Yuldasheva Nafisa Sabirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Tabiiy manbalardagi bitumni qayta ishlash texnologiyasi va qo‘llanilishi, 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T3813.
Ilmiy rahbar: Yusupova Lola Azimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Vapaev Murod Dusummatovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy noorganik kimyo isntituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy tog‘ jinslari asosida muqobil yo‘l bitumi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy bitum muqobil manba sifatida asoslanib, Farg‘ona viloyati Chimyon tumani tabiiy tog‘ jinslarini ekstraktsiya qilishda xloroform maqbul erituvchi ekanligi isbotlangan;
tabiiy tog‘ jinslarini ekstraktsiya qilish jarayonida tog‘ jinsi va erituvchining massa ninbat 1:3, erituvchi konsentratsiyasi 25%, harorat 20 oC va vaqt 4 soat ekanligi asoslangan;
ajratib olingan bitum namunalarining elastikligini oshirish maqsadida degidratatsiya qilish jarayonida harorat 120 oC va jarayon davomiyligi 6 soat ekanligi asoslangan;
ekstraktsiya qilib olingan ekstraktga 120 oC xarorat, 6 soat reatsiya davomiyligi va 15 atm bosim metilol guruxlari kiritilib, olingan modifikatsiyalangan bitum namunalarining fizik-kimyoviy va geologik xossalari meyyorga talablariga mosligi isbotlangan; 
muqobil bitumdan tayyorlangan asfalt qorishmalari real yo‘l sharoitlarida yuqori mexanik chidamliligi, iqlimga barqarorligi va xizmat muddatining uzayishi isbotlangan;
Farg‘ona viloyati Chimyon tumani tabiiy tog‘ jinslari asosida modifikatsiyalangan tabiiy bitum olish texnologiyasini ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati Chimyon tumani tabiiy tog‘ jinslari asosida modifikatsiyalangan tabiiy bitum olish texnologiyasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona viloyati Chimyon tumani tabiiy tog‘ jinslarini xloroformda ekstraktsiya qilish, tabiiy manbalardagi bitumni qayta ishlash texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan itshlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 26 sentyabridagi 15/98-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekstraksiyaning, tog‘ jinsi va erituvchi massasi 1:3 nisbatlarida, 4 soatda organik komplenentlarning maksimal miqdori (90-95 %) erituvchiga o‘tishi va tog‘ jinslari asosida texnik, fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatlari meyyorlarga mos 60/90 yo‘l bitumi olish imkonini beradi; 
tabiiy resurslarni samarali qayta ishlab, ekstraksiya, modifikatsiya va degidrotatsiya bosqichlari orqali tabiiy tog‘ jinslaridan modifaksiyalangan tabiiy bitum olish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan itshlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 26 sentyabridagi 15/98-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqbul sharoitlarda metilol guruhlarini kiritish va degidratatsiyalash orqali olingan modifikatsiyalangan bitum asosida mexanik chidamli, iqlimga barqarorli va xizmat muddati uzaytirilgan asfalt qorishmalari olish imkonini beradi.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish