirlik profilini mikrobiologik usullar yordamida tahlil qilindi hamda qiosiy baholangan; 
O‘II bilan kasallangan bemorlar va broyler tovuqlardan ajratib olingan Escherichia coli hamda Salmonella spp. shtammlarida antibiotiklarga chidamlilikni ta’minlovchi genlar PZR asosida identifikatsiya qilinib, ularning uchrash chastotasi  aniqlangan;
odamlar va tovuqlardan ajratib olingan Escherichia coli hamda Salmonella spp. shtammlarida antibiotiklarga chidamlilikni ta’minlovchi  multichidamlilik genlari aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda broyler tovuqlardan ajratib olingan Escherichia coli shtammlarida aminoglikozid guruhiga kiruvchi antibiotiklarga chidamlilik acc (6,)-II (Aminoglikozid-N-atsetiltransferaza) geni aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘II bilan kasallangan bemorlar va broyler tovuqlardan ajratib olingan E.coli va Salmonella shtammlarini antibiotiklarga chidamliligini mikrobiologik va molekulyar-genetik tadqiq qilish natijalar asosida: 
E. coli bakteriyalarini antibiotiklarga chidamlilik genlarining uchrash chastotasi bo‘yicha olingan natijalar va spesifik praymerlar ketma-ketligi asosida “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish” (GIZ — The Deusche GESellschaft für Internationale Zusammenarbeit) xalqaro loyihasida oqava suvlardagi bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligini aniqlashda foydalanilgan (Myunxen Texnika universitetining 2025 yil 1 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro loyiha doirasida O‘zbekiston hududidagi oqova suvlarda bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligini tadqiq etishda chidamlilik genlarini maqsadli tanlash, ularni monitoring qilish jarayoni soddalashtirildi, vaqt va moliyaviy resurslarni tejash imkonini bergan;
broyler tovuqlardan va o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallangan bemorlardan ajratib olingan E. coli shtammlarining 16S rRNK geniga tegishli nukleotid ketma-ketliklari Xalqaro biotexnologik axborot milliy markazi (NCBI)ning GenBank ma’lumotlar bazasida PX387692 va PX387642 (03.07.2025) raqamlari bilan ro‘yxatga olingan. Natijada, O‘zbekistonda tarqalgan shtammlar haqidagi ma’lumotlar bazasi boyitish imkonini bergan; 
antibiotiklarga chidamliligi bo‘yicha keng spektrli E.coli shtammlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi inson infeksiyalarining III-IV guruhlari patogen mikroorganizmlari milliy kolleksiyasiga topshirildi hamda shtammlar 007548 va 007549 kolleksiya passport raqami bilan ro‘yxatga olingan  (RIEMYuPKIATMning Mikroorganizmlarni deponentlanganligi to‘g‘risidagi  2025 yil 3  iyuldagi 01-12/299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy kolleksiya antibiotiklarga chidamliligi bo‘yicha keng spektrli va chidamlilik genlari mavjud bo‘lgan E.coli shtammlari bilan boyitish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish