Inomova Dilshunosxon Abdullajon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mukarrama Murodova va uning adabiy faoliyati” 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil6999
Ilmiy rahbar: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Ma’rifat Baqoevna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Go‘zal Qodirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mukarrama Murodova hayoti va ijodini maxsus tadqiq etish, shoira tarjimayi holini tiklash, uning davr adabiy jarayonida tutgan o‘rnini belgilash va she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk marotaba Mukarrama Murodovaning hayoti va ijodiy biografiyasi rasmiy hujjatlar, shoira haqidagi xotiralar, maktublar asosida tiklangan;
shoiraning lirik merosi tahlili natijasida she’riyatining mavzu ko‘lami, janr tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari aniqlangan. She’rlaridagi xususiy muallif ko‘chimlarining salmog‘i an’anaviy metaforalarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etishi asoslangan;
Mukarrama Murodovaning lirik qahramoni ona, oqila rafiqa, vafodor ayol, ijtimoiy faol fuqaro, bola ko‘rinishlarida namoyon bo‘lgani, she’rlarida falsafiy-estetik qarashlarni ifodalash maqsadida tabiat va inson o‘rtasidagi dialektik aloqadan samarali foydalangani, peyzaj shoiraning badiiy niyatini o‘quvchiga etkazishda muhim vosita ekanligi dalillangan;
shoiraning maktublari nafaqat informatsiya etkazish, balki didaktik, falsafiy-estetik qarashlarni ifodalash jihatidan ham epistolyar janr takomilida alohida o‘rin tutishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mukarrama Murodova she’riyati va uning poetikasi masalasini tadqiq etish jarayonida chiqarilgan xulosalar, erishilgan ilmiy natijalarning joriylanishi quyidagilarda ko‘rinadi:
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk marotaba Mukarrama Murodovaning hayoti va ijodiy biografiyasi rasmiy hujjatlar, shoira haqidagi xotiralar, maktublar asosida tiklanganligi, Mukarrama Murodovaning olima sifatidagi ilmiy izlanishlari, she’riyati milliy qadriyatlarni yorqin ifoda etishi, shoira uslubi soddaligi va chuqur falsafiylikni uyg‘unlashtirib, o‘zbek lirikasining an’anaviy uslublarini yangi estetik pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilganligi to‘g‘risidagi tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining she’riyat kengashi yig‘inlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 2-martdagi 01-03/99-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar va tadqiqotchilaming adabiyotshunoslik bo‘yicha tasavvurlari kengaygan, badiiy matnga to‘g‘ri yondashuv ko‘nikmalari oshgan hamda o‘zbek she’riyatida muhim rol o‘ynagan yana bir shoira faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lingan;
shoiraning lirik merosi tahlili natijasida she’riyatining mavzu ko‘lami, janr tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari aniqlangan, she’rlaridagi xususiy muallif ko‘chimlarining salmog‘i an’anaviy metaforalarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etishi asoslangan o‘rinlardan AL-322103020 raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon universitetining 20.04.2026 yildagi № 34-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektoron platforma o‘zbek shoiralari silsilasining davomiy ekanligi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.
Mukarrama Murodovaning badiiy ijodida lirik qahramonning ona, oqila rafiqa, vafodor ayol, ijtimoiy faol fuqaro va bola obrazlarida namoyon bo‘lishi, uning she’rlarida falsafiy-estetik qarashlarni ifodalashda tabiat va inson o‘rtasidagi dialektik aloqadan samarali foydalanilgani, shuningdek, peyzaj tasvirlari orqali muallifning badiiy niyatini o‘quvch iga etkazish vositasi sifatidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan o‘rinlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar institutida o‘tkazilib kelinayotgan anjumanlar, seminarlarda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 25 mart 2026-yil.10/210-son ma’lumotnomasi)
Shoira Mukarrama Murodovaning maktublari nafaqat ma’lumot etkazish, balki didaktik, falsafiy-estetik qarashlarni ifodalash jihatidan ham epistolyar janr takomilida alohida o‘rin tutishi asoslangan o‘rinlardan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariylarining 2024-2025 yil hamda 2026 yil yanvar oyi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 05.03.2025 dagi 05-09-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dasturlar epistolyar janr imkoniyatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar bilan boyitilgan.