Abduraxmonov Abdurashid Kosimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov qissalarida inson va tabiat konsepsiyasi”, 10.00.02  - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2862.            
Ilmiy rahbar:  Kasimov Abdugapir Abdikarimovich. Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/25.12.2024.Fil.130.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor;  Jumanova Shaxnoza Ikromjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Normurod Norqobilov hamda Mengziyo Safarov qissalarida inson va tabiat konsepsiyasi badiiy talqinini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- xarakterlar ongosti tuyg‘ulari tasviri va ijtimoiy munosabatlar mushtarakligi,  voqelikni mantiqiy muayyan nuqtaga yig‘ish, hayotiy ziddiyatlarni ishonarli aks ettirish N.Norqobilov va M.Safarov  ijodiy konsepsiyasini belgilaydigan muhim poetik tamoyillar ekanligi dalillangan;
- adiblar poetik uslubida badiiy makon davrlararo ruhiy bo‘shliqlarni birlashtirib turishi, epik miqyos qamrovi poetik obrazning umumiy saviyasini ta’minlasa, vaqt oqimi obraz dunyosi va holat-harakat davomiyligini chuqurlashtirishi asoslangan;
- Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov asarlaridagi peyzaj tasviri qahramonning ruhiyati va xarakterini ochib berishga xizmat qilishdan tashqari, kompozisiyani harakatga keltiruvchi, keyingi voqealarni o‘zaro bog‘lovchi muhim vosita vazifasini bajargani aniqlangan;
- inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ekologik muammolardan ogoh qilish kabi g‘oyalarning  reallik va ramziylik uyg‘unligida ko‘rsatish har ikki yozuvchi uslubiga xos bo‘lgan yetakchi xususiyatlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov qissalarida inson va tabiat konsepsiyasi” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov qissalaridagi inson va tabiat konsepsiyasi tasviridagi poetik uslubda badiiy makon davrlararo ruhiy bo‘shliqlarni birlashtirib turishi, epik miqyos qamrovi poetik obrazning umumiy saviyasini ta’minlasa, vaqt oqimi obraz dunyosi va holat-harakat davomiyligini chuqurlashtirishi borasidagi ilmiy qarashlari va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi. Tahlillar va ilmiy xulosalar kitobxonlarning tabiat va borliqqa bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga shakllanishida alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 26-36-912 son ma’lumotnomasi). Natijada adiblar qissalari haqida berilgan ma’lumotlar, asardagi inson va tabiat munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy xulosalar eshittirishning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov asarlaridagi peyzaj tasviri qahramonning ruhiyati va xarakterini ochib berishga xizmat qilishdan tashqari, kompozisiyani harakatga keltiruvchi, keyingi voqealarni o‘zaro bog‘lovchi muhim vosita vazifasini bajargani aniqlangan nazariy fikrlar va xulosalardan 12.35.56-b12 raqamli “Abdulla Qahhorning adabiyotshunosligi” mavzusidagi 2022-2023-yillarda bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (2024-yil 4-dekabrdagi E.5563-son ma’lumotnoma). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
xarakterlar ongosti tuyg‘ulari tasviri va ijtimoiy munosabatlar mushtarakligi,  voqelikni mantiqiy muayyan nuqtaga yig‘ish, hayotiy ziddiyatlarni ishonarli aks ettirish N.Norqobilov va M.Safarov  ijodiy konsepsiyasini belgilaydigan muhim poetik tamoyillar ekanligi dalillanganligi haqidagi xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanigan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5745 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur platformadagi mal’umotlarning ilmiy-nazariy ahamiyati ortgan;
Normurod Norqobilov va Mengziyo Safarov  qissalaridagi  inson  va  tabiat  o‘rtasidagi  muvozanatni  saqlash,  ekologik muammolardan ogoh qilish kabi g‘oyalarning reallik va ramziylik uyg‘unligida ko‘rsatish har  ikki  yozuvchi  uslubiga  xos  bo‘lgan  yetakchi  xususiyatlar  ekanligi  asoslangan, qissalarning badiiy til xususiyatlari tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalardan Davlat  ilmiy-texnik dasturlari   doirasidagi  2022-2024-yillarda  bajarilgan  IL-402104209  “Axborot-qidiruv tizimlari  (Google,  Yandex,  Google  Translate)  uchun  avtomatik  ishlov  berish  vositasi  – o‘zbek  tilining  morfoleksikoni  va  morfologik  analizatori  dasturiy  vositasini  yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 27-martdagi 04/1-1635 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur platformadagi o‘zbek tili semantik ma’lumotlar bazasi boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish