Madraximova Saxiba Davlatboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umimiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cydonia oblonga Miller o‘simligi kimyoviy tarkibi va biologik faolligini o‘rganish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1041.
Ilmiy raxbar: Matchanov Alimjan Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/B.18.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, proffessor; Xoshimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Cydonia oblonga Miller o‘simligining kimyoviy tarkibini aniqlash hamda dorivor o‘simliklar ekstraktlari asosida antidiabetik ta’sirga ega biologik faol qo‘shimcha uchun maqbul tarkib ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizning turli iqlim sharoitida etishtirilgan Cydonia oblonga Miller o‘simligi er ustki qismi kimyoviy tarkibi o‘rganilishi natijasida iqlim sharoiti qurg‘oqchil bo‘lgan erlarda o‘sadigan o‘simliklar makro-, mikroelementlar, C, B6, B9 vitaminlarga boy ekanligi aniqlangan;
o‘simlik barglaridagi flavonoidlar miqdori mavsumiy tahlil qilinish natijasida gullash va meva berish davrida ularning miqdori farq qilishi aniqlangan;
C.oblonga Mill. o‘simligi bargidan ajratib olingan polifenollar yig‘indisi identifikatsiya qilinib, o‘simlik tarkibidan ilk bor 3 ta modda ajratib olindi, kimyoviy tuzilishi fizik-kimyoviy usullar bilan isbotlangan;
1,7-bis (4-gidroksi-3-metoksifenil) geptan-3,5-dion) birikmasi ¹H, ¹³S YaMR spektrlari tahlili asosida 4-N, C-5, C-3, S-4 atomlari keto-enol tautomeriya hosil qilishi isbotlangan;
in vitro va in vivo sharoitlarda o‘rganilgan biologik faollik natijalari suvli ekstraktning antidiabetik faolligi spirtli ekstrakti, polifenol va polisaxaridlariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cydonia oblonga Miller o‘simligi kimyoviy tarkibini o‘rganish, biologik faolligini tahlil qilish asnosida:
C.oblonga Mill. kimyoviy tarkibini o‘rganish doirasida olingan ilmiy natijalar Bioorganik kimyo instituda bajarilgan “Istiqbolli biologik faol birikmalarning farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish” mavzusidagi davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 2 apreldagi 4/1255-822-son ma’lumotnomasi). Natijada, Cydonia oblonga barglaridan olingan suvli ekstrakt qondagi glyukoza miqdorini muvofiqlashtirish xususiyatiga ega ekanligini isbotlash imkonini bergan;
Cydonia oblonga Mill, Helianthus tuberosus L. quruq ekstraktlari va rutin flavonoidi asosida diabetga qarshi “Cytorutin” BFQ olingan va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tamonidan tasdiqlangan (TI 306253488-005:2025). Natijada, “Life Science and Technology” MChJ korxonasida ushbu antidiabetik faollikga ega biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan.