Nuriddinov Sharofiddin Jaloliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’umotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda keng qo‘llaniladigan oziq-ovqat yog‘larining molekulyar tarkibini tahlil qilish va ularning inson salomatligiga potensial ta’siri», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K835
Ilmiy rahbar: Xakimov Bekzod Bahramovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa(muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/B. 18.01.
Rasmiy opponentlar: Muhiddinov Baxtiyor Ikramovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ruziboev Akbarali Tursunboevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda keng iste’mol qilinadigan oziq-ovqat yog‘larining kompleks molekulyar tahlilini o‘tkazish, termik ishlov berishda ularning tarkibidagi o‘zgarishlarni baholash va termodegradatsiyaning diagnostik markerlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta mahalliy bozoridagi mavjud oziq-ovqat yog‘larining kompleks instrumental yondashuv va xemometrika oraqali molekulyar tavsiflangan;
yog‘lar tarkibidagi termoinduksiyalangan o‘zgarishlar qonuniyatlari xarorat va vaqt ta’siri ostida qizdirish sharoitida eksperimental tarzda miqdoriy jihatdan tavsiflangan;
trans-izomerizatsiya uchun turli qizdirish rejimlarining hal qiluvchi ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
ASCA-modeli asosida termooksidlanish va degradatsiyaning diagnostik markerlari ajratib olingan;
IQ spektroskopiyaning 966 sm⁻¹ to‘lqin uzunligida transyog‘ kislotalarini miqdoriy baholashning tezlashtirilgan usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat yog‘larining molekulyar tarkibini tahlil qilish va ularning inson salomatligiga potensial ta’siri baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik moylarining molekulyar tarkibini aniqlash, termik ishlov ta’sirida yuzaga keladigan tarkibiy o‘zgarishlarni baholash hamda trans-yog‘ kislotalari va termooksidlanish mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan bir necha yetakchi xalqaro ilmiy o‘simlik moylari tarkibidagi trans yog‘larning turli jarayonlaridagi o‘rgarishlarini aniqlashda foydalanilgan (Food Chemistry (IF – 9.8), Frontiers in Public Health (IF – 3.4), Foods, (IF – 5.1); Foods, (IF – 5.1)). Natijada, trans yog‘larni kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.
trans-yog‘ kislotalarini miqdoriy aniqlash bo‘yicha IQ-Fure spektroskopiyasi asosida ishlab chiqilgan usuldan Kopengagen universitetining Oziq-ovqat analitikasi va biotexnologiya laboratoriyasida saryog‘ va margarin namunalarida trans-yog‘ kislotalarini tezkor va miqdoriy baholashda foydalanilgan (Kopengagen universitetining 2026-yil 13-yanvardagi 13/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, IQ-Fure spektroskopiyasi asosida oziq-ovqat yog‘larida trans-yog‘ kislotalarini standartlashtirilgan holda aniqlash, tahlil jarayonini tezlashtirish va miqdoriy baholash imkoniyati yaratilgan.