Alimova Kamola Xayrulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda korreksion- rivojlantiruvchi texnologiyalarni takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi  (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5226.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarning yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari nutq va psixologik xususiyatlarini yozuvning mayda motorika, kognitiv va lingvistik omillariga maqsadli identifikatsiyalash, korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni individual  ta’lim traektoriyasi modernizatsiyalash, didaktik-differensial amalga oshirilishini  diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish modeli individual va differensial ta’limni kognitiv jarayonlardagi moslashuvchan hamkorlik muhitiga bosqichma bosqich variativ integratsiyalash, mazmunli-natijaviy komponentlarni korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar vositasida muloqot atmosferasiga adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda yozuv ko‘nikmalarini  shakllantirish  metodikasi hamkorlik muhitiga moslashgan mazmunni yozuvning psixofizologik mexanizmlariga integratsiyalash va korreksion-rivojlantiruvchi o‘yinlar, “To‘xta yur”, “Quvnoq odamchalar”, “Ajoyib shilliqurt”, “Oynavand rasm chizish”, “O‘ng va chap” texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan  bolalarda yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi grafomotor va fonematik rivojlanishni qo‘llarning koordinatsiyalashgan harakatlariga barqaror ta’minlash, subektlarning faoliyat mahsuldorligi va dinamikligini oshirishda aniq diagnostikaga asoslangan didaktik ta’minotdan ratsional foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarning yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarini takomillashtirishga doir olingan natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari nutq va psixologik xususiyatlarni yozuvning mayda motorika, kognitiv hamda lingvistik omillarga maqsadli identifikatsiyalash, korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni individual ta’lim traektoriyasiga modernizatsiyalash, didaktik-differensial amalga oshirilishini diagnostik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20.05 11-05-3262/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda yozuv ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini hamda bolalarda kognitiv faoliyatlarning rivojlanganlik holatiga ta’sirini, nazariy va metodik jihatlarini pedagogik tahlil etish imkoni yaratilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni takomillashtirish asosida yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish modeli individual va differensial ta’limni kognitiv jarayonlardagi moslashuvchan hamkorlik muhitiga bosqichma bosqich variativ integratsiyalash, mazmunli-natijaviy komponentlarni korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar vositasida muloqot atmosferasiga adaptatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20.05 11-05-3262/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishning umumdidaktik va maxsus tamoyillar, kompleks, nazariy, shaxsni rivojlantirish yondashuvlariga asoslangan korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar modelini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda  bolalarda yozuv ko‘nikmalarini  shakllantirish  metodikasi hamkorlik muhitiga moslashgan mazmunni yozuvning psixofizologik mexanizmlariga integratsiyalash va korreksion-rivojlantiruvchi o‘yinlar, “To‘xta, yur”, “Quvnoq odamchalar’, “Ajoyib shilliqurt” “Oynavand rasm chizish” “O‘ng va chap”  texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20.05 11-05-3262/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada,  nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarning mazmuni va mexanizmini takomillashtirish imkoni kengaygan.
maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar asosida yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish  samaradorligi grafomotor va fonematik rivojlanishni qo‘llarning koordinatsiyalashgan harakatlariga barqaror ta’minlash, subektlarning faoliyat mahsuldorligi va dinamikligini oshirishda aniq diagnostikaga asoslangan didaktik ta’minotdan ratsional  foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20.05 11-05-3262/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarni takomillashtirish mezonlarining samaradorligi oshgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish