Abdullaev Ahmadjon Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarning qiyosiy tipologik tadqiqi” (ingliz va o‘zbek tillari materiali asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3808.
Ilmiy rahbar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, fililogiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruz Nomonjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz va o‘zbek tillaridagi KNIEKSFlarni qiyosiy asosda o‘rganish, ularning izomorfik va allomorfik xususiyatlarini ochib berish hamda tarjima  jarayoni uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:                     
hozirgi zamon tilshunosligida  eponimik komponentli  frazemalar, jumladan kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarga oid turli yondashuvlar tahlilga tortilgan, umumlashtirilgan va tavsiflangan;
ingliz va o‘zbek tillarida kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarning sintaksis tizimidagi o‘rni hamda struktural-semantik turlari aniqlanib, ular tavsiflangan, tasniflangan va ilmiy asoslangan;
kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarning  lingvopragmatik va lingvokulturologik jihatlari ochib berilgan, ularning tibbiyot bilan bog‘liq badiiy va tibbiy diskursda lingvomedpragmema va lingvomedkulturema sifatidagi  qo‘llanishi ilmiy jihatdan asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarning izomorfik  va allomorfik xususiyatlari ochib berilib, ularning tillararo mutanosiblik darajasi aniqlangan hamda  tarjima jarayoni  uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ingliz va o‘zbek tillaridagi eponimlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi asosida:
hozirgi zamon tilshunosligida  eponimik komponentli  frazemalar, jumladan kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarga oid ilmiy natija va xulosalardan 2019 – 2022-yillarga mo‘ljallangan A-OT-2019-10 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek tilida neyming: meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish”da foydalanildi (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 11-fevraldagi 04/1-530-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishda, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
ushbu tadqiqot ishi doirasida to‘plangan materiallar, qo‘yilgan  muammolarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosa va  umumlashtirilgan fikrlar asosida eponimlarning struktural-semantik hamda kommunikativ-funksional jihatlari doirasida uning makromaydoni tasniflandi (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 8-fevraldagi 04/491-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida eponimlarning sintaktik strukturasi, turli sintaksemalar bilan ifodalanishi, kommunikativ qo‘llanish maqsadi, stilistik xususiyatlari, leksik-sintaktik xoslanishi,  semantik-tematik jihatlari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar bo‘yicha tadqiqot natijalari “English as a medium of Instruction (EMI)” kurslarida qo‘llanildi;
kasallik nomlarini ifodalovchi “eponim” konsepti ifoda vositalarining turli til birliklarida va turli  uslubdagi   matnlarda,   ayniqsa   nasriy asarlardagi vazifasi salmoqli ekanligi, uning o‘ziga xos jihatlari,  nutqning ravon, to‘laqonli va ekspressivligini ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid tahlil va nazariy  ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi hamda “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”,  “O‘zbekiston yoshlari”  nomli eshittirishlarning 2024-yil mart va  dekabr oylariga mo‘ljallangan  sonlari ssenariylarida foydalanildi (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston” teleradiokanali 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-134-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan media materiallar mazmun jihatdan mukammallashdi; 
shuningdek, dissertatsiyadan olingan ilmiy natija va xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022 – 2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli  “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi − o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarish jarayonida foydalanildi (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-sentyabrdagi  01/4-4318-son ma’lumotnomasi). Jumladan, “eponim” frazemasi, uning lingvokognitiv asoslari va universal tabiatiga oid  nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish va tavsiflash natijasida olingan ilmiy xulosalar turli tizimli tillarda, xususan, kasallik nomlarini ifodalovchi eponimik komponentli substantiv frazemalarda faol qo‘llanildi. Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida tadqiqotning izomorf va allomorf jihatlari ochib berildi, ularning tillararo mutanosiblik darajasi aniqlandi va tarjima jarayoniga qaratilgan nazariy hamda va amaliy ishlar yanada samarali tashkil etildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish