Axmedova Saodat Tashboltaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy chegara mintaqalarida tuproq tarkibining aholi salomatligiga ta’sirini biologik-gigienik aspektlari», 14.00.07 – Gigiena (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/V1777.
Ilmiy rahbar: Alimuxamedov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qaxxor Mirzaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Mirzakarimova Malohat Abduvoxitovna, biologiya fanlari doktiri, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston profilaktik tibbiyotning ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: chegara xududlarda aholi salomatlik holatiga tuproqning ta’sirini biologo-gigienik baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chegara hududlarida aholi yashash joylari atmosfera havosida mavjud turli guruhlarga mansub pestisidlar va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning tuproq tarkibidagi qoldiq miqdorlarining saqlanish darajasiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni bashoratlashning gradatsiyalangan tizimi ishlab chiqilgan;
chegara hududlarining aholi yashash joylaridagi tuproq ifloslanishini shakllantiruvchi omillar aniqlanib, tuproqda kimyoviy moddalar qoldiq miqdorlarining uzoq saqlanishi natijasida nikel, xrom, mis, rux va ftoridlar miqdorining ortishi hamda bu holatning onkologik kasalliklar tarqalishi bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
chegara hududlarining aholi yashash joylaridagi tuproq tarkibida pestisidlar miqdorining ortishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan sut va boshqa mahsulotlarda aflotoksinlar miqdorining ko‘payishi tamoyillari aniqlanib, tuproqdagi kimyoviy moddalar qoldiq miqdorlarining summar birligining yangi gigienik me’yor ishlab chiqilgan;
qo‘shni davlatlar hududlaridan shamol oqimlari orqali kelib tushuvchi kimyoviy moddalarning tuproqda saqlanish xususiyatlari davriy monitoring asosida ularning nafas olish va reproduktiv tizim onkologik kasalliklari rivojlanishi bilan bog‘liq xavflarning oldini olish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy chegara mintaqalarida tuproq tarkibining aholi salomatligiga ta’sirini biologo-gigienik aspektlarini o‘rnini baholash va asoslashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chegara hududlarida aholi yashash joylari atmosfera havosida mavjud turli guruhlarga mansub pestisidlar va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning tuproq tarkibidagi qoldiq miqdorlarining saqlanish darajasiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni bashoratlashning gradatsiyalangan tizimi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 iyulda 79-son bilan tasdiqlangan «Janubiy chegara xududlarida istiqomat qilayotgan aholi salomatlik holatiga tuproqning ta’siri biologo-gigienik jihatlarni baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyat boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 68/1–p–son, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 24/1-son, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/225-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 62/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chegara xududlarning aholi yashash joylaridagi atmosfera havosining tarkibidagi turli zarrali kimyoviy moddalarning tuproq taribidagi qoldiq miqdorining saqlanish darajasining o‘ziga xos xususiyatlarini bashoratlashning gradatsiyasi ishlab chiqishi natijasida aholi orasida rivojlanidigan kasalliklarni kamaytirish, aholining salomatlik holatini yaxshilash va somatik kasalliklarni oldini olish natijasida hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: chegara xududlarning aholisida yuzaga keladigan noaniq etiologiyali kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3078000 so‘m miqdorida mablag‘lar xavf omillarni bashoratlash gradatsiyasini tatbiq etish orqali xastalikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: chegara hududlarining aholi yashash joylaridagi tuproq ifloslanishini shakllantiruvchi omillar aniqlanib, tuproqda kimyoviy moddalar qoldiq miqdorlarining uzoq saqlanishi natijasida nikel, xrom, mis, rux va ftoridlar miqdorining ortishi hamda bu holatning onkologik kasalliklar tarqalishi bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 iyulda 79-son bilan tasdiqlangan «Janubiy chegara xududlarida istiqomat qilayotgan aholi salomatlik holatiga tuproqning ta’siri biologo-gigienik jihatlarni baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyat boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 68/1–p–son, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 24/1-son, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/225-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 62/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chegara xududlarning aholi yashash joylaridagi tuproqning ifloslanishini yuzaga keltiradigan omillari, ifloslantiruvchi kimyoviy moddalarning tuproq tarkibidagi qoldiq miqdorining saqlanishi natijasida tuproq tarkibidagi nikel, xrom, med, rux va ftoridlar miqdorini o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan onkologik kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liqligi natijasida aholi orasida rivojlanidigan kasalliklarni erta tashxislash, oldini olish orqali, aholining salomatlik holatini yaxshilash va somatik kasalliklarni oldini olish natijasida hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: chegara xududlarning aholi yashash joylaridagi tuproqning nikel, xrom, med, rux va ftoridlar bilan ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3078000 so‘m miqdorida mablag‘lar xavf omillarni bashoratlash gradatsiyasini tatbiq etish orqali xastalikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: chegara hududlarining aholi yashash joylaridagi tuproq tarkibida pestisidlar miqdorining ortishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan sut va boshqa mahsulotlarda aflotoksinlar miqdorining ko‘payishi tamoyillari aniqlanib, tuproqdagi kimyoviy moddalar qoldiq miqdorlarining summar birligining yangi gigienik me’yor ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 iyulda 79-son bilan tasdiqlangan «Janubiy chegara xududlarida istiqomat qilayotgan aholi salomatlik holatiga tuproqning ta’siri biologo-gigienik jihatlarni baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyat boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 68/1–p–son, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 24/1-son, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/225-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 62/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chegara xududlarning aholi yashash joylaridagi tuproqning tarkibidagi pestisidlar miqdorini ortishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi, sut va boshqa mahsulotar tarkibida aflotiksinlar miqdorining ortishi tuproq taribidagi qoldiq miqdorining summar birligining yangi me’yorini ishlab chiqilgan natijasida aholi orasida rivojlanidigan kasalliklarni kamaytirish, salomatlik holatini yaxshilash va somatik kasalliklarni oldini olish natijasida hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: chegara xududlarning aholi yashash joylaridagi tuproqning tarkibidagi pestisidlar miqdorini ortishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan 3078000 so‘m miqdorida xavf omillarni bashoratlash gradatsiyasini tatbiq etish orqali xastalikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘shni davlatlar hududlaridan shamol oqimlari orqali kelib tushuvchi kimyoviy moddalarning tuproqda saqlanish xususiyatlari davriy monitoring asosida ularning nafas olish va reproduktiv tizim onkologik kasalliklari rivojlanishi bilan bog‘liq xavflarning oldini olish tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 2 iyulda 79-son bilan tasdiqlangan «Janubiy chegara xududlarida istiqomat qilayotgan aholi salomatlik holatiga tuproqning ta’siri biologo-gigienik jihatlarni baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Andijon viloyat boshqarmasi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 68/1–p–son, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 24/1-son, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/225-son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 62/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chegara xududlarning aholi yashash joylaridagi atmosfera havosiga qo‘shni davlatlarda shamol guli natijasida uchib kelayotgan kimyoviy moddalarning tuproq taribida saqlanishni davriy monitoring natijasida nafas olish va reproduktiv organlarining onkologik kasalliklarning rivojlanishi bilan bog‘liqligini o‘ziga xos xususiyatlarini oldini olish tartibi ishlab chiqish natijasida aholi orasida rivojlanidigan kasalliklarni kamaytirish, aholining salomatlik holatini yaxshilash va somatik kasalliklarni oldini olish natijasida hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: chegara xududlarning aholisida nafas olish va reproduktiv organlarining onkologik kasalliklarni tashxislash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3078000 so‘m miqdorida mablag‘lar xavf omillarni bashoratlash gradatsiyasini tatbiq etish orqali xastalikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.