Tursinov Makset Perdebay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasi 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6585
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor/
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirishda didaktik imkoniyatlari atrof-muhitga ongli munosabatini “inson-tabiat-jamiyat” evolyusiyasiga yo‘naltirilgan muhitga sinergetik mobilizatsiyalash, pedagogik hamkorlikni ma’naviy qadriyatlarga xos uyg‘unlikda tahlil qilish, ekologik vaziyatlarga mualliflik talqinini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish modeli ekologik madaniyatni belgilovchi omillarni ekosistemalarga moslashtirish, ekologik madaniyatli shaxs modeliga uyg‘unligini amaliy foaliyatda ekopedagogik algoritmlarga adaptatsiyalash, integrativ yondashuvlar va tamoyillarni mazmuniy-natijaviy komponentlarga vizual materiallardan foydalanishning ijodiy dinamikasi singdirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasi tabiatni muhofaza qilishni bir butun tizim sifatida integrativ ta’limni ta’minlash, ekologik fikrlash faolligini ijodiy muammoni yaratuvchi “qarama-qarshi munosabat” va loyihalashtirish metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish samaradorligi o‘qitish komponentlarini kognitiv, aksiologik va faoliyatli mezonlarga muvofiqlashtirish, mutafakkirlar merosini kasbiy sifat ko‘rsatkichlariga uyg‘unlashtirishni diagnostik baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirishda didaktik imkoniyatlari atrof-muhitga ongli munosabatini “inson-tabiat-jamiyat” evolyusiyasiga yo‘naltirilgan muhitga sinergetik mobilizatsiyalash, pedagogik hamkorlikni ma’naviy qadriyatlarga xos uyg‘unlikda tahlil qilish, ekologik vaziyatlarga mualliflik talqinini kiritish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28 avgustdagi 22-01-554/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirishda didaktik imkoniyatlari oshirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish modeli ekologik madaniyatni belgilovchi omillarni ekosistemalarga moslashtirish, ekologik madaniyatli shaxs modeliga uyg‘unligini amaliy foaliyatda ekopedagogik algoritmlarga adaptatsiyalash, integrativ yondashuvlar va tamoyillarni mazmuniy-natijaviy komponentlarga vizual materiallardan foydalanishning ijodiy dinamikasi singdirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kreativ pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28 avgustdagi 22-01-554/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasi samaradorligini baholashning mezonlari ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish metodikasi tabiatni muhofaza qilishni bir butun tizim sifatida integrativ ta’limni ta’minlash, ekologik fikrlash faolligini ijodiy muammoni yaratuvchi “qarama-qarshi munosabat” va loyihalashtirish metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28 avgustdagi 22-01-554/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyati rivojlantirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish samaradorligi o‘qitish komponentlarini kognitiv, aksiologik va faoliyatli mezonlarga muvofiqlashtirish, mutafakkirlar merosini kasbiy sifat ko‘rsatkichlariga uyg‘unlashtirishni  diagnostik baholash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kreativ pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28 avgustdagi 22-01-554/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida ekologik madaniyatini rivojlantirish samaradorligini aniqlash, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish