Egamberdiev Soxibjon Abdulqosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi polietilentereftalatni monoetanolamin bilan aminolizlash va reaksiya maxsulotlari asosida kompozision materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 -  Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2615.
Ilmiy rahbar: Alimuxamedov Muzaffar Ganievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Qodirov To‘lqin Jumaevich  texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ikkilamchi polietilentereftalatni monoetanolamin bilan aminoliz jarayonini tizimli tadqiq qilish va aminoliz reaksiyasi asosida korroziya ingibitor olish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polietilentereftalatning monoetanolamin  bilan  kimyoviy destruksiyalanish qonuniyatlari asoslanib, bis-(2-gidroksietilen)-tereftalamid olishning maqbul sharoitlari va chiqish unumiga ta’sir qiluvchi omillari aniqlangan;
katalizatorsiz aminoliz jarayonini harorati 190 da IPET: MEA = 1:4 el. zanjir mol/mol nisbatida, bis-(2-gidroksietilen) tereftalamid unumi 83 % gacha oshishi isbotlangan;
sintez qilingan bis-(2-gidroksietilen)tereftalamidni tuzilishi va xossalari zamonaviy IQ- va PMR-spektrlari, mass spektroskopiya yordamida aniqlangan. 
olingan bis-(2-gidroksietilen)tereftalamid smarali korroziya ingibitor ekanligi isbotlangan;
ikkilamchi polietilentereftalatni monoetanolamin bilan aminoliz mahsuloti asosida korroziya ingibitor olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
ikkilamchi polietilentereftalatni monoetanolamin bilan aminoliz mahsuloti asosida korroziya ingibitor olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi polietilentereftalatni monoetanolamin bilan kompleks aminoliz jarayonini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polietilentereftalatning monoetanolamin bilan katalizatorsiz aminolizi bilan dektruksiyalash texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning «2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2026 yil 19 yanvardagi 15-04-sonli ma`lumotnomasi). Natijada, mexanik barqaror, kimyoviy chidamli biologik parchalanmaydigan, ekotizimda uzoq saqlanuvchi polimer asosli chiqindilarni maqsadli qayta ishlash imkonini beradi;
bis-(2-gidroksietilen)-tereftalamid asosida po‘lat qurilmalarni korroziyadan himoyalash uchun korroziya ingibitori ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning «2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2026 yil 19 yanvardagi 15-04-sonli ma`lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi PET va etanolamin asosida olingan korroziya ingibitorini qo‘llab konstruksion qurilmalarning samarali ishlashini ta’minlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish