Inoyatova Dilnoza Qunonboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf  o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik asoslari (bolalar she’riyati asosida)”, 13.00.01  - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD /Ped10671.            
Ilmiy rahbar: Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Ozod Tursunboy o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Qayumov Abduvahob Abdurahimovich,  filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar she’riyati materiallari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini nazariy jihatdan asoslash va amaliy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalar she’riyati orqali ijodiy tafakkurni rivojlantirishning uch bosqichli metodik tizimi (idrok bosqichi, anglash bosqichi, ijodiy ifoda bosqichi) yaratilgan va mazkur tizimga asoslangan dars o‘quvchining shaxsiy tajribasi va hissiyotlari bilan boyigan kichik ijod maydoniga aylanishi isbotlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘pkanalli idrokni rivojlantirishga asoslangan poetik rezonans mexanizmi (his uyg‘otish → fikrni anglash → fikrni ijodga aylantirish → natijani tahlil qilish → refleksiya)  ishlab chiqilgan;
bolalalarning tafakkur tarzi, estetik qarashlari, shaxsiy tashabbuskorligini tizimli yondashuv asosida rivojlantirishga qaratilgan pedagogik, psixologik, estetik qarashlar yagona tizimga uyg‘unlashtirilib, bola “faol ijodiy sub’ekt” sifatida rivojlanishiga asoslangan yangi pedagogik model yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklariga kiritilgan she’rlar ma’lum tafakkur turini (tasavvuriy-fantastik va divergent tafakkur, obrazli va qiyosiy tafakkur, nutqiy-mantiqiy va assotsiativ tafakkurni rivojlantiruvchi she’rlar) shakllantirishi nuqtai nazaridan tasnif qilinib, ijodiy tafakkurini aniqlash va rivojlanish dinamikasini kuzatish uchun  baholash mezonlari tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
o‘quvchilarning fikrlash jarayoni, shaxsiy faolligi va estetik idrokini  kompleks tarzda o‘stirishga doir pedagogik, psixologik va estetik nazariy yondashuvlar yagona tizimga integratsiya qilinib, bola “faol ijodiy subekt” sifatida rivojlanishiga asoslangan yangi pedagogik modeldan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan “Umumta’lim maktablarining adabiyot darslarida AT texnologiyalarini qo‘llash metodikasi”   (2024 -2025 -yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihasini amalga oshirish jarayonida bolalar adabiyotini o‘qitishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (2026-yil 18-martdagi 01-09/170-sonli ma’lumotnoma); 
bolalar she’riyati asosida ishlab chiqilgan uch bosqichli metodik tizim (idrok, anglash, ijodiy ifoda)dan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822 - raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (2026-yil 18-martdagi 01-09/170-sonli ma’lumotnoma). Natijada bolalarning she’riy matnni tahlil qilish va mustaqil ijod qilish qobiliyatlarini sezilarli darajada rivojlantirishga xizmat qilishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘pkanalli idrokni rivojlantirishga asoslangan poetik rezonans mexanizmi (his uyg‘otish → fikrni anglash → fikrni ijodga aylantirish → natijani tahlil qilish → refleksiya) “Bolalar adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-312-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning samaradorligi ortgan;
boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklariga kiritilgan she’rlar ma’lum tafakkur turini (tasavvuriy-fantastik va divergent tafakkur, obrazli va qiyosiy tafakkur, nutqiy-mantiqiy va assotsiativ tafakkurni rivojlantiruvchi she’rlar) shakllantirishi nuqtai nazaridan tasnif qilinib, ijodiy tafakkurini aniqlash va rivojlanish dinamikasini kuzatish uchun  baholash mezonlari tizimi ishlab chiqilgan o‘rinlardan                    AL-322103020 raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon universitetining 22.04.2026- yildagi 01/03/408 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada platforma yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, foydalanuvchilarga qulayliklar yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish