Bakirova Elnora Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab ergash gaplarning struktural-semantik va funksional tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/Fil2369.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori, dotsent Turniyazov Behzod Nigmatovich.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sintaktik sathning murakkab sintaktik birligi bo‘lgan murakkab ergash gaplarning struktur-semantik va funksional tadqiqini monografik tarzda maxsus o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
til sathida keng qamrovli sintaktik lisoniy birlik sanalgan murakkab ergash gaplarni o‘zbek tilida belgilash nazariyasi bo‘yicha ma’lumot berilgan, ularning struktural ko‘rinishlari aniqlangan va misollar yordamida izohlangan;
tobe-hokimlik munosabati asosida shakllanuvchi sintaktik birlik hisoblangan murakkab ergash gaplarning semantik turlari tahlil qilingan va sintaktik xususiyatlari ochib berilgan;
murakkab ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalar hamda qismlari orasidagi mazmuniy munosabatlarning rang-barangligi lisoniy dalillar bilan isbotlangan;
o‘zbek tilida murakkab ergash gaplarning nutq uslublarida qo‘llanishi yoritilgan va ularning til tizimidagi o‘rni aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab ergash gaplarning struktural-semantik va funsional xususiyatlari jihatdan amalga oshirilgan tadqiqi asosida:
murakkab ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalar hamda qismlari orasidagi mazmuniy munosabatlarning rang-barangligi, struktural ko‘rinishlari, semantik turlari izohlangan lisoniy dalillardan, ilmiy natija va xulosalardan 2020 – 2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 26-iyundagi 1/04-273-sonli ma’lumotnomasi);
til sathida keng qamrovli sintaktik lisoniy birlik sanalgan murakkab ergash gaplarni o‘zbek tilida belgilash nazariyasi bo‘yicha berilgan ma’lumotlardan, shuningdek, o‘zbek tilidagi murakkab ergash gaplarning struktural ko‘rinishlari, ularning semantik turlari misollar asosida dalillanganligi hamda murakkab ergash gaplar tahlili bo‘yicha ilmiy qarashlar va xulosalardan 2024 – 2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 28-iyundagi 26-36-1012-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning til sathiga xos tushunchalarni oshirishda hamda ularni o‘rinli qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etgan;
murakkab ergash gapli sintaktik birliklarning lisoniy belgilari, yangicha yondashuv asosidagi tasnifi, shakliy va mazmuniy tuzilishi, ularning boshqa sintaktik strukturalardan farqli tomonlarini tadqiq etishga doir xulosa va ilmiy natijalardan 2022 – 2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 26-iyundagi 1/04-274-sonli ma’lumotnomasi);
murakkab ergash gapli sintaktik qurilmalardan nutq birliklarini tizimli o‘rganishda asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilishiga doir xulosalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2021 –2023-yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2025-yil 30-iyundagi 6-son ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuvlar loyiha ishtirokchilarining amaliy mashg‘ulotlarida lingvistik tahlil metodlarini o‘rgatish uchun asos bo‘lgan.